Kapital eksport qilish ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qoʻyilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablagʻlar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida boʻlgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan boʻlgan qarzlarini koʻpaytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Koʻplab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega boʻlib, oʻzlarining ichki iste’moli uchun zarur boʻlgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida boʻlmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yoʻli hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chogʻdagi xarajatlaridan yuqori boʻlgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga boʻlgan oʻz ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chogʻda sarflanishi lozim boʻlgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator koʻrsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi koʻrsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport boʻyicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
, bu yerda:
Eo– mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yigʻindisi)ning solishtirma salmogʻi;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmogʻi.
Agar nisbat birdan katta boʻlsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport boʻyicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:
,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning koʻpayishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining oʻsib borishidan darak beradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning oʻz iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin boʻlgan qismi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni oʻz iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda reeksport roʻy beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bogʻliq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday oʻsishi biz uchun an’anaviy resurslar boʻlmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi koʻplab eksport tovarlari hajmi va turlarini koʻpaytirish evaziga ta’minlanmoqda.
Natijada «tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmogʻining barqaror oʻsish tendentsiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol koʻzga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo boʻlmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda Oʻzbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi boʻlgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi»1.
«Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qoʻlga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida oʻz vaqtida boshlangan, chuqur oʻylangan va uzoq istiqbolga moʻljallangan ishlarimizning natijasidir»2.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud boʻlib, bu omilni hisobga olish oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Keyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori toʻgʻrisidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qoʻshdilar.