3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252
6-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning 
klassik modeli. 
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli 
o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – 
J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning 
funktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi: 
)
(
Y
S
S
=
. Investitsiya esa, klassik 
modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: 
)
(
r
I
I
=
. Ya’ni, 
keynscha kontseptsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining 
boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning 
mohiyatini 7-chizma orqali izohlash mumkin. 
Chizmadan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik 
modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq 
o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma 
darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi 
amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsada, mazkur modelda uni milliy 
daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


134 
S,I

E
f
I
F
E I 
0 N F NI 
7-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning 
keynscha modeli. 
Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari ye nuqtada kesishadi. 
Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida 
erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma 
muvozanatini (E
F
nuqta) ta’minlash uchun investitsiya I
F
darajada bo‘lishiga 
erishish lozim bo‘ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ra, investitsiya va jamg‘arma 
darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda ham ta’minlanishi 
mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) 
erishiladi. 
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha 
modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: 
birinchidan,
klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy 
ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, 
yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda 
ham erishish mumkin
ikkinchidan,
klassik modelda narx mexanizmi juda 
harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi 
inkor etiladi; 
uchinchidan,
yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda 
jamg‘arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa 
daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi 
muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real 
hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan 
ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham 
makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan 
ushbu modeldan foydalanamiz.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


135 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish