6-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning
klassik modeli.
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli
o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta –
J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning
funktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi:
)
(
Y
S
S
=
. Investitsiya esa, klassik
modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi:
)
(
r
I
I
=
. Ya’ni,
keynscha kontseptsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining
boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning
mohiyatini 7-chizma orqali izohlash mumkin.
Chizmadan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik
modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq
o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma
darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi
amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsada, mazkur modelda uni milliy
daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
134
S,I
S
E
f
I
F
E I
0 N F NI
7-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning
keynscha modeli.
Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari ye nuqtada kesishadi.
Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida
erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma
muvozanatini (E
F
nuqta) ta’minlash uchun investitsiya I
F
darajada bo‘lishiga
erishish lozim bo‘ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ra, investitsiya va jamg‘arma
darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda ham ta’minlanishi
mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta)
erishiladi.
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha
modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
birinchidan,
klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy
ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa,
yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda
ham erishish mumkin;
ikkinchidan,
klassik modelda narx mexanizmi juda
harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi
inkor etiladi;
uchinchidan,
yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda
jamg‘arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa
daromad funktsiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi
muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real
hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan
ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham
makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan
ushbu modeldan foydalanamiz.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
135
Do'stlaringiz bilan baham: |