3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


-BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYASI VA SAVDO SIYOSATI



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   252
19-BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYASI VA SAVDO SIYOSATI 
Bu bob milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan 
murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining 
tutgan o‘rnini tahlil qilish bilan boshlanadi. So‘ngra xalqaro savdoning 
rivojlanishi, omillari va tuzilishi qarab chiqiladi.
1. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha 
nazariyalar 
Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok 
etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq 
davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha 
nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo 
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi 
zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik 
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan 
jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, 
mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi milliy iqtisodiy 
manfaatlarga qanday darajada javob beradi, degan savolni qo‘yadi. Bu savolga 
javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit 
xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish 
va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish 
asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko‘ra, 
A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o‘ynashini ta’kidlash bilan birga, ular 
quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka ega, deb hisoblaydi: 1) tabiiy, ya’ni iqlim 
sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi 
holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi bilan 
shartlangan ustunlik. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan 
mahsulot o‘z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab 
chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo‘lgan 
mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari 
esa mazkur mamlakatning o‘zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqali 
qoplanadi. 
A.Smit nazariyasi bo‘yicha har bir mamlakat o‘zida boshqalarga qaraganda 
arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga 
nisbatan ko‘p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish