3-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solish


Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi va huquhiy maqomi



Download 103,58 Kb.
bet4/6
Sana28.03.2022
Hajmi103,58 Kb.
#513947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 Mavzu Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solish

3. Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish organlari tizimi va huquhiy maqomi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devoni
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish boʻyicha eng muhim organlardan biri Prezident devoni hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlatga, uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va, binobarin, Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ham boshqaradi.
Mustaqillikka erishilganidan keyin respublikada davlat hokimiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati singari instituti paydo boʻldi. Oʻz tabiatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlat maslahatchisi xizmatining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan ta’minlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalariga doir farmonlari, farmoyishlari, shuningdek topshriqlarining bajarilishini ta’minlash, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy huquqiy bazasini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻrib chiqishiga kiritish Davlat maslahatchisi xizmatining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Davlat maslahatchisi xizmatining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
— mamlakat ichvda va undan tashqarvda yirik xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazishning istiqbolli va joriy rejalariga doir takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining rahbari koʻrib chiqishiga kiritish;
Oʻzbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yoʻlini amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, birgalikda hamkorlik qilishlarini ta’minlash va ularning ishini Prezidentning farmonlari, farmoyish vatopshiriqlarini bajarishga yoʻnaltirish, shuningdek davlat boshligʻi xorijga tashriflari chogʻida va Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlar vakillari bilan muloqotlar doirasida erishgan kelishuvlar va shartnomalarning amaliyotda roʻyobga chiqdrilishini ta’minlash;
xalqaro munosabatlar va iqtisodiy hdmkorlik masalalariga doir takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezvdentining koʻrib chiqishiga kiritish;
ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish uchun tuzatishlar kiritish maqsadida vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar bobidagi ish natijalarini oʻrganish va umumlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasida akreditatsiya qilingan elchixonalar, konsulxonalar, diplomatik va boshqa missiyalar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalari vakillari bilan aloqalar;
jahon xoʻjalik aloqalarining holati va ularning rivojlanish tamoyillarini oʻrganish, Oʻzbekistonni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalash, uning eksport salohiyatini oshirish va Respubdika mahsulotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishga tayyorlash;
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy huquqiy bazasini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni, kiritilgan qonun loyihalari va boshqa me’yoriy hujjatlar, xorijlik sheriklar bvdan birga imzolash moʻljallangan shartnomalar, kelishuvlar, yirik kontraktlar ekspertizalarini tashkil etish;
qonun hujjatlari, tuzilgan xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, yirik kontraktlar qdnday bajarilayotganini tahlil etish, ularni roʻyobga chiqarish chogʻida nazorat va idoralararo muvofiqlashtirishni tashkil qilish;
tashqi aloqalar va iqtisodiy hamkorlik tizimi muassasalarida kadrlar rezervini shakllantirishni ta’minlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish ishini tashkil etish, mazkur soha kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflarni Prezident koʻrib chiqishiga kiritish.

Download 103,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish