Mavzu: Barglar nega sarg'ayadi? (Muhabbat O'rinboy qizi) 1 qism.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: daraxt, kuz, yaproqlar.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: She'rda shoira kuz faslida tabiatda bo'ladigan o'zgarishlarni chiroyli ta'riflagan. Daraxtlarning sap-sariq, rango-rang yaproqlarini zar baldoqqa, daraxt barglari sochilishidan zavqlanib, ularni oltin tangalarga o'xshatadi.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq, namoyish qilish, munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Jihoz: kuz rasmi, A4 formatli qog’oz, ertak kitob.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta'limiy: she’rlarni tahlil qilishga o’rgatish
Tarbiyaviy: tabiatni asrashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda birgalikda ishlash, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini hosil qilish, lug'at boyligini oshirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
“ Tez javob” didaktik o’yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi.Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3- bosqich
Darsning borishi
|
1.O’tgan darsni so’rab, oqish malakalarini tekshirish.
2.Ifodali o’qish.
3Mavzuni o’qishga tayyorgarlik,
4.Ijodiy ish 4 qator she’r yozish
5.Lug’at ishi
7.Dam olish daqiqasi.
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1.Ibratli kishilarning yaxshi xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.
3.Darslikdagi savollarga javob topiladi.
4.Boshqotirma yechiladi.
|
Doska bilan ishlash
Munozara
Suhbat
Izlanish
|
5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va baholash
|
O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Mavzuni o’qib o’rganib kelish.
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|