3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124
Bog'liq
2-1051

Kesim 
(Shapes) 
Yo‘nalish 
(Path) 
Loft obyektini
yaratish 
% da kordinata yo‘li Kesim (Shapes) 
First Point 
(Splaynning bosh nuqtasi) 


195 
Yaratilgan loft obyektni keyinchalik Modify sahifasiga o‘tib 
o‘zgartirish mumkin. Tegishli bo‘lmalarda quyidagi asosiy para-
metrlar mavjud: 
1. Surface Parameters (Sirt parametrlari) bo‘lmasi: Smoothing 
(Silliqlash) qism menyusi obyektni uzunligi va eni bo‘yicha 
silliqlaydi; Mapping (Xaritani loyihalashtirish) qism menyusi 
yaratilgan obyekt teksturasini loyihalashtiradi; Output qism 
menyusida yaratilgan obyektning tuzilishi tanlanadi. 
2. Path Parameters (Yo‘nalish parametrlari) yo‘nalish bo‘ylab 
harakatlanish (Path qiymatini berish) va obyektga yangi kesimlarni 
qo‘shish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu bo‘lmada 
yo‘nalishlar koordinatalari o‘lchov birliklarini o‘zgartirish mumkin: 
Percentage (Foizlarda); Distance (yo‘nalish uchidan kesim 
joylashgan nuqtagacha masofa); Path Steps (Yo‘nalish qadamlari) – 
splayn segmentlarining nuqtalari o‘rtasida ko‘chish. 
3. Skin Parameters (Qobiq parametrlari) bo‘lmasi quyidagi 
parametrlarga ega: Capping (Qopqoqlar) qism menyusi obyektni 
tepadan va pastdan karkas bilan yopadi; Option (Opsiyalar) qism 
menyusida loft obyekt geometriyasi o‘zgartiriladi: Shape Steps 
(Kesishish qadamlari) va Path Steps (Yo‘nalish qadamlari) 
buyruqlari obyekt segmentlari sonini beradi; Display (Displey) qism 
menyusi Skin (Po‘st) parametri o‘chirilgan vaziyatda yaratilgan 
obyekt karkasi aks etishini boshqaradi (5.48-rasm, b). 
Izoh
: Bir qancha turli kesimlarga ega obyekt yaratilsa, 
kesimlarning bosh nuqtalari mos kelmasligi mumkin. Natijada bir 
kesimdan boshqa kesimga o‘tishda obyekt “buralib ketishi” mumkin 
(5.48-rasm, a). Obyektning geometriyasini tuzatish uchun uning 
kesimini burash (splaynlarning bosh nuqtalarini bir-birini ustiga 
yotqizish) zarur. 
a)
b) 
5.48-rasm. 5.49-rasm. 


196 
Modify sahifasida, qo‘llangan modifikatorlar ro‘yxatida loft 
ierarxiyasini ochish va Shape (Shakl) bandini tanlash zarur (shundan 
so‘ng obyektning alohida kesimlarini o‘zgartirish mumkin). So‘ngra 
Shape Commands (Shaklni tahrirlash buyruqlari) bo‘lmasidagi 
Compare (Taqqoslash) tugmasi bosiladi. Paydo bo‘lgan oynada Pick 
Shape tugmasi bosiladi va proeksiya oynasidagi barcha kesimlarni 
tanlanadi (5.48-rasm, b) (ushbu holda aylana kesimning bosh 
nuqtasi boshqa kesimlarga mos tushmayotganligi ko‘rinib turibdi). 
Shundan so‘ng proeksiya oynasida zarur kesimlar tanlanadi va bosh 
nuqtani Select and Rotate buyruqlari yordamida ko‘chiriladi (5.49-
rasm). 
5.50-rasm. Loft obyekt deformasiyasi: 1. Scale (Masshtab); 2) Twist 
(Burish); 3.Teeter (Tebranish); 4. Bevel (Qiyshaytirish); 5. Fit 
(Moslashtirish). 
Loft obyekt qobiqlarini tahrir qilishdan tashqari unga turli 
deformasiyalarni (Deformations bo‘lmasi) qo‘llash, ya’ni uning 
shaklini o‘zgartirish mumkin (5.50-rasm): 1. Scale (Masshtab) – 
yo‘nalishning har bir nuqtasida obyektni masshtablaydi; 2) Twist 
(Burish) – obyekt kesimini o‘q atrofida buraydi; 3.Teeter (Tebranish) 
– obyekt kesimlarini burish; 4. Bevel (Qiyshaytirish) – kesimlarning 
o‘tkir burchaklari va qirralarini qiyshaytiradi; 5. Fit (Moslashtirish) 
– yaratilgan splayn shaklini qabul qilish imkonini beradi. 


197 
Biror-bir deformasiya yoqilganda uning parametrlarini tah-
rirlash oynasi paydo bo‘ladi. U o‘zida grafikni ifodalab, har qanday 
o‘zgarishlar obyektni shaklini o‘zgartiradi (5.51-rasm). 
5.51-rasm. Scale Deformations parametrlari oynasi. 
Tarkibli obyektlarning boshqa turlari 
BlobMesh (Tomchi-Karkas) obyekti obyektlarning bir-biriga 
qo‘shilishini ta’minlaydi (5.52-rasm). Buning uchun BlobMesh 
obyektini yaratish, Blob Objects qism menyusida Pick tugmasini 
bosish hamda obyektlarda ko‘rsatish zarur. 
5.52-rasm. Blob tipidagi obyekt. 5.53-rasm. Scatter tipidagi 
obyekt.
Turli o‘qlar bo‘yicha 
deformatsiyalash 
Nuqtalar joyini 
o‘zgartirish
Grafikada nuqtalar 
yaratish


198 
Scatter (Joylashtirish) buyrug‘i bir obyektning ko‘pgina nus-
xalarini boshqa obyekt sirtiga joylashtirish imkonini beradi. Dastlab 
taqsimlash lozim bo‘lgan obyektni tanlash, so‘ngra Scatter 
buyrug‘ini 
faollashtirish 
hamda 
Pick 
Distribution 
Object 
(Taqsimlanadigan obyektni ko‘rsatish) tugmasini bosish zarur. 
Duplicates (Dublikatlar) parametri taqsimlanadigan obyektlarning 
sonini beradi. Distribution Object Parameters (Taqsimlash obyekti 
parametrlari) qism menyusida obyektni joylashtirish variantlarini 
ko‘rsatish mumkin. 5.53-rasmda shar obyektiga konus obyekti 
joylashtirilgan. 
Connect (Birlashtirish) buyrug‘i agarda ikkala obyekt 
karkasida teshik bo‘lsa, ularni birlashtirish imkonini beradi. 
Obyektni tanlash uchun Connect buyrug‘ini faollashtirish, so‘ngra 
Pick Operand (Operand tanlash) tugmasini bosish hamda ikkinchi 
obyektni tanlash zarur. 
Terrain (Landshaft) obyekti o‘zida turli balandlikda joylashgan 
splaynlarning yopiq konturlaridan yaratilgan sirtni ifodalaydi. 
ShapeMerge (Splayn bilan birlashish) buyrug‘i uch o‘lchovli 
obyektda turli splaynlarni kesib olish imkonini beradi (5.54-rasm). 
Obyektni tanlash uchun ShapeMerge buyrug‘ini faollashtirish, 
shundan so‘ng Pick Shape (Splaynni tanlash) tugmasini bosish 
zarur. 
5.54-rasm. ShapeMerge tipidagi obyekt. 


199 
5.55-rasm. Conform tipidagi obyekt. 
Conform (Moslashtirish) buyrug‘i bir obyektning uchini 
boshqa obyekt sirtiga joylashtiradi. 5.55-rasmda Conform obyekti 
yordamida sirtga joylashtirilgan yo‘nalish tasmasi ko‘rsatilgan. 

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish