3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet22/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
psixolog

16- SEZGI TURLARI

Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksteroretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:


Ko’rish sezgilari
Eshitish sezgilari
Hid bilish sezgilari. Eksterotseptiv
Ta’m bilish sezgilari
Teri sezgilari
Muskul-harakat (kinestetik)
Statik sezgilar. Propriotseptiv
Organik sezgilar. Interotseptiv
Ko’rish sezgilari.
Inson tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari tarkibiga kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik turlarga bo’linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga binoan yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda hosil bo’ladigan ranglar xromatik ranglar deb atalib, ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko’rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko’pdir. Odatda oq rang, qora rang, kul rang va ularning turlicha ko’rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko’rish sezgilarining organi - ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi va undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgandir. Ko’z soqqasini tashqi tomirlari va to’r pardalari o’rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo’lmagan oq qismi sklera yoki qotgan, qattiq parda deb nomlanadi, uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq muguzparda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z ko’k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko’k ko’z, qo’y ko’z, qora ko’z va hokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o’rta qismida yumaloq teshik mavjud bo’lib, biz uni qorachiq deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqali ko’z ichiga yorug’lik nurlari kiradi. Kelayotgan, tushayotgan, ajrayotgan yorug’likning ozligi yoki ko’pligiga qarab, qorachiq kengayishi yoki torayishi jarayonlari hukm suradi.
Ko’zlarning uchinchi pardasi to’r parda deb nomlanib, u ko’z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko’z gavhari joylashgan bo’ladi, yorug’lik nurlari unda to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi. Xalqa shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi yoki qisqarishi tufayli gavhar yo yassilanadi yoki qavariq holiga keladi (jism ko’zdan uzoqlashtirilganda gavhar yassilanadi, ko’zga yaqinlashtirilganda esa u shar shakliga kiradi). Ko’z gavharining mazkur hosiyati tufayli xoh uzoqda, xoh yaqinda bo’lmasin, narsalarning aksi gavhardan o’tib, so’ng to’r pardasiga tushaveradi.
Ko’z soqqasining gavhar bilan to’r parda o’rtasidagi butun ichki yuza shishasimon jismi deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi. To’r parda rang va yorug’likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda ko’ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkada uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko’zining to’r pardasi 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko’riladi, xolos. Tayoqchalar yorug’likni yaxshi sezuvchan bo’lib, xira va qorong’i paytlarda o’z funktsiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To’r pardaning eng sezgir joyi - sariq dog’ning asosan kolbachalar bilan to’lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko’ramiz. Ob’ektga tik qarash natijasida ko’z muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog’ga tushadi, bunday tarzdagi ko’rish to’g’ridan ko’rish deyiladi. Agarda narsalarning surati sariq dog’dan tashqarida, ya’ni to’r pardaning bir joyida rang va yorug’likni sezadigan tayoqchalar va kolbachalar mavjud emas, bu ko’ruv nervining ko’z soqqasidan chiqish joyi bo’lib, u yorug’likdan ta’sirlanmaganligi uchun ko’r dog’ deb ataladi.
Odam ko’zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to’lqinlarning ta’sirida sezadi: 1) 780-610 qizil rang; 2) 610-590 zarg’aldoq; 3) 590-575 sariq; 4) 560-510 yashil; 5) 480-470 havo rang; 6) 470-450 ko’k rang; 7) 450-380 binafsha rang seziladi.
a) Ko’rish sezgilarining xossalari:
Rangning toni (150 ga yaqin tuslari).
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi).
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin).
Rangning quyuqligi (tongning yaqqolligi).
Ranglarning aralashib ketishi (turli uzunliklardagi yorug’lik nuri)
b) Ko’rish sezgisi jarayoni:
Uch rangli sezish nazariyasi:
1756 yilda M.V.Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan.
100 yildan keyin nemis fizigi G. Gelьmgolьts uni to’la isbotlab bergan.
Ushbu nazariyaga binoan, to’r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo’zg’alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining qo’zg’alishi yashil rang sezgisini va uchinchi birining qo’zg’alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko’ra, yorug’lik to’lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo’zg’atsa, oq rang sezgisini vujudga keltiradi. Lekin yorug’lik to’lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu ta’sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo’zg’alganligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo’ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg’iz to’r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po’stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan ham bog’liq ekanligi to’g’risidagi ma’lumot mavjuddir. Zamonaviy ma’lumotlarga binoan, tayoqchalarda ko’rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko’zga yorug’lik ta’sir etganda ko’rish purpuri kimyoviy yo’l bilan parchalanib, tarkibiy qismlarga bo’linadi va mazkur jarayon ko’rish nervini qo’zg’atib, yorug’lik sezgisi hosil qiladi, qorong’ilikda esa purpur o’z funktsional holatini qayta tiklaydi.
v) Ko’rish sezgilarida maxsus hodisalar:
Rang kontrasti (kuchsizlanish tufayli).
SHapko’rlik.
Rang ajrata olmaslik (traxoma) - kunduzgi va tungi hayvonlar.

Download 425,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish