Edge (Qirra)
Patch (Bo‘lak)
Handle (Tutkich)
230
№
Buyruq nomi
Tavsifi
1
Bind (Bog‘lash) – Vertex
(Uch) quyi obyekt
Bitta obyektga tegishli bo‘lgan
ikkita qirra o‘rtasidagi uloqsiz,
yaxlit bog‘lanishni yaratish im-
konini beradi. Buning uchun Bind
tugmasini bosish, so‘ngra uchni
tanlab unga sichqonchaning chap
tugmasini bosish va kerakli qir-
ragacha korsorni olib borish lozim.
2
Subdivide (Bo‘lish) –
Vertex
(Uch) va Handle
(Tutgich) dan tashqari
barcha quyi obyektlar
Ajratilgan
obyektlarni
bo‘ladi,
ularga qo‘shimcha parchalarni
qo‘shadi.
3
Add Tri (uchburchakli
parchalarni qo‘shish);
Add Quad (to‘rtburchakli
parchalarni qo‘shish) –
Edge (Qirra) quyi obyekt
Tanlangan buyruqlarga bog‘liq
ravishda parcha qirralariga kvad-
ratli yoki uchburchakli shakllarni
qo‘shadi.
Nurbs (non–uniform rational b–spline) obyektlarini model-
lashtirish
NURBS qisqartmasi bir jinsli bo‘lmagan rasional B-splayn
(non–uniform
rational
B–spline)
sifatida
tushuniladi
va
quyidagilarni anglatadi:
1. Bir jinsli bo‘lmagan (Non–Uniform) – NURBS obyekti
uchlari og‘irliklarga ega. Uch og‘irligini o‘zgartirish obyekt
geometriyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
231
2. Rasional (Rational) – NURBS obyekti matematik formulalar
yordamida tavsiflanadi.
3. B–Splayn (B–Spline) – uch o‘lchamli fazoda egri chiziq
ixtiyoriy yo‘nalishda shaklini o‘zgartirishi mumkin.
NURBS obyekti, qoida sifatida, organik yuzalarni (odamlar,
xayvonlar, o‘simliklar va b.) yaratish uchun ishlatiladi, chunki uning
geometriyasi o‘zida egri chiziq va sirtlar to‘plamini ifodalaydi.
Ushbularga bog‘liq holda, uzilishga ega va o‘tkir burchaklar ostida
kesishuvchi NURBS sirtlarini yaratish amalda mumkin emas. 5.68-
rasmda ikkita obyekt keltirilgan, ulardan biri NURBS obyekti,
ikkinchisi Editable Mesh obyekti hisoblanadi.
NURBS obyektlari uch o‘lchovli sirtlarga va ikki o‘lchovli
splaynlarga bo‘linadi.
NURBS splaynlarini yaratish buyruqlari, Create (Yaratish)
sahifasida Shapes (Splaynlar) obyektlar toifasidagi NURBS Curves
(NURBS egri chiziqlari) qism menyusida joylashgan.
5.68-rasm. Chapda: NURBS obyekti; O‘ngda: Editable Mesh
obyekti.
NURBS egri chiziqlari ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Point Curve (Nuqtali egri chiziqlar) – nuqtalar bo‘yicha egri
chiziqlarni quradi (5.69-rasm. a).
2. CV Curve (Control Vertices (Nazorat uchlari) egri chizig‘i)
– egri chiziq peremetri bo‘yicha uning egriligini nazorat qiluvchi
nazorat uchlari joylashadi (5.69-rasm. b).
232
5.69-rasm. NURBS Curves obyektlari:
a) Point Curve; b) CV Curve.
5.70-rasm. NURBS Surfaces obyektlari:
a) Point Surf; b) CV Surf.
NURBS sirti o‘zida tekislikni ifodalaydi va NURBS Surfaces
(NURBS sirti) qism menyusi Geometry (Geometriya) obyektlar
toifasidagi Create (Yaratish) sahifasida joylashgan.
Yaratilgan sirt o‘zida tekislikni ifodalaydi va NURBS egri
chiziqlari kabi ikki turga bo‘linadi: Point Surf (Nuqtali sirt) (5.70-
rasm, a) va CV Surf (Control Vertices (Nazorat uchlari) sirti) (5.70-
rasm, b).
Izoh
: NURBS obyektlarini yaratishning yana bir usuli
yaratilgan primitivni o‘zgartirish hisoblanadi – to‘rtinchi menyudan
Convert to NURBS bandini tanlab, primitivga sichqonchaning o‘ng
tugmasi bosiladi.
NURBS egri chiziqlari va sirti quyidagi quyi obyektlarga ega:
1. Curve (egri chiziq) – NURBS egri chizig‘ini tahrirlash.
2. CV Curve (Control Vertices (Nazorat uchlari) egri chizig‘i)
– egiluvchan chiziqning nazorat uchlarini tahrirlash.
233
3. Point (Nuqta) – Surface va Curve quyi obyektlarining
nuqtalarini tahrirlash.
4. Surface (Sirt) – Nuqtali sirtni tahrirlash.
5. Surface CV (Control Vertices (Nazorat uchlari) sirti) –
egiluvchan sirtning nazorat uchlarini tahrirlash.
NURBS obyektining General (Asosiy) bo‘lmasidagi NURBS
Creation Toolbox (NURBS uskunalari oynasi) (5.71-rasm)
tugmasini bosganda “NURBS” oynasi paydo bo‘ladi, unda NURBS
nuqtalari, egri chiziqlari va sirtlarining geometriyasini yaratish va
tahrirlash uchun buyruqlar joylashgan.
NURBS obyektlarini tahrirlash uchun bo‘limlarning tuzilishi
taxminan boshqa obyektlarnikiga o‘xshash, hamda o‘zida quyi
obyektlarni belgilash va tahrirlash bo‘yicha buyruqlar to‘plamini
ifodalaydi.
5.71-rasm. NURBS oynasi.
NURBS quyi obyektlarni tahrirlash uchun buyruqlar tahrir-
lanadigan obyektlar va turli modifikatorlarning mos buyruqlariga
o‘xshash. 5.72, 5.73-rasmlarda Create U Loft Surface (U o‘qi
bo‘ylab Loft obyektini yaratish) va Create Lathe Surface (Burilish
jismini yaratish) buyruqlaridan foydalanish natijasi ko‘rsatilgan.
234
5.72-rasm. Create U Loft Surface buyrug‘idan foydalanib NURBS
sirtini yaratish.
5.73-rasm. Create Lathe Surface buyrug‘idan foydalanib NURBS
sirtini yaratish.
Izoh
: Poligonal tuzilishga ega obyektlar NURBS modellash-
tirishga qaraganda, ko‘proq keyinchalik tegishli buyruqlar (Smooth,
MeshSmooth, Relax va b.) orqali silliqlash mumkin bo‘ladigan
modellashtirilgan karkasli obyektdan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |