3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet21/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
psixolog

Diqqatning taqsimlanishi- ikkita va undan ko’proq faoliyat turlarning muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog’liq xususiyatdir. Diqqatning yuksak darajada taqsimlanishi-ko’pgina xozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatligining muqarrar shartlaridan biridir. Diqqatning taqsimlanishi pedagogik faoliyatda ham muhim ahamiyatga egadir. Darsda materialni tushuntirayotgan o’qituvchi o’z nutqining mazmuniga e’tibor berishi, bayonning mantig’ini, o’z nutqining mazmuniga e’tibor berishi, bayonning mantig’ni, izchilligini nazorat qilib borishi va shu bilan birga o’quvchilar qanday idrok etishayotganliklarini kuzatib turishi shart.
Diqqatning xususiyatlari qatoriga ayni bir vaqtning o’zida aniq - ravshan idrok etiladigan obhektlar soni bilan belgilanadigan ko’lami ham kiradi. Ko’plab sodda obhektlar (harflar, shakllar va xokazolar ) 0,07-0,1 sekund vaqt oralig’ida idrok etilgan taqdirda katta yoshdagi kishida diqqatning ko’lami o’rtacha 5-7 elementga teng bo’lishi aniqlangan. Diqqatning ko’lami idrok etiladigan obhektlarning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Jumladan, anglanilgan matn taqdim etilganda 14 harfli so’zlar osongina ilg’ab olinadi. SHu bilan birga idrok etuvchi sub’ekt obhektni umuman ilgab olar ekan shuning uchun ham undagi xatolarni paykamasligi mumkin. Kichik yoshdagi o’quvchilar diqqatining ko’lami juda ham cheklangshan bo’ladi yosh ulg’aygan sari u kengaya boradi. Idrok etilayotgan materialni mazmuniga ko’ra guruhlarga ajrata bilish birlashtira olish, sistemaga sola bilish malakalarining shakllanishi diqqatning ko’lamini kengaytirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Tez va muvofiklashtirilgan harakatlar qilishni taqozo etadigan mehnat faoliyatida diqqatni ko’chirilishi, taqsimlanishi va ko’lami bir butun, yaxlit bo’ladi. Ko’chish taqsimlanishga aylanib qolishi, taqsimlash xodisasi tezdayoq ko’chish bilan to’ldirilishi va almashtirilishi mumkin.
Diqqatning salbiy jixatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo’linib turishida namoyon bo’lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko’rinishi ko’pincha ish qobiliyatini susayib ketishini va xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.
Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi ehtirof etiladi. Diqqatning xaddan ziyod harakatchanligi, bir obhektdan va faoliyat turidan boshqalariga doimiy ravishda o’tib turish yoki aksincha, harakatsizligi, diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patalogik tarzda qayd etilishi shular jumlasiga kiradi. Diqqatning bu xildagi buzilishlari miyaning ba’zi bir organik kasalliklari, eng avvalo uning peshona qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.

15- Sezgilar haqida umumiy tushuncha.


Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va noosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini, o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (ob’ektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zg’atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga ko’ra, analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg’unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog’lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulьslari (harakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir.
Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
Eksterioretseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqari intermodalь nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a’zosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog’i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash – vibratsiya sezgirligi deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda vibratsion sezgirlik intermodalь sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday holatda namoyon bo’ladi:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v)tricheminal, ya’ni uch xil ta’sirning uyg’unlashgan, integrativ holatida kabilar.
Sezgining nospetsifik shakli – terining foto sezgirligi ranglarning nozik jilolarini ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A. N. Leontьev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yorug’lik yuborish orqali dunyo yuzini ko’rgan. Rang signallarining og’riq qo’zg’atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib borilganda, insonni faol mo’ljallash (orientirlash) jarayonida uning qo’l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o’rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada o’rganilgani yo’q. SHunga qaramasdan, talamitik tizim va po’st ostining qo’zg’alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug’lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko’pincha “oltinchi tuyg’u, hissiyot” sharofati bilan inson tomonidan “masofa”ni sezish, ko’r odamlarda to’siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oralig’ida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini (tebranishlarini) o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Sezgilarning ana shu xususiyatlariga – sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.
Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o’zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko’rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko’p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligining aks ettirishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo’lib, ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchi va retseptorning funktsional holati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tasniflanishidan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a’zolarining funktsional holati bilan, shuningdek, qo’zg’atuvchining ta’sir qilish vaqti hamda jadalligi bilan o’lchanadi.
Lokalizatsiya (mahalliy cheklanganlik) psixik funktsiyalarning bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog’lanishidir. Masalan, ko’ruv analizatorining ishi asosan miya qobig’ining ensa qismi faoliyati bilan bog’langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo’laklari bilan, teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo’lsa tepa va ensa bo’laklari bilan bog’langandir.
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to’g’risida axborot beruvchi turli ko’rinishdagi sezgi a’zolari o’zlari aks ettirmoqchi bo’lgan hodisalarga nisbatan ma’lum darajada sezgir bo’lishlari lozim. CHunki mazkur hodisalarni ozmi yoki ko’pmi aniq va ravshan aks ettirish lozim. Binobarin, sezgi a’zolarining sezgirligi dolzarb va favquloddagi sharoitda ta’sir qilib sezgi jarayoni hosil qilish imkoniyatiga ega bo’lgan minimal darajadagi qo’zg’atuvchi bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan sezilarli yoki sezilmas darajada sezgi hosil qiluvchi qo’zg’atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi.
Kuchli mutlaq (absolyut) chegaradan nimjonroq yoki kuchsizroq qo’zg’atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning ta’sir kuchi to’g’risidagi signallar bosh miya po’stiga borib yetmaydi. Bosh miya po’sti har bir ayrim olingan ”n” miqdordagi impulьslardan hayotiy zaruriysinigina tanlab so’ng qabul qilib oladi. SHuning bilan birga, miya po’sti o’z qo’zg’atuvchanlik chegarasini oshirish yo’li bilan qilingan barcha qo’zg’atuvchilarni, shu jumladan, ichki a’zolardan keladigan impulьslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. CHunki, bosh miya katta yarim sharlari po’sti barcha tushib kelayotgan impulьslarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaktsiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish mumkin emas. Ma’lumki, bosh miya katta yarim sharlarining po’sti organizmning hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o’z qo’zg’alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impulьslarni po’stloq ostiga, ya’ni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha reaktsiyalardan musaffo bo’ladi.
Tekshirishlarning ko’rsatishiga qaraganda, po’stloqosti impulьslari organizm uchun befarq tura olmaydi. Masalan, tashqaridan ta’sir qilayotgan xuddi ana shu kuchsiz po’stloqosti qo’zg’atuvchilari bosh miya katta yarim sharlari po’stida dominant o’chog’ini (hukmron manbaini) barpo qiladi va gallyutsinatsiya hamda “sezgilarning aldanishiga” sabab bo’ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi tovushlarni miyaga o’rnashib qolgan tovushlar to’plami tariqasida qabul qilishlari mumkin, ayni chog’da haqiqiy inson nutqiga befarq bo’ladi; kuchsiz yorug’lik nuri har xil gallyutsinatsiya ko’rish sezgilari hosil qilishi mumkin; terining kiyimga tegishidan vujudga kelgan taktil sezgilar noto’g’ri o’tkir teri sezgilarini yuzaga keltiradi.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq (absolyut) sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq (absolyut) sezgirlik bilan sezgi chegaralarining me’yori o’rtasida teskari mutanosiblik (proportsionallik) mavjud; sezgi chegarasining me’yori qanchalik kichik bo’lsa, mazkur analizatorlarning sezgirligi shunchalik yuksak bo’ladi.
Sezgilar o’rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi Veber odamning o’ng va chap qo’lidagi ikkita narsadan og’irrog’ini aniqlay olish qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq (absolyut) xususiyatga ega bo’lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.
Farq ajratish sezgirligi ham farqlash chegarasining me’yoriga teskari proportsionaldir; farq ayirma sezgirligi shunchalik kichik bo’ladi.
Ayirma sezgirligi sezgirlik turlarining ayrim xususiyatlarini boshqa jihatdan tavsiflash uchun ham qo’llaniladi. Masalan, shakllarni, hajmlarni ko’rish vositasida idrok qilinadigan narsalarning ranglarini aks ettirish haqida mulohaza yuritish mumkin.
Sezgilarni o’lchashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib sub’ektiv ravishda baholashga asoslanadi. O’lchashning ikkinchi metodi esa alamatlarni ob’ektiv ravishda baholashga asoslangan bo’lib sezgilarning bilvosita (bevosita) mavjudligiga qaratilgandir.
Bevosita metod yoki qo’zg’atuvchining so’z bilan baholash metodi quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorug’lik ta’sir qila oladigan qo’zg’atuvchi havola qilinadi, dastavval qo’zg’atuvchi minimal intensivlikka (jadallikka) ega bo’ladi, so’ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirlan keyin sinaluvchi “u qaysi bir sezgi qo’zg’atuvchisining dastlab sezganligiga” javob berish so’raladi.
Teri sezgirligini o’lchash uchun maxsus asbob “esteziometr” qo’llaniladi. Eshitish sezgirligini o’lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajalaridjagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko’rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko’rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko’ziga yorug’likning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong’ilikda), quyidan yuqoriga yorug’lik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o’lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo’llaniladi.
Bevosita metodi ob’ektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqazo etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G. V. Gershuni, Ye. N. Sokolov, O. S. Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida ko’p yillar mobaynida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlir. Ma’lumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo’lmagan binobarin, ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish olish jarayonlari o’zgarib boradi, shuning uchun o’z tabiati bilan reflektor jarayondir. Sezgilardagi reflektor o’zgarishlar ularning ob’ektiv ravishda yuz berayotganligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilarni hosil qiliuvchi har qanday qo’zg’atuvchi reflektor jarayonlarni ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining torayishi, tekri galьvanik refleks (teri elektr qarhshiligining kamayishi), miyaning elektr aktivligi chastotasining o’zgarishi (alьfa, ritma, depressiyasi holati) qo’zg’atuvchiga qarab ko’zning yo’nalishi, bo’yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalarning barchasi sezgilarning paydo bo’lishini ob’ektiv ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz qo’zg’atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni sub’ektga kuchsiz qo’zg’atuvchi bilan ta’sir etilsa, u holda sub’ektda hech qanday sezgi hosil bo’lmaydi, shuningdek, sanab o’tilgan reflektorlarda ham o’zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaktsiyalar kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’sirida ham aniq namoyon bo’lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroentsefagrafik reaktsiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo’zg’atuvchiga kelib chiqqan holda G. V. Gershuni inson subsensor diapazonga ega degan ilmiy g’oyani olg’a suradi. Bu narsa anglashinilmagan fiziologik reaktsiyalar, sezib bo’lmas qo’zg’atuvchilarga asoslanadi.
Sezgilarning o’zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o’z ifodasini topadi.
Adaptatsiya (lotincha – moslanmoq, adapto) – sezgi organlari, ya’ni a’zolari (analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishidan iboratdir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta’sirdan kuchsiz ta’sirotga o’tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko’ruv, eshituv, hid bilish, teri-tuyush va hakazo).
Odatda genetik nuqtai nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli negiz (manba) ta’sirida vujudga keladi.
Qo’zg’atuvchilarning davomli ta’siri jarayonida sezgilarning to’la yo’qolishi tarzidagi adaptatsiya. Doimiy ta’sir qilib turadigan qo’zg’atuvchi ta’sir o’tkazadigan bo’lsa, bunday holatda sezgi so’nib qoladi. Masalan, teriga tegib turadigan yengilgina bir yuk tez orada sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga qirib qolganimizda, bir ozdan so’ng bu hidni batamom yo’qolib ketganday his qilamiz. Og’izda biron-bir narsa ushlab turiladigan bo’lsa, ta’m sezgisining intensivligi bo’shashadi.
Doimiy va harakatsiz qo’zg’atuvchining ta’siriga nisbatan ko’rish analizatorlarida to’la adaptatsiya hodisasini shu bilan tushuntirib berish mumkin. Bunday holatda qo’zg’atuvchining harakatsizligini ko’rish retseptorlari apparatining harakatchanligi bosib yuboradi. Ko’zni har doim ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko’rish sezgisining uzluksizligini ta’minlaydi. Qo’zg’atuvchi ta’siridan 2-3 sekund o’tgach, ko’rish sezgisi yo’qoladi, ya’ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.
2. Kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashadi. Masalan, qo’lni muzdek suvga tutib turgan paytda, sovuq qo’zg’atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelagn sezgining intensivligi pasayadi. Qorong’iroq xonadan juda yorug’ joyga kirib qolsak, biz avval boshqa yorug’likdan «ko’r» bo’lib qolib, atrofimizdagi narsalarni ajrata olmaymiz. Ma’lum fursat o’tgandan so’ng, ko’rish analizatorlarning sezgirligi keskin sur’atda pasayadi va biz mo’’tadil ko’rish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Ko’rish sezgirligining intensiv yorug’lik qo’zg’atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishdan iborat hodisani yorug’lik adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Ko’rib o’tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko’pincha psixologiya fanida negativ adaptatsiya deb ataladi. CHunki, har ikkala adaptatsiya natijasida ham analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi.
Sezgirlikni, kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sodir bo’ladigan, ortib borishini ham adaptatsiya deb atash an’anaga aylanib qolgan. Aksariyat sezgi turlariga xos bo’lgan adaptatsiyaning mazkur tuuri pozitiv adaptatsiya deyiladi.
Qorong’ilik adaptatsiyasida ko’rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda (sovuq yegan) qo’l – bir harorat – issiqday ; issiq suvda qo’l sovuq suvda o’zgarmaganday tuyuladi. Harorat sezish bilan bog’liq bo’lgan pozitiv adaptatsiyalar yuqoridagi xususiyatlarga ega.
Tibbiyot psixollgiyasida negativ og’riq adaptatsiyasining mavjudligi to’g’risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) ham hukm surishi ta’kidlanib o’tildi.
Adaptatsiyani hosil bo’lish xususiyatlari to’g’risida ma’lumot: a) taktil (teri) adaptatsiya juda tez hosil bo’ladi; b) ko’z adaptatsiyasi bir necha minut; v) hid va ta’m adaptatsiyalari undan ham uzunroq vaqt talab qiladi.
Adaptatsiyaning ahamiyati shundan ibratki, u kuchsiz qo’zg’alishni payqashga yordam beradi, kuchli qo’zg’alishdan sezgi organini saqlaydi.
Adaptatsiyani tushuntirib berish: 1) tayoqsimon hujayralarga joylashgan ko’rish purpuri aynib ketadi; kimyoviy modda borligi ilmiy jihatdan isbotlanmagan; 2) miyaning po’stloq qismi sezgirlikni pasaytiradigan «mulohazalovchi» tormozlanish. Tormozlanish – boshqa joylarda qo’zg’alishni kuchaytiradi – sezgirlik ortadi, izchil o’zaro induktsiya hodisasi ro’y beradi.
Analizatorlarning o’zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o’zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya po’stidagi qo’zg’alishning irradiatsiya hamda kontsentratsiya jarayonlaridir. I. P. Pavlovning ta’limotiga ko’ra, kuchsiz qo’zg’atuvchi bosh miya katta yarim sharlarining po’stida oson irradiatsiyalanadigan, ya’ni oson yoyilib ketadigan qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo’zg’alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorlaning sezgirligi ortadi. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’sir etganda, aksincha, kontsentratsiyaga moyil bo’lgan qo’zg’alish jarayoni yuzaga keladi. O’zaro induktsiya qonuniga ko’ra, bunday qo’zg’alish jarayoni boshqa analizatorlarning markaziy qismlarini tormozlanishga olib keladi va natijada ularning sezgirligi pasayadi.
Analizatorlar sezgirligining o’zgarishi shartli reflektor asosida, ya’ni ikkinchi signallar tizimsiga kiruvchilar ta’siri bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Tekshiriluvchilarga «limondan nordon», zahardan achchiq» degan so’zlarni talaffuz qilish bilan ularning ko’zlari va tillarida elektr sezgirligi yuzasidan o’zgarishni maydonga keltiruvchi omillar qayd etilgan. Ushbu o’zgarishlar bizga haqiqiy limon va zahar tabiati bilan ta’sir qilinganda hosil bo’ladigan qo’zg’alishga o’xshashlik vujudga kelgan.
Sezgi organlarining sezgirligini o’zgartirish qonuniyatlarini o’zlashtirib olganligimizga asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo’shimcha qo’zg’atuvchilarni qo’llash yordami bilan ma’lum bir retseptorlarni sesibilizatsiyalash, ya’ni ularning sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Qo’zg’atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri bilan analizatorlarga xos sezgining paydo bo’lishini sinesteziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda sezish degan ma’noni anglatib keladi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi sezgilarda kuzatish mumkin. Ko’rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko’ra ko’proq uchrab turadi, unda tovush qo’zg’atuvchilarining ta’siri bilan odamga ko’rish obrazlari vujudga keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har xil odamlarda o’ziga xos ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs uchun muayyan darajada doimiy bo’lishi kuzatiladi. Masalan, ayrim kompozitorlar (bastakorlar) Rimskiy-Korsakov, Skryabin kabilar «rangni eshitish» qobiliyatiga, rassom CHorlyonis, Bahzod «rangli musiqa» iste’dodiga ega bo’lganlar. Eshitish va ta’m sinesteziya hodisasi ko’pincha «o’tkir ta’m», «savlatli rang», «shirin tovush», «achchiq shamol», «bahaybat ovoz», «motamsaro osmon», «qalb o’rtar navo», singari iboralarda o’z ifodasini topgan bo’ladi. CHunki ularning mohiyatida ikkilanganlik xususiyatlari maxsus kuchaytirgich tariqasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sezgirlik mashq qilish orqali rivojlantirilib boriladi. Bunday o’zgarish kompensatsiya va faoliyat mazmunida o’z aksini topa boradi. Ayniqsa, ko’r (ko’r musiqachi), kar, soqov, haykaltarosh odamlarda, vibratsiya sezgisi bilan shug’ullanuvchilarda sezgirlik keskin ravishda oshishi mumkin. Psixollog Elen Killer hid sezgisiga nisbatan sezgirlikni maxsus ravishda tadqiq qilib, u o’ziga xos xususiyatlar mavjud ekanligini dalillab bergan. Mashq qilish natijasida insonda sezgirlik ortib borishi tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan bo’lib, ular quyidagi ko’rsatkichlarga egadirlar:
1) notekislik – 0, 0005 mm; 2) bo’yash (bo’yoqchi) – 180-40 gacha; 3) po’lat quyuvchi – 1 60 min. ; 4) rassomlar – 1 150 min. ; 5) uchuvchi (motor harakati o’zgarishi) – 1300 dan 1340 gacha; 6) rim mozaika ustaxonasida 20000 rang turi mavjud; 7) ko’rlarda – taktil sezgi-pachiniev moddasi yuqori; 8) sog’lom odamlarda 186 ta taktil retseptori; 9) ko’rlarda esa bu – 270 ta; 10) keyinchalik ko’r bo’lib qolganlarda bo’lsa – 311 ta.
SHunday qilib, sensibilizatsiya hodisasida sezgirlikning ortishi quyidagilarga bog’liqdir:
muayyan, uzoq muddatli organizmdagi o’zgarishlarga;
muvaqqat xususiyatli ekstra ta’sir yoki favquloddagi holat va vaziyatga;
yosh xususiyatlari, tipologik sharoitlar, endokrin harakati, organizmning umumiy holati, uning toliqishiga;
a) 30 yoshgacha yuqori darajaga erishish mumkin, undan keyin pasaytirish boshlanadi; b) nerv tizimsining dinamikasi (B. T. Teplov bo’yicha); v) endokrin balansi (homilador va boshqa odamlarda); g) organizmda funktsional holatning buzilishi yoki insonning charchashi.
farmologik ta’sirlar (adrenalin, fenamin, benchidrin – kuchayish; pilokarpin – pasayish)ga.
Sezgirlikning o’sishi ko’p jihatdan sub’ekt ustanovkasiga, nutqning ahamiyatliligiga, nutq instruktsiyasiga bog’liqdir.
Sezgilarga bag’ishlangan ekspremental tadqiqotlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilganligini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
Retseptor-bu qo’zg’atkich yoki qo’zg’atuvchini qabul qilishga mo’ljallangan nerv tolalaridan tashkil topgandir. Retseptorlarning asosiy xususiyatlaridan biri-uning ixtisoslashgan biologik apparat ekanligidir, xuddi shu boisdan u juda seziluvchan qo’zg’alishni qabul qiladi. Har bir retseptor ma’lum bir xususiyatli qo’zg’atuvchigina qabul qiladi, binobarin, retseptorlar o’sha “tanish” qo’zg’atuvchilarning ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bizga ma’lumki, inson o’zining tana a’zolariga ta’sir etayotgan rang, issiqlik yoki sovuqlik ta’sirini, hidlarning o’ziga xosligini sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat natijasida analizatorlarning periferik qismlarida javob reaktsiya hosil bo’ladi. Misol uchun ko’z qorachig’i qisqaradi, kengayadi, qo’l esa issiqlikdan sezkanadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana a’zolaridan bosh miya po’stiga harakat to’g’risida qayta signal beradi, qayta aloqa orqali ichki tana a’zolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.
Sezgilar aks ettirishning xususiyati va retseptorlarning joylashishiga qarab, ingliz psixologi CH. SHerrington ularni uch katta guruhga ajratadi.
1. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi hamda tananing yuza qismida retseptorlari joylashgan eksterotseptiv sezgilar.
Tananing ichki a’zolarida (o’pka, yurak, jigar va hokazo) va to’qimalarida joylashgan hamda ichki tana a’zolarining holatini aks ettiruvchi retseptorlar bilan mujassamlashgan interotseptiv sezgilar.
Inson gavdasining harakati va holati haqida ma’lumot berib turuvchi, retseptorlari mushaklarida, paylarda propriotseptiv sezgilar.
Psixologiya fanida harakatni sezuvchan proriotseptiv sezgi turi kinesteziya deb atalib, unga tegishli retseptorlar esa kinestezik yoki kinestetik tushunchasi bilan nomlanadi. Eksterotseptorlar o’z navbatida kontakt va distant retseptorlariga ajratiladi, goho sezgilar tushunchasi “his-tuyg’u” atamasi bilan ham yuritiladi. Odatda distant retseptorlar muayyan masofadagi ob’ektdan keladigan qo’zg’atuvchilarni qabul qilib, so’ng ularni nerv yo’llari orqali markazga uzatadi. Ko’rish, hid bilish sezgilari bunga yorqin misol bo’la oladi.
Eksterotseptiv, ya’ni tashqi sezgilar to’g’risidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon (grek olimi) Arastu (Aristotelь) tomonidan tavsiflanib berilgan bo’lib, eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, faoliyat ko’rsatgan), u sezgilarni ko’rish, eshitish, hid bilish, maza, ta’m turlariga ajratgan edi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, sezgilar goho o’zaro bog’lanib boshqa sezgi turlarini yuzaga keltirishi mumkin: masalan, paypaslab ko’rish natijasida sezish tarkibida taktil teri-tuyush sezgilar bilan bir qatorda sezgilarning tamoman boshqa turi, ya’ni harorat sezgisi ham kiradi. Xuddi shunga o’xshash voqelik, hodisa taktil va eshitish sezgilariga nisbatan oraliq o’rinni vibratsion sezgi egallashi mumkin.
Muvozanat sezgisi murakkab vestibulyar apparati, vestibulyar nervlarini hamda ko’z po’stosti qismlarini o’zida birlashtiradi. Turli analizatorlar uchun umumiy hisoblangan og’riq sezgilari qo’zg’atuvchilarning ta’sir kuchi haddan tashqari kuchli ekanligidan dalolat beradi. SHuni alohida ta’kidlash o’rinliki, insonning tana a’zolarida retseptorlarning joylashuv darajasi har xildir, jumladan, barmoq uchlarida retseptorlar zich, yelka qismida esa juda siyrak joylashgandir. Hozirgi zamonda sezgilar ichki va tashqi turlarga qariyb ajratilmaydi va ular harorat, og’riq, maza, vibratsion, statistik, dinamik sezgilar deb yuritiladi.
S. V. Kravkov (1893-1951) ma’lumotlariga ko’ra, bir sezgi a’zosining faoliyati ikkinchisining ta’siri tufayli o’zgaradi, tovush asosan ko’rish sezgisining yorug’lik sezuvchanligini orttiradi. SHunga o’xshash turli hidlar ham yorug’lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o’zaro ta’sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o’tishi osonroq amalga oshadi.
Bundan tashqari, sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini o’rganish ham alohida ahamiyatga egadir, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarilish tufayli tungi uchishda sun’iy sezgirlikni pasayish yoki ortish zaruriyati tug’iladi. I. P. Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o’zaro ta’sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stida namoyon bo’lib, bir vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bu bosh miya po’stida kechadigan fiziologik jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning klassifikatsiyasi ularning turli spetsifik tavsiflariga, ya’ni modalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham oshiriladi.
Ingliz nevrologi Xed sezgilarni protopatik va epokritik nomlar bilan ikkita darajaga bo’lgan. Protopatik sodda tuzilishiga ega degani uchun unda ko’proq haqiqiy holat bilan emotsional holatni ajratib bo’lmaydi. Murakkab epokritik darajasi aqliy bosqich tarkiblari (elementlari) ishtirok etishi mumkin, jumladan, ko’rish sezgisi bunga yaqqol misoldir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, birinchi protopatik sezgilar keyinchalik esa epokritik sezgilar tiklanadi.


Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish