32-mavzu. Valyuta munosabatlari, to`lov balansi va uning taqchilligi. Xalqaro savdo


Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari



Download 73,36 Kb.
bet14/18
Sana08.07.2022
Hajmi73,36 Kb.
#758185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
VALYUTA MUNOSABATLARI, TO`LOV BALANSI VA UNING TAQCHILLIGI. XALQARO SAVDO

4. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari


Pulning jahon xoʻjaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro toʻlov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, soʻm, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor oʻzining milliy valyuta tizimiga ega boʻladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:

  • milliy pul birligi;

  • valyuta kursi tartibi;

  • valyutaning muomalada boʻlish shart-sharoitlari;

  • valyuta bozori va oltin bozori tizimi;

  • mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;

  • mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;

  • mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.

Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro toʻlov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, yevro);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro toʻlovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.

Bundan koʻrinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil boʻlib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi oʻzining rivojlanishida uchta bosqichdan oʻtdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning oʻz tiplari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni oʻz ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi valyuta tizimi ustunlikka ega boʻlgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni oʻz ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega boʻlgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich, ya’ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan boʻlib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat koʻpincha oʻz valyutalarining xalqaro qiymatini oʻzgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud boʻlishini koʻzda tutadi. Banklar oʻzlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro toʻlovlarni muvofiqlashtirish vositasi boʻlib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: a) oʻz pul birligining ma’lum oltin mazmunini oʻrnatadi; b) oʻzining oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi oʻrtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga toʻsqinlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni boʻyicha oʻrnatiladi.
Oltin standart barbod boʻlgandan keyin, valyuta sohasini tartibga solishning oʻzaro maqbul yoʻlini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlarning xalqaro konferentsiyasi chaqirildi. Bu konferentsiyada oʻzaro bogʻliq valyuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu koʻpincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standart (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman toʻxtagandan keyin, valyutaning qayd qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga oʻrin boʻshatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu oʻzgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qogʻoz pul tizimiga oʻtish bilan, qogʻoz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi bahosidir.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir koʻrsatuvchi toʻlov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga koʻra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar Oʻzbekistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming soʻm, AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga boʻlib, 1 dollarning narxini hosil qilamiz, bu 1200 soʻmga teng. Agar boshqa sharoitlar oʻzgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning soʻmga nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bogʻliqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
,
bu yerda: P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi;
Pi – xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi.

Oʻzbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-valyuta zaxiralarini koʻpaytirishni hisobga olgan holda oʻzgaruvchan valyuta kursi rejimini qoʻllab kelmoqda. 2007 yilda Markaziy bankning valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olish, mamlakatda eksportni ragʻbatlantirish va valyuta resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga yoʻnaltirildi. Oʻtgan yilda milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan nominal devalvatsiyasi 4,0 foizni tashkil etdi, bu esa 2006 yilga nisbatan 1,1 foizli bandga pastdir.


Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli parametrlar doirasida boʻlishi va uning devalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi iste’mol tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qoʻshimcha omil sifatida xizmat qildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy omillarning ichki bozorga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasiga 2007 yil oxiriga kelib 1132 mln. dollardan koʻproq mablagʻlar mujassamlashtirildi. Ushbu mablagʻlar iqtisodiyotda pul massasining asossiz oʻsishini oldini olish orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda4.
Agar Oʻzbekistonda muomaladagi pul massasining koʻpayishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng boʻlganda dollarning soʻmga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.



Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish