1.3. Buxgalteriya hisobining metodi Metod bu usullar yig’indisidir buxgalteriya hisobi quyidagi usullardan tashkil
topgan: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash, kalkulyatsiya, ikki yoqlama yozish,
schyotlar tizimi, buxgalteriya balansi, hisobot.
Hujjatlashtirish-bu korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish,hisobga olinadigan
xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks etgirishning asosiy usulidir.qujat
rasmiylashtirilayotganda uning oldiga qo’yilgan hamma yuridik talablarga rioya qilish
kerak.Faqat
shunday
rasmiylashtirilgan
hujjatlargina
buxgalteriya
hisobining
ko’rsatkichlariga umuman va uning ayrim ma'lumotlariga ishonchli dalil bula oladigan
kuchga ega bo’ladi. Inventarizatsiya yoki yuklama qilish-bu sanash,tortish,ulchash va
hokazolar yo’li bilan korxona mol-mulkini ashyoviy ro’yxatdan o’tkazishdir. Invetarizatsiya-
bu hisob ma'lumotlari bilan haqikat o’rtasidagi tafovutni bartaraf qilish uchun korxona
mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob kitob ishlarini
tekshirish usulidir.
Baholash-bu korxona mablag’lari va ularning kelib chiqish manbalarining pul
o’lchovida ifodalanishidir.Bu usul natura va mehnat o’lchovlarini qo’llash, zarur
ma'lumotlarni taqqoslash va umumlashtirish, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini
aniqlash imkoniyatini beradi. Kalkulyatsiya-bu ishlab chiqarilgan mahsulot va sotib olingan
moddiy boyliklarning tannarxini aniqlash usuli bo’lib buxgalteriya hisobi ob'ektlari haqida
umumlashgan ma'lumotlar olish uchun zarur.
Ikki yohama yozish-bu usulining xususiyati shundan iboratki,har qanday xo’jalik
operatsiyasiga tegishli bir summa buxgalteriya hisobida shu vaqtning o’zida ikkitadan kam
bo’lmagan schyotda aks ettiriladi. Xo’jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining
schyotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozish usuli yordamida amalga oshiriladi.
Schyotlar tizimi-bu hisob ob'ektlarini ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruqlash
uchun xizmat qiladi. Bu esa schyotlar tizimi yordamida korxona xo’jalik faoliyatini nazarot
qilish va reja topshiriqlarini bajarilishi haqida ma'lumotlar olish imkonini beradi.
Buxgalteriya balansi-bu ma'lum bir muddatga xo’jalik mablag’lari holati haqida pul
shaklida umumlashgan ma'lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Balansda korxona
mablag’larining joilanishi va tarkibi,mablag’’lar manbalarining tashkil topish haqidagi
ma'lumotlar keltiriladi.
hisobot-bu ma'lum bir muddatga korxona ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyati natijalari
haqida umumlashgan ma'lumotlar olish usulidir. Balans va hisobot yordamida har bir korxona
xo’jalik faoliyati natijalari yakunlanadi.