Ushbu ma'ruzalar matni va amaliy mashg’ulotlar uchun masalalar to’plami
Davlat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlandi. Bakalavriat yunalishlari:
5140500 «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» mutaxassisligiga mo’ljallangan.
Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi asoslari» fani bo’yicha
qiziquvchi keng
kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: N.Murodova,
R.S.Shomurodov.
Taqrizchi:
iqtisod fanlari doktori,
professor I.O.Ulashev.
“Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasida 2007 yil 29 avgustda muhokama qilinib,
o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
K I R I SH
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotiga
o’tishni ta'minlashga va uning "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturini amalga
oshirish"da yo’qori malakali kasb - qunarli mutaxassislarni tayyorlashga erishish
muhim ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganining o’n yilligini
nishonlab o’n birinchi yilga qadam qo’ymoqda. Mana shu o’n yil davomida
mamlakatimiz xalq-xo’jaligining barcha sohalarida keskin burilishlar bo’lib
ishlab chiqarishlarda katta g’alabalarga erishdilar.
Jumladan buxgalteriya
hisobida ham keskin o’zgarishlar bo’ldi. «Buxgalteriya hisobi to’q’risida» 1996
yilda birinchi marta mustaqillikga erishganimizdan so’ng qonun qabul qilindi.
1997 yil yanvaridan boshlab buxgalteriya hisobining barcha moddiy ishlab
chiqarish korxonalari uchun yangi shakllari qo’llanila boshlandi. Bu o’z-o’zidan
ma'lumki mamlakatimiz rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi jahonda rivojlangan mamlakatlar bilan aloqasini
yanada mustahkamlamoqda. Jumladan Amerika
- qushma Shtatlari bilan
bundan tashqari, Olmoniya,
Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Rossiya va shu kabi
mamlakatlardir. Buxgalteriya hisobida davlat standartlariga mos holda 1-yanvar
2002 yildan ishlab chiharuvchi korxonalar uchun
yangi schyotlar rejasi
qo’llanilayapti.
«Buxgalteriya hisobi asoslari» fanidan tayyorlangan ma'ruza matnlari va
amaliy mashg’ulotlar uchun masalalar to’plamida talabalar har mavzu o’tilgandan
keyin, mavzularga taalluqli tayanch iboralar, savollar va test savollari berilgan.
Keltirilgan ma'lumotlar talabaga kerakli bilimni olishga imkon beradi.
Mazkur qo’llanmaning ikkinchi
yaxshi xususiyati shundaki, uning har bir
mavzusida amaliy mashg’ulotlar uchun masalalar berilgan. Ushbu masalalarni
yechish talabaga nazariy jihatdan olgan bilimlarini
chuqurlashtirish imkonini
beradi.
Dono xalqimiz aytganidek ming marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan
yaxshi yoki amalda bajargan yaxshidur.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com