Border
(Chegara)
5.8-jadvalning davomi
226
№
Buyruq nomi
Tavsifi
Edit Vertices (Uchlarni tahrirlash) bo‘lmasi
1
Remove (O‘chirish)
Poligonlarni o‘zaro bir-biri bilan
birlashtiruvchi uchlarni o‘chiradi.
2
Connect (Bog‘lash)
Ikkita tanlangan uchlar o‘rtasida
yangi qirra yaratadi.
Edit Edges (Qirrani tahrirlash) bo‘lmasi
3
Split (Ajratish)
Karkasni tanlangan qirra bo‘yiga
ajratish.
4
Bridge (Ko‘prik)
Tanlangan qirrani bog‘laydi. Buni
yaratishning ikkita usuli mavjud:
1. Kerakli qirrani tanlash va Bridge
tugmasini bosish; 2. Bridge tugma-
sini bosish va proeksiyalar oynasida
navbatma-navbat qirrani tanlash.
Parametrlar oynasida yaratilgan
poligonlar uchun segmentlar (Seg-
ments), shuningdek, yaratilgan po-
ligonlar
o‘rtasida
silliqlashlar
(Smooth) sonini ko‘rsatish mum-
kin.
Edit Borders (Chegaralarni tahrirlash) bo‘lmasi
5
Sar (Ustki qism)
Tanlangan yonlarni yopadi.
Edit Polygons (Ko‘pburchaklarni tahrirlash) bo‘lmasi
6
Outline (Kontur)
Tanlangan poligonni masshtab-
laydi.
7
Inset (Ichiga o‘rnatish)
Poligonni beshta qismga bo‘ladi.
5.9-jadvalning davomi
227
8
Hinge from Edge
(Burchak atrofida burish)
Poligonlarni chiqaradi, ularning joy-
lashgan o‘rniga bog‘liq holda bel-
gilangan burchak ostida ularni bu-
radi. Sozlashda burish burchagini va
bo‘rttirib chiqarish segmentlari
(Segments)
sonini
belgilash
mumkin.
9
Extrude Along Spline
(Splayn yo‘li bo‘yicha
bo‘rttirib chiqarish)
Ochiq
splayn
yo‘li bo‘yicha
tanlangan poligonlarni chiqaradi.
Sozlash oynasida kerakli splaynlar
tanlab olinadi (Pick Spline),
segmentlar
(Segments)
soni
beriladi, shuningdek, chiqarilgan
poligonni toraytirish (Taper) va
burish (Twist) ko‘rsatiladi.
Edit Geometry (Geometriyani tahrirlash) bo‘lmasi
10
MeshSmooth (Karkasni
silliqlash)
Belgilangan quyi obyektni silliq-
lash imkonini beradi. Xususi-
yatlarni
o‘zgartirish
oynasida
silliqlash (Smoothness) qiymati 0
dan 1 gacha beriladi.
11
Relax (Bo‘shashtirish)
Tanlangan quyi obyektlarni uch-
larni mustahkamlash yo‘li bilan
yumaloqlaydi. Xususiyatlarni o‘z-
gartirish oynasida silliqlash (Amo-
unt) qiymati va takrorlanishlar
(Iterations) soni beriladi.
Obyektlarni tahrirlashning yaxshilangan uskunalaridan tashqari
Editable Poly yana ikkita foydali bo‘lmani o‘z ichiga olgan:
Subdivision Surface (Sirtning bo‘linishi) va Paint Deformation
(Chizish orqali deformasiya).
228
Subdivision Surface (Sirtning bo‘linishi) bo‘lmasi yaratilgan
yuzani silliqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, NURMS (Non –
Uniform Rational MeshSmooth) – karkasni bir jinsli bo‘lmagan
rasional silliqlash algoritmidan foydalanadi. Silliqlash natijasi 5.65-
rasmda keltirilgan.
Ushbu rejimni o‘rnatish uchun Use NURMS Subdivision
yozuvi ro‘parasiga nazorat belgisini ko‘yish zarur. Display qism
menyusida silliqlashni takrorlash (Iterations) soni, shuningdek,
silliqlash qiymati (Smoothness) ko‘rsatiladi.
Paint Deformation (Chizish orqali deformasiya) bo‘lmasida
obyektga mo‘yqalam yordamida “chizish” orqali uning karkasini
deformasiyalash imkonini beruvchi buyruqlar tarkib topgan (5.66-
rasm).
5.65-rasm. NURMS algoritmidan. 5.66-rasm. Paint Deformation
foydalanib karkasni silliqlash. parametridan foydalanish.
Mazkur bo‘lma quyidagi buyruqlarni o‘z ichiga olgan:
Push/Pull (Mo‘yqalamni bosish/Sirt tarangligi) – obyektga “chizish”
rejimini o‘rnatadi; Relax (Bo‘shashtirish) – uchlar o‘rtasida keskin
o‘tishlarni silliqlaydi; Revert (Boshlang‘ich holatga qaytarish) –
bo‘rttirib chiqarilgan uchlarni dastlabki holatga qaytaradi; Push/Pull
Value (Deformasiyalar o‘lchovi); Brush Size (Mo‘yqalam
o‘lchami); Brush Strength (Deformasiyalar kuchi). Brush Options
(Mo‘yqalam opsiyalari) buyrug‘i o‘zining mo‘yqalamini yaratish
mumkin bo‘lgan oynani ochadi.
Editable
Patch
(tahrirlanadigan
parcha)
obyektlarini
modellashtirish
229
Editable Patch obyektlari o‘zida yopiq splaynlar bilan
birlashtirilgan parchalar (Patch) to‘plamini ifodalaydi. Shu sababli,
bunday obyektlar dastlab silliqlangan (“rezinali”) hisoblanadi,
shuningdek, tezkor xotiradan kam joy egallaydi.
Face (yoq) quyi obyekt o‘rniga, Editable Patch turidagi
obyektlar Patch (Parcha) quyi obyekt, shuningdek, obyekt uchlarida
egri chiziqlarni belgilash imkonini beruvchi, chiziqli vektorni o‘zida
ifodalaydigan noyob Handle (Tutgich) quyi obyektga ega bo‘ladi
(Editable Patch obyektlarida uchlarning turi Bezier (Beze)
hisoblanadi) (5.67-rasm).
Editable Patch obyektlarini ikki usulda yaratish mumkin: 1.
To‘rtinchi menyudan foydalanib obyektni konvertasiyalash; 2.
Create (Yaratish) sahifasida turli obyektlarni yaratish ro‘yxatidan,
Quad Patch (to‘rtburchakli parchalardan tashkil topgan yuza) va Tri
Patch (uchburchakli parchalardan tashkil topgan yuza) obyektlarini
yaratish imkonini beruvchi Patch Grids (Bo‘lakli to‘r) bandini
tanlash kerak.
5.67-rasm. Editable Patch obyekti.
5.10-jadval.
Editable Patch (Geometry (Geometriya) bo‘lmasi) obyektini
modellashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy buyruqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |