Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini
ifodalaydi.
Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun
darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning
shakllanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan
keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy
xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizidan
barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro
mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon
xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar
bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy
resurslarining
tarkibi
va
miqdori,
rivojlanish
ko‘lami,
darajasi
va
iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir
mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan
tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan
ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa
sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga
intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy
baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda
amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi
maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta
cheklashlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar
siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu
sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi
farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks
ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik
asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror
ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala
shaklida:
Do'stlaringiz bilan baham: |