3D modellashtirish va raqamli animatsiya


va  mustahkamlash (Freeze)



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
2-1051

 
va 
mustahkamlash (Freeze)
 
mumkin.
Yashirish holatida obyekt vaktinchalik sahnadan g‘oyib 
bo‘ladi, «Unhide...» tugmasini bosganda yana paydo bo‘ladi. 
Mustahkamlash holatida tanlangan obyekt kul rang va tanlab 
ololmaslik rejimiga o‘tadi (bu bitta obyektga bir qancha ob’eklarni 
joylashtirish kerak bo‘lganda, uni tanlamaslik uchun qulay 
(masalan: 
modellashtirilgan 
stolga 
oshxona 
buyumlarini 
joylashtirish)).
Sahna obyektlarini tasvirlash va mustahkamlash ishlari Display 
(Displey) sahifasida olib boriladi va u quyidagi bo‘lmalardan tashkil 
topgan: 
1. Display Color (Displey rangi) – obyektning o‘zini yoki 
tayinlangan obyekt materialini chizishning turli rejimlarida rangni 
tasvirlash. 
2. Hide by Category (Toifalar bo‘yicha yashirish) – menyuning 
tegishli bandlarini faollashtirganda turli ko‘rinishdagi obyektlar 
yashirinadi. Masalan, Cameras varianti o‘rnatilganda barcha 
kameralar g‘oyib bo‘ladi.


181 
3. Hide (Yashirish) – obyektni yashirish. Mazkur bo‘lma 
quyidagi buyruqlardan tarkib topgan: Hide Selected (tanlanganlarni 
yashirish); Hide Unselected (Tanlanmaganlarni yashirish); Hide by 
Name… (Nomi bo‘yicha yashirish) – mazkur buyruq obyektlar 
ro‘yxatidan yashirish uchun zarur bo‘lganlarini tanlab olish oynasini 
chaqiradi; Hide by Hit (Obyekt ustiga bosganda yashirish); Unhide 
All (Barcha obyektlarni ochish); Unhide by Name … (Nomi 
bo‘yicha ochish) – ushbu buyruq obyektlar ro‘yxatidan 
yashiringanlarni ochish uchun zarur bo‘lganlarini tanlab olish 
oynasini chaqiradi.
4. Freeze (Mustahkamlash) – ushbu bo‘lma buyruqlari Hide 
bo‘lmasi buyruqlarini to‘liq takrorlaydi, faqat bunda obyektlar 
yashirinmaydi balki mustahkamlanadi. «Unfreeze by Hit» buyrug‘i 
obyekt ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosganda obyektlarni 
mustahkamlashni to‘xtatadi.
5. Display Properties (Displey xususiyati) bo‘lmasi tanlangan 
obyekt xususiyatini o‘zgartiradi.
Izoh
: Display (Displey) sahifasiga o‘xshash holda, obyektlarni 
tasvirlash va mustahkamlashni to‘rtinchi menyu yordamida, 
shuningdek
bosh 
menyuning 
Tools 
(Uskunalar) 
toifasida 
joylashgan Display Floater (Displey xususiyatlarining suzuvchi 
oynasi) oynasi orqali ham boshqarish mumkin.
Obyektlarni ko‘paytirish
Obyektlardan nusxa olishni bir qancha usullar bilan amalga 
oshirish mumkin, bundan tashqari originalning dublikat bilan 
aloqasini bir qancha variantlari mavjud.
Birinchi usul o‘zida bosh menyuning Edit [Ctrl+V] bandida 
joylashgan Clone buyrug‘idan foydalanishni ifodalaydi. Bunday 
usul bilan yaratilgan obyekt aynan original joylashgan erda 
joylashadi. 
Clone 
Options 
oynasini 
ochganda 
originaldan 
klonlashtirilgan obyektlarga bog‘liq bo‘lgan uchta variant paydo 
bo‘ladi (5.38-rasm): 
1. Copy (Nusxa) – mustaqil nusxalar. Ushbu holatda 
dublikatlar originalga bog‘liq bo‘lmagan to‘liq mustaqil obyektlar 
hisoblanadi. 
2. Instance (Namuna) – original va dublikatlar bir-biriga 
bog‘liq hisoblanadi. Agarda parametrlar o‘zgartirilsa, originalga 


182 
yoki dublikatlardan biriga modifikatorlar qo‘llanilsa, qolgan
obyektlarda ham xuddi shunarsa kuzatiladi. Biror - bir obyektni 
ko‘chirish va transformasiyalash (Move (Ko‘chirish), Rotate 
(Burish) va Scale (Masshtablash)) nusxalarga ta’sir etmaydi.
5.38-rasm. Clone Options oynasi. 
3. Referance (Havola) – originalni o‘zgartirish teskari alokasiz 
dublikatlarga ta’sir etadi. Dublikatni o‘zgartirish original va boshqa 
dublikatlarga ta’sir etmaydi, ammo klonlashtirilgan obyektlar 
original ustida olib borilgan barcha o‘zgartirishlarni qabul qilib 
oladi.
Ikkinchi usul nusxani bevosita proeksiya oynasida yaratish 
imkonini beradi. Buning uchun obyektni tanlash va Shift 
klavishasini bosib transformasiyalardan birini (Move (Ko‘chirish), 
Rotate (Burish) va Scale (Masshtablash)) bajarish kerak. Ochilgan 
Clone Options (Klonlashtirish variantlari) oynasida Number of 
Copies (Nusxalar soni) qo‘shimcha buyrug‘i paydo bo‘ladi. Bu 
buyruq tanlangan obyektning bir qancha dublikatlarini yaratish 
imkonini beradi.
3D Studio Max grafik muharriri obyektlarni ko‘zguda aks 
ettirish, massivlarni, shuningdek, obyektlarni tekislash imkonini 
beradi.
Obyektning ko‘zgudagi nusxasini uskunalar panelida joy-
lashgan
Mirror (Ko‘zgu) buyrug‘i orqali yaratish mumkin (2-


183 
jadval 19-band). Paydo bo‘ladigan oynada quyidagi parametrlar 
beriladi (5.39-rasm):
1. Mirror Axis (Akslantirish o‘qi) obyektni ko‘zgudagi 
nusxasini kelib chiqishiga mos bo‘lgan o‘qni tanlash, shuningdek, 
obyekt dublikatini siljitish (Offset) imkonini beradi.
2. Clone Selection (Klonlashtirish parametrlarini tanlash) qism 
menyusi dublikatlarning originalga bog‘liqlik variantlaridan tarkib 
topadi. No Clone (Klonlashtirishsiz) bandi dublikatlarsiz originalni 
ko‘zdagi nusxasini yaratadi.
5.39-rasm. Mirror oynasi. 
Massiv (Array) belgilangan tartibda joylashgan obyekt 
dublikatlari yaratilishini o‘zida ifodalaydi. Massiv (Array) buyrug‘i 
bosh menyuning Tool (Uskunalar) bandida joylashgan va quyidagi 
parametrlarga ega (5.40-rasm): 


184 
5.40-rasm. Chapda: Massiv parametrlari oynasi; O‘ngda: Obyektni 
ko‘chirish, burish va masshtablash orqali yaratilgan bir o‘lchovli 
massiv. 
1. Array Transformations: Screen Coordinates (Use Pivot Point 
Center) (Massiv transformasiyasi: Ekran koordinatalari (Obyektning 
tayanch nuqtalaridan foydalanish)) qism menyusida har bir o‘q 
bo‘yicha quyidagilar beriladi: obyektni siljitish (Move), burish 
(Rotate) va masshtablash (Scale). Incremental (Orttirish bilan) 
parametri ikkita obyekt markazlari orasidagi masofani tasvirlaydi, 
Totals (Yakuniy natija) – massiv obyektlari orasidagi umumiy 
masofa.
2. Type of Object (Obyekt turi) qism menyusi original va 
dublikat o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tanlash uchun mo‘ljallangan.
3. Array Demensions (Massiv o‘lchami) qism menyusida 
obyekt nusxalari soni (Count), shuningdek, ikki o‘lchovli (2D) va 
uch o‘lchovli (3D) massiv yaratish imkoniyati beriladi.
4. Preview (Dastlabki ko‘rish) qism menyusi massiv 
parametrlarini o‘zgartirishda bevosita yuz beradigan o‘zgarishlarni 
ko‘rish imkonini beradi.
Agar sahna ustida ishlash jarayonida bir obyektni boshqasiga 
mos ravishda tekislash zaruriyati tug‘ilsa, 3D Studio Max grafik 
muharririda uskunalar panelida joylashgan Align (Tekislash) 
buyrug‘i ko‘zda tutiladi (2-jadval 20-band). Obyektni baravar-
lashtirish uchun Align (Tekislash) 
tugmasini bosib uni tanlash 


185 
lozim, so‘ngra tekislash amalga oshirilishi kerak bo‘lgan obyektga 
nisbatan obyekt tanlanadi.
Tegishli tugma bosilganda buyruqlar parametri berilgan oyna 
paydo bo‘ladi (5.41-rasm). 
Align Position (Screen) (Tekislash holati (Ekran)) qism 
menyusida o‘qlar belgilanishi natijasida obyekt qatorga tekislanadi, 
shuningdek, joriy obyektni tekislash nuqtasi (Current Object) va 
tekislash amalga oshishiga nisbatan obyekt (Target Object) tayin-
lanadi. Nuqtalar ko‘rinishi: Minimum (Minimal nuqta); Maximum 
(Maksimal nuqta); Center (Markaziy nuqta); Pivot Point (Tayanch 
nuqta). 
5.41-rasm. Align Position oynasi. 
Izoh
: Align (Tekislash) tugmasi suriladigan panel hisoblanadi 
va tekislashning beshta turli variantlarini o‘zida ifodalaydi. Masalan, 
tezkor tekislash (Quick Align) – obyektlar parametrlar oynasisiz 
tekislanadi, ko‘rinish ekrani bo‘yicha tekislash va b.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish