Asosiy tayanch tushunchalar Jahon xo‘jaligi – xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish,
moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar
xo‘jaliklari tizimi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi –
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Xalqaro mehnat taqsimoti – alohida mamlakatlarning tovar va
xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Globallashuv – jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi
iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi
xo‘jalik aloqalari majmui.
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning chet elda joylashtirilishi va
harakat qilishi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha
qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga
ko‘chib o‘tishi.
Emigratsiya – ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib
ketishi.
Immigratsiya – ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib
kelishi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos
xususiyati nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri
qanday?
2.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga
asoslanadi? Ularni turkumlash bo‘yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga
asoslanib davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating.
3.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan
iborat?
4.
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo‘nalishlari mavjud?
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.
5.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
223
6.
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering.
7.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi?
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating.
8.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering.
Xalqaro migrantlar qanday toifalarga ajratiladi?
9.
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har
birining ahamiyatini ko‘rsating.
10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib
qo‘yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday
xalqaro tuzilmalarni bilasiz?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com