YaQQda sanoatning ulushi (qurilish sohasi bilan birga)
|
32,4
|
32,4
|
32,6
|
33,0
|
32,9
|
shu jumladan sanoat tarmoqlari ulushi
|
|
|
|
|
|
To‘qimachilik, kiyim, teri va unga
tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish
|
2,6
|
2,8
|
3,2
|
3,3
|
3,9
|
Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish
|
0,1
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
|
3,7
|
4,2
|
4,5
|
5,3
|
5,7
|
Avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish
|
0,8
|
1,0
|
1,1
|
1,0
|
0,5
|
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;
-material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish; -ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish darajasi;
-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;
-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi; -ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.
4.Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi
O’zbekiston sanoatining hozirgi taraqqiyoti katta dinamikligi bilan ajralib
turadi, chunki u mustaqillik yillarida va XXI asr boshlarida yuqori sur’atlar bilan
rivojlana bordi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishi yuqori darajada o’sishi bilan
bir qatorda, uning tuzilmasida ham uzluksiz tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Oxirgi
28 yil mobaynida sanoat tuzilmasi ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning
samaradorligini oshirish talablari va xalq xo’jaligini modernizatsiyalash va isloh
qilish zaruriyatiga mos ravishda o’zgarib bordi. Sanoat ishlab chiqarishining
progressivlik, ya’ni taraqqiyparvarlik darajasi anchagina o’sdi. Bunday rivoj fan-
texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlar – yoqilg’i, rangli metallurgiya,
mashinasozlik, elektrenergetika sanoatining ustuvor o’sishida namoyon bo’ldi.
Sanoat tuzilmasining ilg’orlik darajasi xar qaysi kompleks tarmoq ichidagi
o’zgarish bilan belgilanadi. Sanoatning u yoki bu tarmog’i ulushi o’zgarmasligi,
hatto kamayishi ham mumkin, Lekin bu tarmok ichidagi qoloqlikdan darak
bermaydi. Buni O’zbekiston kimyo va neftьkimyo sanoati misolida ko’rish mumkin.
Tarmoqlarning fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ustuvor rivojlanish
tendentsiyasi 2015-2020 yillarda xam ko’zga tashlanadi. Bu davr rivojlanish
dasturida sanoat ishlab chiqarishining tuzilmasini takomillashtirish, undiruvchi va
qayta ishlovchi tarmoqlarning rivojida balanslikni ta’minlash milliy iqtisodiyot va
fan-texnika tarakqiyotini belgilaydigan raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni
kuchaytirish ko’zda tutilgan.
Sanoatning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rivojini aniqlash turli iktisodiy
mutanosibliklarni belgilash va ularga e’tibor berishini talab qiladi. Bunday
mutanosibliklar tarmoq tuzilmasini bashoratlashda inobatga olinadi.
Sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini rejalashtirish va bashoratlash quyidagn
asosiy masalalarni xal qilishga qaratilishi kerak:
-bozor iqtisodiyoti talablari, xalq xo’jaligi va aholining ayrim mahsulot
turlariga bo’lgan talabini qondirishni hisobga olgan holda umuman sanoat va uning
har qaysi tarmog’ining rivojlanish sur’atini belgilashni;
-ilg’or ishlab chikarish tarmoqlarini aniqlash, ular taraqqiyotini tezlashtirish
uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalari va materiallarni birinchi navbatda
ajratishni;
-sanoat tuzilmasida ustuvor o’zgarishlarni ko’zda tutish lozimki, har qaysi
bunday o’zgarishlardan ham biri ijtimoiy ishlab chiqarishning eng yukori
samaradorligini ta’minlasin;
- xalq xo’jaligining umumiy mutanosibligi har qaysi sanoat tarmog’i
taraqqiyotining tengligi bilan bog’lashni talab etadi.
Tarmoq tarkibining mamlakat miqyosida qulaylashuvi yuqori sur’atda iqtisodiy
rivojlanishni, aholining turmush darajasini oshirishni hamda mahsulot ishlab
chiqarish xara-jatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. CHunki bu, ishlab chiqarishning
darajasi va yakuniy — provard mahsulotning ku-payishiga, umuman ijobiy
strukturaviy siljishlarga sabab bo’ladi. Demak, tarkibiy o’zgarishning o’zi ishlab
chikarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o’sishining qo’shimcha omili
sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |