cardiacae). 2.Me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlari (glandulae
gastricae propriae) ikki xil hujayralardan iborat. Asosiy hujayralar pepsinogen
fermerti ishlab chiqarsa, qo’shimch hujayralar xlorid kislota ishlab chiqaradi.
3.Me’daning chiqish qismidagi bezlar (glandulae pyloricae).
Bu bezlar ovqatni
me’dada kimyoviy parchalovchi suyuqlik me’da shirasi ishlab chiqaradi. Me’da
shirasi ta’sirida me’dada oqsil, qisman yog’ parchalanadi. Bundan tashqari me’da
shilliq pardasi qon ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi antianemik modda ham ishlab
chiqaradi.
Shilliq osti qavat (tela submucosa) nisbatan qalin va harakatchan bo’lgani
uchun shilliq qavat burmalar hosil qiladi.
Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat silliq mushakdan iborat: Tashqi
bo’ylama qavat (stratum longitudinale) qizilo’ngachning bo’ylama mushak qavatini
davomi bo’lib ko’proq kichik va katta egriliklar bo’ylab joylashgan. O’rta
halqasimon qavat (stratum circulare) tashqi qavatga nisbatan kuchli rivojlangan. U
qizilo’ngach halqasimon mushak qavatini bevosita davomi bo’lib, me’daning
chiqish qismida qalinlashib qisqichni (m. spincter pylori) hosil qiladi. Ichki qiyshiq
tutamlar (fibrae obliquae) bo’lib, me’daning kardial qismidan boshlanib, oldingi va
orqa devorlarga yo’naladi.
Tashqi seroz qavat (tunica serosa) qorinpardaning vitseral varag’idan hosil
bo’lib, me’dani hamma tomondan o’raydi. Bu parda me’da bilan qo’shni a’zolar
o’rtasida boylamlar hosil qiladi. Bunday boylamlarga jigar bilan me’da kichik
egriligi o’rtasidagi jigar - me’da boylami (lig. hepatogastricum), me’da bilan taloq
o’rtasidagi me’da - taloq boylami (lig. gastrolienale), me’da bilan ko’ndalang
chambar ichak o’tasidagi me’da - chambar ichak boylamlari (lig. gastrocolicum)
kiradi.
Sog'liq bo'yicha mutaxassislar anchadan buyon
modelda tasvirlanganidek
individual shaxsning sog'liqqa oid odatlariga nima eng ko'p ta'sir etishi haqida
izlanish olib borishyapti. Bu model sog'liqqa oid bilimlar va munosabatlarga tashqi
omillar qanday ta'sir etishini ko'rsatadi va ishonchli samaraga ta'sir etadi. Bu tashqi
to'siqlar kimningdir talab qilingan odatlarini amalga oshirishdagi qobiliyatiga birma-
bir ta'sir o'tkazuvchi rejalariga ta'sir o'tkazadi. Birlashgan Qirollikning shimol
g'arbidagi hududlarida ijtimoiy yo'qotishlarning darajasi yuqori. Ayrim hududlarda
aholining 50% sog'liqdan mahrum etilgan hisoblanadi. "Hard to reach" (erishish
qiyin) individuallari sog'liqni saqlash tizimidan muntazam foydalanmagan shaxslar
uchun belgilangan bilimlarning maqsadi bo'lgan. Ular, shuningdek, tavakkalli
omillar orqali so'liqni vujudga keltirishdan ham
iqtisodiy jihatdan mahrum
bo'lishgan. So'rovnoma o'tkazilganlardan 187 tasi kashanda, 67 tasi esa klinik
semizlar bo'lgan. So'rovnoma o'tkazilganlarning asosiy qismi o'z sog'liqlariga e'tibor
qaratishni o'z mas'uliyati deb bilgan va xatto ular ozish,
alkogoldan foydalanish,
chekish kabi vaziyatlarni maxsus doktorlar bilan muhokama qilishdan ham
uyalishmagan. Shunga qaramay, o'tgan yili ularning faqatgina 16% amaliyotchi
doktorlarga qatnagan. Va ular, asosan, foydali kasallik
serifikati yoki kasallangan
bola uchungina qatnab turishgan. Deyarli barcha hududlar tadqiq etilganidan so'ng,
javobgar shaxslar o'zlari aslida ko'ringanidan ko'ra sog'lomroq bo'lganliklarini
tushunishdi. So'rovnoma qatnashchilarining 26% klinik semiz bo'lgan, biroq ulardan
faqatgina 7% ushbu holatni tan olgan. So'rovnoma ishtirokchilarining 1/10 qismi
o'zlari hohlaganchalik uzoq hayot kechirishlari uchun sog'lom ovqatlanish
kerakligini anglab yetishgan. Ana shu ishtirokchilarning 84% ayni paytda o'z
sog'liqlari haqida havotir olmayotganlarini va ularning yarmidan ko'prog'i
keyinchalik bu haqida o'ylashlari mumkinligini qayd etishgan. So'rovnoma
o'tkazgan odamlar atroflaridagi insonlarning yashash tarzi va insonlar sog’lig’iga
oid kuzatuvlarni ishlab chiqishdi. Masalan, kashandalarning 56% o’sha hududda
yashayotganlar bilan bir xil sog’liqqa egaman, deb bilishgan.
Hisobotlar xalq
sog’lig’ini oshirish vositalari va uni o’zlashtirishning zaifligiga murojaat qiladigan
ba’zi aniqlangan samarali yondashuvlarga ta’sir o’tkazadi. Bu, asosan, ana shu soha
bo’yicha maxsus shug’ullanadigan guruxlar tushuna oladigan sog’liqni oshirishga
yordam beruvchi rivojlanayotgan vositalarni taklif etdi. Bu sog’liqni saqlash
xizmati, sog’lom hayot tarziga oid mulohazalarning yetkazilishi va mukammal
fikrlarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu, shuningdek, ana shu ma’lumotlarning
tarqalishiga ko’maklashadigan gazeta, televideniye kabilardan ham foydalanishni
taklif etadi.
Bundan tashqari, bu vaqt, yashash joyi va tarzini hisobga oluvchi
maqsadli guruxlarning ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishni ko’zda tutuvchi
xizmatlarni qayta shakllantirishni ham bildiradi
5
Do'stlaringiz bilan baham: