3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
Bog'liq
2-1051

Obyektlar guruhini yaratish 
Tarkibli modellar bilan ishlashda ularni bitta obyektga to‘plash 
qulay. Masalan, stul uchun beshta obyektni yaratish (to‘rtta oyoq, 
o‘tirg‘ich va suyanchiq), so‘ngra ularni “stul” obyektiga guruhlash. 
Deformatsiyalar va modifikatorlar yaratilgan guruhning barcha 
obyektlariga ta’sir ko‘rsatadi. Guruhlar yaratish va tahrirlash uchun 


186 
bosh menyuning Group (Guruh) bandidan foydalanish zarur. Uning 
asosiy buyruqlari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Group (Guruh). Guruh yaratish uchun dastlab obyektlarni 
belgilab olish, so‘ngra Group buyrug‘ini tanlash va paydo 
bo‘ladigan oynada yaratilayotgan guruh nomini kiritish zarur. 
Yaratilgan guruh belgisi qavs hisoblanadi, uning tarkibida qalin 
shriflar bilan ajratilgan guruh obyektlari va guruh nomi joylashadi. 
2. Ungroup (Guruhni bo‘lish) – ushbu buyruq obyektlarni 
guruhdan ajratadi.
3. Open (Ochish) buyrug‘i guruhni ochadi, natijada qavslarni 
cheklovchi guruhlar paydo bo‘ladi va guruhning alohida 
obyektlarini tanlab olish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa alohida 
obyektlarni guruhni o‘chirmasdan o‘zgartirish uchun zarur.
4. Close (Yopish) buyrug‘i ochilgan guruhni yopishga xizmat 
qiladi.
5. Attach (Birlashtirish) tanlangan obyektni guruhga birlash-
tiradi. Buning uchun obyektni belgilab olish, Attach buyrug‘ini 
tanlash va kerakli guruhga tugmani bosish zarur. 
6. Detach (Ajratish) – obyektlarni guruhdan ajratib chiqaradi. 
Open guruhini ochish, so‘ngra obyektni tanlash va Detach tugmasini 
bosish kerak.
7. Explode (Buzish) – obyektlar guruhi o‘zida ichiga solingan 
guruhlarni qamrab olishi mumkin, ushbu holatda Explode buyrug‘i 
barcha yaratilgan guruhlarni o‘chiradi. Ungroup buyrug‘i ichiga 
solingan guruhlarni o‘chirmasdan umumiy guruhni o‘chiradi.
Guruhlashdan tashqari obyektlarning nomlangan to‘plamini 
yaratish mumkin. Buning uchun uskunalar panelida Edit Named 
Selection Sets (Nomlangan to‘plamlarni tahrirlash) va obyektning 
nomlangan to‘plamlari ro‘yxati joylashgan (2-jadval 18-band). 
Nomlangan to‘plamlar kerakli obyektlar guruhini belgilashda 
qulaylik uchun yaratiladi. To‘plam yaratish uchun obyektlarni 
tanlab olish, to‘plamlar ro‘yxatida nomni kiritish va Enter tugmasini 
bosish kerak bo‘ladi. Edit Named Selection Sets tugmasidan 
foydalanib yaratilgan to‘plamlar ro‘yxati va ularni tahrirlash 
buyruqlari oynasini chaqirish mumkin.
 
 


187 
Bog‘lashlar (snaps) 
Konstruktorlik muharrirlariga o‘xshash, badiiy muharrirlarda 
obyektlar o‘lchamini berish, shuningdek, ularning sahnada va bir-
biriga nisbatan aniq joylashuvini ko‘rsatish mumkin. Buning uchun 
sahna va bog‘lanishlar tizimi quriladigan to‘r ko‘zda tutilgan.
Bog‘lashlardan foydalanish uchun tegishli tugmani bosish va 
obyektni ko‘chirish yoki burish (bog‘lashning tegishli nishoni va 
obyektlarni birlashtiruvchi “chiziq-o‘chirg‘ich” paydo bo‘ladi) 
lozim.
Bog‘lashni 
faollashtiruvchi 
tugma 
uskunalar 
panelida 
joylashgan (2-jadval 17-band): 
1. Snaps Toggle (Bog‘lashlarni o‘zgartirish (pereklyuchatel)) 
suriladigan paneli bog‘lashni uchta variantidan tarkib topgan: 1. 
– ikkita koordinata bo‘yicha bog‘lash (faol to‘rda); 2. 
– faol 
to‘rda obyektni proeksiyalashda faqat obyektning uchlari va 
yoqlarini bog‘lash; 3. 
– uch o‘lchovli fazoda ixtiyoriy nuqtani 
bog‘lash.
2. 
Angle Snap Toggle (Burchakli bog‘lash pereklyuchateli) 
– belgilangan burchakda obyektni burishni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
3. 
Percent Snap Toggle (Foizli bog‘lash pereklyuchateli) – 
belgilangan foizda obyektni masshtablashni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
5.42-rasm. Grid and Snap Settings oynasi. 


188 
4. 
Spinner Snap Toggle (Obyekt parametrini o‘zgartirish 
uchun bog‘lash pereklyuchateli) – belgilangan qiymatda obyekt 
parametrini o‘zgartirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Izoh
: Bog‘lashlarning barcha ko‘rinishlari bir vaqtda faol 
bo‘lishi mumkin.
Ob’ekni bog‘lash variantlari, shuningdek, bog‘lashlar opsiyasi 
Grid and Snap Settings (To‘rlar va bog‘lanishlarni o‘rnatish) 
oynasida ko‘rsatiladi. Bu buyruqni bosh menyuning Customize 
bandidan, shuningdek, boshqaruv panelidagi ixtiyoriy bog‘lash 
tugmasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib chaqirish mumkin 
(5.42-rasm).
Snaps (Bog‘lashlar) sahifasida bog‘lash turlari tanlanadi: Grid 
points (to‘r nuqtalariga bog‘lash); Pivot (Tayanch nuqtaga 
bog‘lash); 
Perpendicular 
(Perpendikulyar 
splayn 
nuqtasiga 
bog‘lash); Vertex (Obyekt uchlariga bog‘lash); Edge/Segment 
(Obyekt qirralariga bog‘lash); Face (Obyekt yoqlariga bog‘lash); 
Grid lines (to‘r tugunlariga bog‘lash); Bounding box (Cheklovchi 
konteynerlarga bog‘lash); Tangent (Urinma egri chiziqlarga 
bog‘lash); Endpoint (Obyektning oxirgi nuqtasiga bog‘lash); 
Midpoint (Markaziy nuqtaga bog‘lash); Center face (sirt markaziga 
bog‘lash). Bog‘lashlarni ixtiyoriy sonda qo‘shish mumkin. 
Options (Opsiyalar) sahifasi turli parametrlarni o‘rnatish uchun 
mo‘ljallangan: bog‘lashlar kursori rangi, bog‘lashlar burchagi 
qiymati va b.
Qatlamlar menedjeri (layer manager) va sahnaning sxematik 
tasviri (schematic view) 
Qatlamlar yaratish ko‘pgina obyektlardan tarkib topgan 
murakkab sahnalar bilan ishlashda juda qulay hisoblanadi. Sahna 
obyektlarini qatlamlar bo‘yicha guruhlash, qatlamlar menedjeridan 
(Layer Manager)
 
foydalanib ko‘rinishni boshqarish va vizual-
lashtirish mumkin.
Layer Manager oynasini chaqirish (5.43-rasm) boshqaruv 
panelida joylashgan tegishli 
tugma yordamida amalga oshiriladi 
(2-jadval 21-band).


189 
5.43-rasm. (Layers) qatlami bilan ishlash oynasi. 
Ushbu oynada 
(Create New Layer) tugmasi orqali yangi 
qatlam yaratiladi. Qatlam nomi to‘g‘risida nazorat belgisi bo‘lsa 
mazkur qatlam faol hisoblanadi (ushbu qatlamda sahna obyektlari 
yaratiladi). 
(Delete Highlighted Empty Layers) tugmasi 
tanlangan bo‘sh qatlamlarni o‘chiradi. 
(Add Selected to 
Highlighted Layers) tugmasi tanlangan obyektlarni faol qatlamga 
qo‘shadi.
5.44-rasm. Schematic View oynasi. 


190 
Qatlam nomlari ro‘parasidagi ustunlar yashirish (Hide), 
mustahkamlash (Freeze), vizuallashni o‘chirish (Render), rangni 
o‘zgartirish (Color) va diffuzion akslantirish (Radiosity) hisobini 
to‘xtatish imkonini beradi.
Sahnaning sxematik tasviri boshqaruv panelida joylashgan 
(Schematic View) tugmasi orqali chaqiriladi (2-jadval 23-band) va 
sahna obyektlarini belgilash, guruhlash va ular ustidan nazorat qilish 
uchun juda qulay hisoblanadi. Ushbu oynada har xil rangli (har bir 
rang belgilangan toifadagi obyektlarga mos keladi) ko‘rinishdagi 
tugunlar – to‘rtburchak (nodes) va o‘zaro aloqalarda (strelkali 
chiziklar) sahnadagi barcha obyektlar, ierarxik bog‘lanishlar, 
o‘zlashtirilgan materiallar haqida axborotlar ifodalangan. 5.44-
rasmdagi Schematic View oynasida, ierarxik zanjirni o‘zida 
ifodalovchi ikkita choynak (Teapot 01, Teapot 02), ikkita yorug‘lik 
manbasi (Omni 01, Omni 02) va tegishli material o‘zlashtirilgan 
shardan (Sphere 01) tarkib topgan sahna ko‘rsatilgan.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish