TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT BO‘YICHA OLIB BORILADIGAN SIYOSAT
Valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash
Mamlakat investitsiyalari eksport siyosati
Chet el investitsiyalari import siyosati
Valyuta subsidiyalash
Diveze siyosat
Diskont siyosat
Tashqi savdoga oid import siyosati
Tashqi savdoga oid eksport siyosati
Uzoq muddatli siyosat
Joriy siyosat
Bojxona siyosati
Valyuta siyosati
Tashqi investitsiya siyosati
Tashqi savdo siyosati
1-chizma. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha olib boriladigan siyosat
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosati xalqaro koʻlamda tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faoliyat natijalarini ayirboshlashni qamrab olib, OʻzRningchet el davlatlari bilan tashqi savdo faoliyati sohasidagi munosabatlarini belgilaydi va tartibga soladi. Ushbu munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro huquq va majburiyatlarning umum e’tirof etilgan qoida va me’yorlariga rioya qilishga asoslanadi.
Oʻzbekiston va chet el yuridik hamda jismoniy shaxslariga tashqi savdo faoliyatini yuritish tartibi, shuningdek OʻzR hokimiyat organlari va uning sub’yektlarining tashqi savdo faoliyati sohasidagi huquqlari, majburiyatlari, mas’uliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan.
Tashqi savdo siyosati oʻz ichiga eksport va import siyosatini oladi.
Eksport siyosati Oʻzbekistonning raqobatbardosh tovarlarini jahon bozorida sotishga va ana shunday tovarlar ishlab chikdrishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Eksportga qodir ishlab chiqarishlarni ragʻbatlantirish uchun daalaz buyurtmalari, byudjetdan molyayalash, kreditlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi.
Import siyosati OʻzRga xorijdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olib kelinishini tartibga solishga yoʻnaltirilgan. Bunday tartibga solishning vositasi boʻlib respublika iqtisodiyogini himoya qilish maqsadida importni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklash hisoblanadi; buning uchun litsenziyalash va kontingentlash, importga doir antidemping va kompensasiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolardan foydalaniladi.
Kontingentlash — kontingent (lotincha sopgsheyepgshp — hissasiga toʻgʻri keladigan)deb nomlanadigan eksport-import kvotalarini belgilash yordamida davlatning tashqi savdoni tartibga solish shakllaridan biri. Tashqi saadoda u bazi tovarlar uchun ularni olib kirish, olib chiqish yoki qoʻshni mamlakatlarga tranzitining vazn yoxud qiymat birliklarvda ifodalangan eng yuqori me’yorni, bevosita importni cheklashga yoʻnaltirilmagan, lekin shunday boʻlsada, ularning harakati tashqi sadvoni cheklaydigan ma’muriy rasmiyatchiliklarni belgilashni anglaggadi. Bularga bojxona rasmiyatchiliklari, sanitariya va vegerinariya me’yorlari, texnik standart va me’yorlar va hokazolar kiradi.
Import siyosati oʻz harakatlarida importning mamlakat iqtisodiyotidagi roli quyidagi ikki omilga bogʻliqligini hisobga oladi:
birinchidan, import — davlat bojxona daromadlarining an’anaviy manbai;
ikkinchidan, import — monopoliyaga qarshi dastak va mamlakat tovar ishlab chiqarishining raqobat hosil qiladigan unsuri.
Tashqi investitsiya siyosati OʻzR hududiga chet el investitsiyalarini jalb etish va ulardan foydalanish hamda Oʻzbekiston investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Investitsiyalar — foyda olish maqsadida investor tomonqdan tadbirkorlik faoliyati ob’yektlariga qoʻyiladigaya barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklardir.
Investitsiyalarda asosiy rolni sarmoya (kapital) oʻynaydi. Sarmoya — daromad odish uchun moʻljallangan pullardir. Sarmoya boshqarish huquqi va foyda olish maqsadada korxona barpo etishga qoʻyilishi (bevosita invesshsiyalar), qimmatli qogʻozlarni xarid qilishga yoʻnaltirilishi (portfel investitsiyalari), foiz olish uchun kreditga berilishi (kredit sarmoyasi) mumkin.
Tashqi investitsiya siyosati oʻz ichiga chet el investitsiyalarini import qilish siyosati va Oʻzbekiston sarmoyalarini eksport qilish siyosatini oladi.
OʻzRga chet el investitsiyalarini import qilish siyosati quyidagi vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar hajmini xalqaro standartlar darajasida koʻpaytirish;
respublikaga ilgʻor (xalqaro baholash mezonlariga koʻra) texnologiyalar, tajriba, nou-xau va hokazolarni jalb etish;
aholiniig bandligini koʻpaytirish va shunga asosan ishsizlik darajasini qisqartirish;
jami ijtimoiy mahsulot va milliy daromadii koʻpaytirish.
Oʻzbekiston investitsiyalarini eksport qilish siyosati quyidagi vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
Oʻzbekistonning eksport tovarlari (xizmatlari)ni xorij bozorlariga harakatlantirish;
foyda olish yoki ichki bozorni import tovarlari (yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar va hokazolar) bilan kafolatli ta’minlash uchun xorijda ishlab chiqarishni rivojlantirish;
bank sohasini mustahkamlash va valyuta operatsiyalarining samaradorlngini oshirish;
sugʻurta tizimini mustahkamlash va sugʻurta biznesining faolligini oshirish.
Valyuta siyosati davlat va xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda tashkiliy shakl va usullar jamini tashkil etadi.
Valyuta siyosati davlatning valyuta mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha faoliyatidir. Valyuta siyosati koʻp qirrali boʻlib, oʻz ichiga valyuta mablagʻlarini shakllantirish va ishlatishniig asosiy yoʻnalishlarini, ana shu mablagʻlardan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni oladi. Valta siyosatiga valyuta bilan subsidiyalash va valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash ham kirada.
Valyuta bozori va qimmatbaho metallar hamda toshlar bozori valyuta siyosatining amal qilish sohasi hisoblanadi.
Joriy valyuta siyosati diskont siyosati va devize siyosatiga boʻlinadi. Moliya tizimining bir maromli faoliyatini ta’minlash, mamlakat toʻlov balansining muvozanatini qoʻllab-quvvatlash joriy valyuta siyosatining vazifasi hisoblanadi.
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va toʻlov majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valyuta kursini taxminiy tuzatish uchun foizning hisob stavkasidan foydalanish boʻyicha iqtisodiy va tashkiliy chora-tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narxlar dinamikasi va darajasiga, pul massasi hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta’sir koʻrsatishda namoyon boʻladi.
Devize siyosati — valyuta intervensiyasi va valyuta cheklashlari yordamida valyutani xarid qilish va sotish bilan valyuta kursini tartibga solish tizimidir. Valyuta intervensiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutaning odsi-sotdisi boʻyicha maqsadli operatsiyalari boʻlib, u milliy valyuta kursi dinamikasini uni oshirish yoki pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini koʻzlaydi. Valyuta cheklashlari milliy va xorijiy valyuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Uzoq muddatli valyuta siyosati valyuta mexanizmini oʻzgartirishga doir tarkibiy tusdagi uzoq muddatli chora-tadbirlarni qamrab oladi. Avvalo Xalqaro valyuta fondi doirasidagi davlatlararo muzokaralar va kelishuvlar uzoq mudsatli valyuta siyosatining asosiy usullari hisoblanadi. Valyuta hisob-kitoblari tartibi, valyuta kurslari va paritetlar rejimi, oltin va rezerv valyutalardan, xalqaro toʻlov vositalaridan foydalanish va hokazolar uzoq muddatli valyuta siyosati choralari hisoblanadi.
Oʻzbekisgon Respublikasining bojxona siyosati — OʻzR ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismidir.
OʻzR bojxona siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
bojxona nazorati vositalaridan eng samarali foydalanilishini va OʻzR bojxona hududida tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlash;
mamlakat bozorini himoya qilish va Respublika iqtisodiyotini rnvojlantirishni ragʻbatlantirishga doir savdo va siyosiy vazifalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etish.
Bojxona siyosati bojxona ishining bir qismi boʻlib, uning asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi bilan belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorliqda faol ishtirok etishga intiladi, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasida bojxona ishi va bojxona siyosati umum qabul
qilingan xalqaro me’yorlar va amaliyot bilan uygʻunlashtirish va birxillashtrish yoʻnalshpida rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |