Jadvaldan koʻrinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot boʻyicha ham Portugaliyada past boʻlib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini oʻrnatish uchun hech qanday ehtiyoj yoʻq. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni oʻzgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot boʻyicha mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:
1. Don boʻyicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada .
b) Portugaliyada .
2. Vino boʻyicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada .
b) Portugaliyada .
Hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, don boʻyicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli, donni Buyuk Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino boʻyicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli, vinoni Portugaliyada ishlab chiqarishi va eksport qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham manfaatli hisoblanadi.
Iqtisodiy nazariyada xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini koʻplab iqtisodchilar, jumladan, E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson, J.Keyns, V. Leontev, G.Xaberler va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yoʻnalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi toʻgʻrisidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan boʻlsa, bu mamlakatda shunday omil sigʻimi katta boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi.
Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida koʻp omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. Oʻtkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa oʻrtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sigʻimli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik oʻzgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda oʻsha davrda kapital ortiqchaligiga ega boʻlgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va importida mehnat va kapital toʻliq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tekshirishga urinib koʻrilgan. Bunda AQSH kapital sigʻimi yuqori boʻlgan tovarlarni eksport qilib, mehnat sigʻimi yuqori boʻlgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari boʻlib chiqib, Leontev paradoksi degan nom oldi. Ma’lum boʻldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir koʻrsatmaydi. AQSH koʻproq mehnat sigʻimi yuqori, kapital sigʻimi esa past boʻlgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Leontev Amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bogʻliqligini ta’kidlab, bu yerdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini koʻrsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo boʻlishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |