3. Музокаралар олиб бориш услублари. Музокараларга тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш. Музокаралар якуни бўйича хулоса қилиш


Раҳбар ва лидер тушунчалари ўртасидаги муштарак ва фарқли жиҳатлар



Download 154,57 Kb.
bet25/46
Sana23.07.2022
Hajmi154,57 Kb.
#840916
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
metodoliyadan nazariy javoblar shaxsiy yoq

5. Раҳбар ва лидер тушунчалари ўртасидаги муштарак ва фарқли жиҳатлар.
Юзаки қараганда, “раҳбар” ва “лидер” тушунчалари синоним сўзлардек, айни бир нарсанинг ифодасидек туюлиши мумкин. Аслида эса, бу икки тушунча ва ҳолат ўртасида қатор муштарак жиҳатлар билан бирга, жиддий фарқлар ҳам мавжуд.
Муштарак жиҳатларга тўхталадиган бўлсак, раҳбар ҳам, лидер ҳам жамоанинг бошқа аъзоларидан қатор ўхшаш хусусиятлари билан ажралиб туришади. Улар, аввало, ўз зиммаларига олган масъулияти билан бир-бирларига ўхшашади – ҳар иккиси қолганларнинг бошини қовуштириб, муайян мақсад сари етаклашлари лозим. Бунда улар жамоанинг бошқа аъзоларига шахсий намуна кўрсатишлари, жамоа иши учун масъулиятни улардан кўра кўпроқ ҳис этишлари керак бўлади.
Бири расмий (раҳбар), бири норасмий (лидер) тарзда бўлса ҳам жамоасининг олд қаторига ўтдими, демак улар жамоани олдинда кутаётган хавф-хатарлар, у боражак йўллардаги нотекисликлар, кутилмаган вазиятларни ҳаммадан эртароқ илғашлари, шунга яраша профилактик чоралар кўришлари, жамоа диққатини бу нарсаларга қаратиб, унинг кучини вазиятга мувофиқ тарзда тақсимлай ва йўналтира олишлари керак.
Ҳамма замон ва маконларда ҳам раҳбар ҳамда лидердан жамият кўп нарсани кутади, умидвор бўлади. Мана шу умидлар оқланиши учун улар бошқалардан кўра кўпроқ ўйлашлари, ишлашлари, безовта бўлишлари, фидойилик кўрсатишлари, ўз ҳузуридан воз кечиб, ўзгалар учун яшашлари талаб этилади.
Раҳбар ва лидернинг фарқли жиҳатларига келсак, айтилганидек, улардан бири – раҳбар мазкур мақомга расмий тарзда, у ёки бу ҳужжат асосида тайинланса, иккинчиси – лидер ўз мақомини норасмий тарзда ҳосил қилади. Бошқача айтганда, жамоанинг раҳбари мансаби тайинланадиган даража бўлса, лидерлик кишининг шахсий фазилатлари ёрдамида, улар туфайли пайдо бўладиган ўрни, мавқеидир. Яна ҳам бошқача ифода қилсак, ҳар қандай лидер раҳбар бўлиши мумкин, бироқ ҳар қандай раҳбар лидер бўла олмайди.
Аслида, дунёдаги ривожланган, демократик давлатларнинг бошқа давлатлардан ҳар жиҳатдан илгарилаб кетишларининг бош сабаби ҳам айнан мана шу омиллар билан боғлиқ. Яъни мазкур мамлакатларда энг кичик жамоалардан тортиб энг юқори вазифалар – давлат бошқарув ишларида ҳам жамиятнинг энг илғор, энг ташаббускор, энг тадбиркор, омма назарида энг обрўли кишилар раҳбар лавозимларига лойиқ кўрилишади. Жаҳондаги энг йирик компанияларнинг асосчилари, бошқарувчилари айнан жамоаси орасида қозонган обрў-эътибори, ҳурмати, кўпчиликнинг розилигига сазовор бўла олгани... туфайли ҳам айни вазифалар, лавозимлар уларга раво кўрилган. Раҳбар – лидерни ўзлари эмин-эркин сайлаганлари, танлаганлари учун ҳам улар ортидан боришни бошқалар ўзига малол олмайди, улар атрофида сидқидилдан жамул-жам бўлишади.
Демак, энг яхши натижага жамоа қачон эришади?
Қачонки, унинг раҳбари бир вақтнинг ўзида жамоасининг лидери – пешқадами бўла олса, унинг салоҳияти шунга яраша юксак, шахси эса шунга мос даражада нуқсонлардан ҳоли ва ибратли бўлса.

14-KAZUS 13-KAZUSDA JAVOBI KELTIRILGAN UMUMIY


Jamoa ishining afzalliklari sifatida keltirilgan omillar orasida “jamoa aʼzolarining oʻzaro maʼlumot va tajriba almashishi” ham sanab oʻtilgan.

  1. Bugungi bozor sharoitida, raqobat muhitida agar siz shu tamoyilga amal qilsangiz, shaxsiy karyerangizga, jamoada individual eʼtibor qozonishingizga, amal pogʻonalaridan koʻtarilishingizga xavf paydo boʻlmaydimi? Javobingizni asoslashga harakat qiling.

15-KAZUS
Odessaning Malinovskiy tuman sudi sudyasi Aleksandr Garskiy magnitola o‘g‘irlab qo‘lga tushgan ikki yigitni majburiy kitob o‘qishga ham hukm qildi...


Bu ikki yigit jarima maydonchasida turgan mashinalardagi magnitolalarni yechib, ancha og‘ir modda sanksiyasiga tushib qolishgandi: bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishib o‘g‘irlik qilish! Bu holda magnitolalar o‘g‘irlangani rost, ammo ular deyarli zarar ko‘rmagan (avtomobillardan yechilgan ikki magnitola va uchta dinamik sudlanuvchilar tomonidan ryukzakka yashirilgan. Ularni qo‘riqchilar payqab qolishgach, narsalarni tashlab, qochib ketishgan. Keyin yigitlardan biri ryukzagini olib ketish uchun qaytib kelgan, chunki uning ichida hujjatlari borligini eslagan, shunda qo‘lga tushgan). Biroq ular haqiqiy jazo muddati o‘rniga, bir yil sinov muddati bilan 3 yilga hukm qilingan hamda Mark Tvenning ikki – “Tom Soyer va uning sarguzashtlari”, “Geklberri Finning sarguzashtlari” romanlari hamda Jek Londonning “Oq so‘yloq” qissasi va Taras Shevchenkoning “Kunlar o‘tar, tunlar o‘tar...” she’rini o‘qish majburiyatini oldilar. Ma’lum bo‘lishicha, ular umrida deyarli hech narsa o‘qishmagan, so‘z boyligi ham shunga yarasha bo‘lgan. Hatto sud zalida ham o‘z qilmishlarini real his qilmay, noo‘rin jilmayib o‘tirishgan.
Aleksandr Garskiy: “Yaqinda men bu kitoblarni bolam bilan birga o‘qigan, ko‘z oldimda voqealar xuddi hayotdagidek qayta jonlangandi. O‘g‘ri yigitlar ham ularni o‘qib, mohiyatini anglab, zora dunyoga boshqacha nazar bilan qarashsa, deb o‘yladim. Bir narsani anglashlarini istadim: hayot yo‘lidagi hech qanday to‘siq odamning o‘g‘irlik, talonchilik yoki qotillik qilishi uchun sabab bo‘lolmaydi. (O‘g‘irlik tashabbuskori bo‘lgan 23 yoshli yigit Odessadagi qurilishda ishlagan. Unga bir haftada maosh to‘lanishini va’da qilishgan. Yigit uyiga – Belgorod-Dnestrovskiy shahriga borib hujjatlarini olib kelishi uchun pul kerak bo‘lgan. Biroq u maoshini olishi lozim bo‘lgan kun ish beruvchi pullarni o‘zining uy to‘lovlari uchun sarflab yuborganini aytib, g‘irromlik qilgan). Biror kishini qamoqqa yuborish odatiy hol bo‘lib, kishidan ortiqcha aqlni talab qilmaydi. Menga ishoning, ozodlikdan mahrum qilish muassasalari, aksariyat payt, odamni tuzatmaydi... Jazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi kerak. Biz muvozanatni saqlashimiz lozim. Xayol qilaylik: mahkumlar kitoblarni o‘qimasa, buning uchun jazo oladimi? Bu o‘rinda xayolga ham xojat yo‘q – uch yil ozodlikdan mahrum qilish. Bu sud qarorida nazarda tutilgan. Ehtimol, men buni ham xohlamagan bo‘lardim, lekin men qonunga amal qilishim kerak. Hech qanday murosaga o‘rin yo‘q”.
(1) Sudya Aleksandr Garskiyning hukmini qanday baholaysiz, sudlanuvchiga hamdardlik bildirish to‘g‘rimi, chunki hukm qisman uning [hamdardligi] natijasi edi? Axir odam bir hafta ishladi, ish beruvchi esa uning haqini o‘z ehtiyoji uchun sarflab, yigitni shunday og‘ir ahvolga solib qo‘ydi... Bu adolatsizlik, ammo sudya biribir qonun normalari bilan cheklanadi – ish faqat ayblov doirasida ko‘rib chiqilishi lozim. 
(2) Nega ulkan nazorat organi bo‘lmish prokuratura barcha holatlarni inobatga olmadi: nima uchun oylik berilmagan, ish beruvchi o‘zi kim va hokazo? Axir bu omillarning barchasi sudgacha tekshirilishi kerak emasmidi?
(3) Sizningcha, sudyaning hukmini adolatli, deb bo‘ladimi? Axir, agar kimdir hayotni to‘la tushunmagan bo‘lsa, unga o‘rgatish, bolalik davridagi bo‘shliqni to‘ldirish kerak emasmi (sudya Garskiyning aniqlashicha, magnitola o‘g‘irlagan yigitlar murakkab oilalarda voyaga yetishgan)? 
(4) Kitoblar inson taqdiriga ta’sir qila oladimi? Sizning sevimli kitobingiz bormi, ularning sevimliligi nimada?
​(5) Bo‘lajak yurist sifatida, qonunchilik darajasida, magnitolalarni o‘g‘irlash payti qo‘lga olingan ikki yigitni “jinoyatchi” deb atamaslik uchun boshqa ta’rif topish mumkinmi, axir ular bunday “unvon”ga loyiq emasdir... 

SHAXSIY FIKRIZNI BERISHIZ KERAK


16-KAZUS
Huquqshunoslik fakulteti professori ma’ruza qila turib doskaga katta 1 raqamini yozdi va talabalarga tushuntira boshladi:
- Bu hayotdagi eng muhim sifat – sizning insoniyligingiz.
So‘ng bir raqamining yoniga 0 qo‘ydi va:
- Bu sizning yutuqlaringiz, u insoniyligingizni 10 baravar oshiradi. Yana bir 0 – bu inson tajribasi. Endi siz 100 ga aylandingiz.
Shu tariqa ketma-ket nollarni qo‘shib bordi: ehtiyotkorlik, odob-axloq, adolat...
- Har bir qo‘shilgan 0 insonni 10 marotaba ko‘rkamlashtirib, fazilatlarini oshiradi, - dedi professor.
To‘satdan u raqamlar qatorining boshidagi 1 raqamini o‘chirib tashladi. Taxtada qadrsiz, foydasiz, ma’nosiz nollar qoldi. Va professor shunday dedi:
- Agar sizda insoniylik bo‘lmasa, qolgan amallaringiz ahamiyatsiz, puch va befoydadir.
Taniqli advokatning xotiralarida esa quyidagi voqea keltiriladi: daryo bo‘yidagi qishloq, bir kishi daryoga cho‘kib ketmoqda. Qishloqdoshlarning allaqanchasi sohilda boshlarini salanglatib vaziyatni kuzatib turishdi, birgina kishi cho‘kayotgan odamni qutqarish uchun jon holatda daryoga yugurdi. Cho‘kayotgan odam qo‘rqanidan qutqaruvchining bo‘ynidan ushlab, uni ham pastga torta boshladi. Qutqaruvchi har qancha harakat qilmasin, cho‘kayotgan odam o‘zini ham g‘arq qilishini sezib, undan zo‘rg‘a qutildi-da, ortga qaytdi. U “cho‘kayotgan odamga yordam ko‘rsatmagani uchun” sudda qattiq jazolandi, vaziyatni kuzatib turgan guvohlar esa – yo‘q...
​(1) Sud chiqargan hukm adolatlimi? Aslida qaror qanday bo‘lishi kerak edi – u qonunga asoslanishi lozimmidi yoxud insoniylik tamoyiliga? Ushbu vaziyatga sizning fikringiz qanday – hissiyotlar qonunni almashtirishi mumkinmi?
(2) Aslida insoniylik nima? Javob aniqdek go‘yo, lekin, tan olaylikki, to‘g‘ri javob unchalik ham oddiy va sodda emas. Ushbu tushunchaning mazmunini haqqoniy va aniq ochib bering.
​(3) Nima uchun yuristlik kasbi egasidan odamlarga insonparvarona yondashuvni, or-nomus va vijdon bilan bog‘liq jo‘mardlikni talab qiladi? 
​(4) Favquloddagi vaziyatda odamlar tushkunlikka tushmasligi uchun nima qilish kerak? Aksariyat qiyin vaziyatlarda qanday ko‘nikmalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, mushkul holatlarda ongli, ishonchli va ehtiyotkor harakatlarga tayyorlikni belgilaydi?
SHAXSIY FIKRIZNI BERISHIZ KERAK

17-KAZUS
Baʼzilar imij yaratish faqat sanʼatkorlar va siyosatchilar uchun zarur, deb hisoblashadi. Biroq oʻzgalarda yaxshi taassurot qoldirish istagi hammada ham mavjud. Siz boʻlajak kasbingiz taqozosiga koʻra odamlar bilan munosabatga kirishishga ehtiyoj tugʻiladi. Boshqalarning sizga boʻlgan munosabati esa, birinchi navbatda, imijingizga qarab belgilanadi.


(1) Odamlar siz haqingizda qanday tasavvurda boʻlishini xohlaysiz? Oʻzgalarga taʼsir oʻtkazishning qanday usullari bor? Koʻzlagan maqsadingizga qanday erishmoqchisiz? Jamoada qanday qilib hurmat qozonishni oʻylaganmisiz? Rahbar boʻlishga ishtiyoqingiz bormi? Karyera qilishga tobingiz qanday? Barcha savollarga tanqidiy fikrlab javob berishga harakat qiling.
SHAXSIY FIKRIZNI BERISHIZ KERAK

18-KAZUS
Faylasuf Xurshid Yoʻldoshev “Oʻzbek jamiyati axloqiy inqirozda” deb nomlangan maqolasida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Odamlar oʻgʻrilik, tovlamachilik, yolgʻonchilikni, ayniqsa u yuqori sinfga mansub odam tomonidan qilinsa, normal qabul qilyapti... Odamlar nopok yoʻl bilan biror narsa qozonishdan hazar qilmayapti, balki buni ishning koʻzini bilish, uddaburonlik, ishbilarmonlik deb atayapti”.



  1. Jamiyatimizdagi bunday axloqiy inqirozning sabablari nimada? Hayotiy misollar bilan yoritib bering.

19-KAZUS
“Maqsad vositani oqlaydi” degan prinsip negizida ezgu maqsad yoʻlida har qanday vositalarni qoʻllash mumkin, degan qarash mavjud. Mazkur fikrni etika inkor qiladi.

  1. Yuridik etikada ham bu tamoyilni amalda qoʻllab boʻlmasligi sababini misollar bilan izohlab bering.



Download 154,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish