1 -MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI PREDMETI VA METODI Reja: 1.1. Xo’jalik hisobi uning mohiyati va ahamiyati.
1 2. Buxgalteriya hisobining predmeti.
1.3. Buxgalteriya hisobining metodi.
1.1. Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati. Xo’jalik hisobi moddiy mablag’larni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy
ishlab chiqarishni uyushtirish, boshharish va rahbarlik qilish uchun zarurdir.
Xo’jalik hisobi deb yuritishning o’zi kishilik jamiyatida xo’jalik faoliyatini hisobga
olish yoki insoniyat uchun zarur bo’lgan iste'mol buyumlari, kiyim kechak oziq - ovqat va
boshqalarni ishlab chiqarish va taqsimlashni hisobga olish demakdir. Xo’jalik hisobi kishilik
jamiyatining hamma ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarida mavjud bo’lgan. Lekin har bir
ijtimoiy tuzumda xo’jalik hisobi o’zining maqsadi va vazifalariga ega bo’lgan. Xo’jalik
hisobiga bo’lgan talab ayniqsa, tovar ayirboshlash natijasida kuchaygan. Xo’jalik hisobiga va
ikki yoqlama yozish sistemasini bayon qilgan va birinchi nashr etilgan ishning muallifi
Italiyaning mashhur matematigi professor Luka Pachiolo hisoblanadi. Uning «Barcha
arifmetika, geometriya, proportsiya va munosabatlarga doyr majmuasi» degan kitobida
«Schyot va yozuvlar haqida» yozilgan traktati bor. Bu kitob birinchi marta 1494 yilda
Italiyaning Venetsiya shaxrida birinchi marta bosilib chiqqan. Korxona,tashkilot va
muassasaning hamma ishlarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat tomondan
tavsiflab berish zarurdir. Shuning uchun ham xo’jalik hisobida quyidagi ulchob birliklari
qo’llaniladi.
Natura (tabiiy) o’lchovlari Xo’jalik mablag’lari va ularning ish jarayonidagi
harakatlarini natura xolida ifodalash uchun xizmat qiladi yoki korxona xo’jalik faoliyatida
sodir etilgan voqea va xodisalarni miqdoran aks ettirishdir.Masalan hisob ob'ektlari; og’irlik
birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr.kubmetr); uzunlik
birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda ulchanadi.
Mehnat o’lchovlari mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biror ishni bajarish uchun
sarflanadigan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchovining asosida ma'lum
bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi normasi yoki biron bir ishni
bajarishga sarflanadigan vaqt normasi yotadi. Mehnat o’lchovi korxonada ishlagan ishchi va
xodimlarning ishlagan ish kunlari va ish soatlarini hisobga oladi.
Mehnat o’lchov birliklari buxgalteriyada quyidagicha hisobga olinadi. Kishi-kuni,
Kishi-soati Pul o’lchovi jamlovchi o’lchov birlik hisoblanib natura va mehnat o’lchov
birliklarini qiymat ko’rinishiga keltiradi va ularni so’mda aks ettiradi. O’zimizning milliy
pulimiz 1994 yil 1-iyo’ldan boshlab muomalaga kirgan va so’m hisobida amalda
qo’llanilayapti pul o’lchovi yordamida xo’jalik hisobining muhim printsipi-xo’jalik faoliyati
o’stidan pul bilan nazorat o’rnatiladi. Bundan tashqari pul o’lchovi sifat ko’rsatkichi-
mahsulot birligining tannarxini aniqlashga xizmat qiladi.