ELEKTROTEXNIKA VA SXEMOTEXNIKA FANINI O’RGANISHDAN MAQSAD VA UNING VAZIFALARI
REJA:
1.Fanning maqsadi va vazifalari
2.Fanning rivojlanish bosqichlari
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar
Elektronika fan sifatida elektr va magnit xodisalarini o’rganish va ularni amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Elektr energiyasi inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladi. Ishlab chiqarish qurilmalari, asosan, elektr dvigatellar bilan harakatlanadi, elektrik, noelektrik parametrlar elektr asboblar va qurilmalar yordamida o’lchanadi va nazorat qilinadi. Ko’pincha zamonaviy avtomatik boshqaruv sistemalari elektrik va noelektrik elementlar asosida quriladi. Elektr energiya shaharlar va qishloklarni obodonlashtirishda katta rol o’ynaydi. Inson hayotida elektr energiyasining ulkan ahamiyati uning yutuqlari bilan izohlanadi: elektr energiyani yirik elektrostansiyalarda ishlab chiqarish, uzoq masofalarga uzatish va turli iste'molchilar orasida taqsimlash mumkin. Bundan tashqari, elektr energiyani boshqa energiya turlariga osongina o’zgartirish mumkin. Elektronika fan sifatida elektr asboblarni o’rganish va ularni amalda kullash bilan shug’ullanadi. Ular vakuumda, gazda va qattiq kristall jismlarda zaryadlangan zarrachalar konsentratsiyasining o’zgarishiga asoslangan. Elektron asboblar va qurilmalar fan va texnikaning xamma sohalarida qo’llaniladi. Bu ularning yuqori sezuvchanligi, tezkorligi va universalligi bilan izohlanadi. Azaldan elektron qurilmalar kichik gabaritli bo’lib, elektr-energiyani kam iste'mol qilar edi. Integral mikrosxemalarning yaratilishi bilan ularning gabaritlari va elektr energiyani iste'mol qilishi bir necha ming marta kamaytirildi. Xozirgi zamonda barcha elektron hisoblash texnikasi integral mikrosxemalar asosida ishlab chiqariladi. Bu esa boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishga, idrokli avtomatlarni yaratishga imkon beradi. Xozir fan va texnikaning xamma sohalarida qo’llaniladigan lazerli elektronika ham juda tez rivojlanayapti.
Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta’sirini va axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda qo‘llaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bog‘liq. Insonlar o‘rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga o‘tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin o‘sishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi.
Elektrotexnika fanini o’qitishdan maqsad elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, ularning imkoniyatlarini bilgan holda ular asosida turli vazifalarni bajaradigan elektr qurilmalarni ish printsipi, imkoniyatlarini o’rganish va oliy bilimlarini amalda qo’llay bilishdir.
Bundan tashqari bu fan talabalarda maxsus fanlar muvaffaqiyatli o’zlashtirishi uchun lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni ham shakllantiradi. Turli elektron asboblardagi fizikaviy jarayonlarni, ular harakteristikalarini va parametrlarini, integral mikrosxemalarning tuzilishi va ularning strukturasini, elektron qurilmalarni loyixalashni, hisoblashni va ulardan foydalanishni, hozirgi zamon elektron qurilmalarning rivojlanish tendentsiyalarini bilib oladi;
Talabalar elektrotexnika qurilmalarini tanlashga va ishlatishga oid muxandislik masalalarini mustaqil yechishga va elektr muxandislari bilan xamkorlikda tuziladigan neft va gaz sanoati qurilmalari va jixozlarinin elektr qismlarini yaratish bo’yicha texnikaviy vazifa tuza olish
- elektrotexnika qonunlarini, elektr va magnit zanjirlarini taxlil qilish usullarini bilish;
- asosiy elektrotexnika qurilmalarining ishlash printsiplari, tuzilishlarini, xususiyatlarini va qo’llanish soxalarini bilish;
- yarim o’tkazgichli asboblar, mikroprotsessorlar, elektr mashina va apparatlarni ulash, boshkarish va nazorat kilish buyicha amaly kunikmalar xosil qilish kabi bilim va ko’nikmalarga ham ega bo’ladilar.
Ushbu fanni o’zlashtirish natijasida talabalar elektron asboblar nazariyasini, hamda ular asosidagi to’g’rilagichlar, kuchaytirgichlar, generatorlar va boshqa elektron qurilmalarning tuzilishi, ishlashi va qullanishiga doir nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Elektrotexnika - fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o‘tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog‘liq bo’lib to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |