5.1 – shakl. Vazifasiga ko’ra keskichlar tasnifi:
a – o’tuvchi to’g’ri, b – o’tuvchi qayirma, v – o’tuvchi tirak, g – torest yo’nuvchi, d – kesib tushiruvchi, e – ariqcha yo’nuvchi, j – shakldor keskich, z – rezba keskichi, i – yo’nib kengaytirib o’tuvchi, k – yo’nib kengaytiruvchi tirak
Tokarlik keskichlarning yuqorida ko’rib o’tilgan barcha turlari sterjen shaklida bo’ladi. Shakldor yuzalarni yo’nishda tokarlik shakldor keskichlarning ish unumi past bo’ladi va buyumning talab etiladigan darajasi aniq profilini hosil qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun bu keskichlardan faqat donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishdagini foydalaniladi.
Ko’p miqdorda bir xil detallar tayrlashda (yirik seriyalab va ko’plab ishlab chiqarish) shakldor yuzalar yo’nish uchun radial keskichlar ishlatiladi. Radial keskichlar detalning yo’nilgan yuzasi shaklining va o’lchamlarning aniq chiqishini taminlaydi va ko’p marta charxlanishi mumkin bo’ladi, bu kesikchlarning ish unumi yuqori.
Tokarlik keskichlarini mustahkamlik va bikrlikka hisoblash. Keskich (sterjenlari) tutgichlari kesimining tuzilishiga qarab to’g’ri burchakli, kvadrat va aylanasimon bo’ladi.
Shakli to’g’ri burchakli dastak boshqalariga nisbatan ko’proq qo’laniladi, chunki unga kesuvchi plastinka o’yib joylashtirganda mustahkamligi kvadrat dastadagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Kesimi to’g’ri burchaklisi N x V turli xil nisbatlarda qo’llaniladi. V = 10 ÷ 40 mm gacha bo’lganda N= 1,25 V va N = 1,6 V nisbatlisi hammadan ko’proq qo’llaniladi. Tozalab va yarim tozalab yo’nish rejimlarida N = 1,6 V, xomaki yo’nishlarda esa N = 1,25 V olinishi tavsiya etiladi.
Keskich ushlagichdagi keskichning tayanch sirtidan dastgoh markaz chizig’igacha bo’lgan oraliq to’g’ri burchakli keskichlar uchun etarli bo’lmagan hollarda, yo’nib kengaytirish, avtomat - revolver dastgohlarida va boshqalarda kvadrat ko’rinishli dastakdan yasalgan keskichlar qo’llaniladi.
Aylana ko’rinishli dastaklar yo’nib kengaytirish va rezba kesish keskichlari uchun qo’llaniladi.
Keskich tugichi kesimning minimal o’lchamini aniqlash uchun uning mustahkamlik shartiga asosan ta’sir etib turgan eguvchi momentni (Meg.m) dastak kesimi uchun ruxsat berilgan maksimal mometnga (M1eg.m) tenglashtirish kerak, ya’ni
Meg = M1eg (7.1)
O’z navbatida Meg= Rz . kGk . mm
M1eg = eg . W kGk . mm
Bu erda Meg – mavjud eguvchi moment, kgk mm; M1eg – keskichning dastak kesimiga ruxsat etilgan maksimal eguvchi moment kgk mm da.
Bu erda Rz - yo’nishdagi kesish kuchi, kgk larda (Rz = SPz . tXpz . Sypz .Kz bundan Kz = KMpz . Kypz . K pz . Krpz . K pz . Khpz . Kmcpz) – keskichning ruxsat etilgan chiqib turishi, mm larda (7.2 - shakl); eg – dastak materialining egilishdagi ruxsat etilgan zo’riqishi kg\ mm2 larda: tblanmagan uglerodli konstrukstion po’latlar uchun cho’z = 60 ÷ 70 kG\mm2.
eg = 20 kG\mm2, uglerodli pщlatdan tayyorlangan, lekin tezkesar po’latlari uchun termik ishlov berish rejimi qo’llanilgan dastaklar uchun, egish uchun ruxsat etilgan zo’riqishi taxminan 2 barovar ko’p bo’ladi. W – keskich dastagi kesimining qarshilik ko’rsatish momenti, mm2 larda.
Kesimi to’g’ri burchakli dastaklarning qarshilik ko’rsatish momenti.
W = VN2\ 6 mm3 (7.2)
Bu erda – V va N xavfli kesim uchun keskich dastagining mos ravishda eni va balandligi, mm larda.
Yuqorida keltirilganlarga asosan quyidagilarni yozish mumkin:
Meg . = M1eg
Rz . = eg . W (7/2) ichi formulaga asosan
Rz . = [BH2\6] . eg bundan
VN2 = Pz . 6 \ eg (7/3)
a) To’g’ri burchakli dastaklar uchun kesim balandligi N = 1,6 V bo’lganda
V (1,6V)2 = Pz . . 6\ eg.
B =[Pz . 1. 6\(2,56 eg)]1\3 mm (5.4)
b) Kesimi kvadrat ko’rinishli dastaklarda eni bilan balandligi teng bo’lgani uchun
VV2 = Pz . . 6\ eg; V = Pz . .6\ eg.mm (7.5)
v) Kesimi aylana ko’rinishli dastaklar uchun qarashlik ko’rsatish momenti
W = .d3\32 mm3 (7.6) Shuning uchun ham
Pz. = .d3 . eg\ 32 . bundan
d = [32 . Pz . \ ( eg)]1\3mm (5.7)
dastaklarni yassi sirt bo’yicha egishlishga keltirilgan hisoblash oddiy bo’lib, lekin uncha aniq emas. Bu erda birta Pz kuchning tasiri va faqat egilishiga hisoblanayapti. Kesish jarayonida keskiga 3 ta kuch tasir qiladi; bular dastakka qo’shimcha zo’riqish keltiruvchi Pz, Ru ,Rx kuchlari bo’lib, uning natijasida u murakkab kuchlanishda ish bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |