Asosiy tayanch tushunchalar
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab
chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish
jarayoni.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan
bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va
ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar
uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib
borilishi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan
ulushi.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg‘arishga
ketadigan ulushi.
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi
natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi.
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi
natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga
nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining
investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha
ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab
ko‘rsating.
3. Iste’mol va jamg‘arma funktsiyalarining grafikdagi tasvirini chizib,
ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi
joylashishi qanday bo‘ladi?
5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir
ko‘rsatadi?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
136
6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani
tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi?
Ularning qisqacha tavsifini bering.
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga
ta’siri qanday?
9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining
mohiyatini tushuntirib bering.
10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha
modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
137
Do'stlaringiz bilan baham: |