3-mavzu. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar Reja


Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi



Download 46,34 Kb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi46,34 Kb.
#740065
1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoql iqtisodiyod - kecki

2.Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi.
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to’g’risida so’z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi Uzbekiston hududida ,,uy sanoati`` ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam-meozolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, tukimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan kurol yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma’lum bulishicha,miloddan avvalgi 3- ming yillikning oxiridayok Hozirgi Uzbekiston hududida yashagan aholi misdan kurol yasashni bilgan.
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik urtalari, V asr) davrida mehnat qurollari yasash jarayonining tarakkiy etishi, metallga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilik yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq kuchayishiga olib keladi.

Feodalizm tuzumining boshlarida (VII-VIII asrlarda) Farg’ona bilan Sug’da oltin, mis, temir, Iloqda ko’rg’oshin, kumush, oltin, Shaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.


ix
x asrda Samarqand sifatli qog’ozi va lampa shishasi bilan mashxur bo’lgan, shosh viloyati konchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. Usha davirda o’rta Osiyodan sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo’li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyem-kechak chiqarilgan.
xi
xii – XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o’rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o’zgarishlar ro’y bermagan.

XIV asirning 2- yarmida Amit Temur Samarqandda hokimiyatni qo’lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga yo’l ochildi. 15- asrning oxiriga kelib Movaraunnaxrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putr yetadi va rivojlanish tuxtab qoldi.

XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklarning vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan (https://azkurs.org/tariff-plans-available-in-uzbekistan-uz-docx.html), sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy tax’sir kursatdi. XIX-asrga kelib Turkistonda xunarmandchilikda yogoch va metall uymakorligi, idishga naksh solish, matolarga gul bosish, kurollarni badiiiy bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida Uzbekiston hududiga tarakkiyot tezlashdi sanoat, ayniksa ip gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida kuplab paxta tozalash, yog-moy zavodlar kurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektro stansiyalar kurila boshladi. Birinchi

bo’lib Toshkent yakinida kurilgan Buzsuv gidroelektrstansiyasi 1926 yil 1- mayda ishga tushirildi.



Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Termiz va Asaka shaxarlarida issiqlik sitansiyalari va kurila boshlandi. Bunday elektirastansiyalar soni 1930 yilda 30 ga yetdi. Usib borayotgan energitka bazasi bir kancha yangi sanoat korxonalari kurishga imkoniyat yaratd.
Ikkinchi jaxon urushigacha Bu yerda: 500 dan ortik sanoat korxonalari, jumladan, « Tashselmash», Toshkent tukimachilek kombenati, Chirchik elektrokimyo kombenati, Kattakurgon yog zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va rangli nodir metallar kazib chiqarish, kurilish sanoat mahsulotlarini tayorlash rivoj topdi.
Urush boshlanishi bilan Respublika xalk xujaligi, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi xarbiy maqsadlarga karatildi. Buerda nemis fashistlari egallb olgan hududlardan 100 ga yakin sanoat korxonalari kuchirib keltirildi va ular kiska vakt ichida tula kuvvat bilan ishlay boshladi. 1941- 1945 yillar davomida Respublikang industrial tarakkiyoti GIS lar kurush bilan energitika bazasini kuchaytirish, qishloq xujaligi, aholii va front extiyojlarini kondiradigan zavod va fabrikalarni kurish yulidan bordi. Bu davirda 280ta yirik, urta va kichik korxonalar kurilib, ishga tushirildi. Natijada Uzbekiston armiyaning sanoat asloxaxonalaridan biriga aylandi.
Urushdan keyingi yillarda ham sanoat tarakiyotiga e’tibor karatilgani sababli uning bir kancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi (sanoat, q. x., transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h.k.). Xususiy mehnat taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (qarang x. da dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish, ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subʼyekti doirasida boʻladigan mehnat taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi qismlarini i.ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixida birinchi yirik I.m.t. mehnat unumdorligining oʻsishi bilan bogʻliq boʻlib, uning natijasida jamiyatda faqat aqliy yoki jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan kattakatta guruhlar, sinflar (mas, qullar va quldorlar) ga boʻlinish vujudga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi asosida ikkinchi yirik I.m.t. yuz berdi — hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrab chiqdi va bu bilan shaharning qishloqdan ajralib chiqishi boshlandi. Hunarmandchilikning deh-qonchilikdan alohidalashuvi natijasida tovar i.ch. yuzaga keldi. Ayirboshlashning kuchayishi bilan uchinchi yirik I.m.t. — savdoning sanoatdan ajralishi yuz berdi.
Mashinalashgan industriyaning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan I.m.t. da sanoatning mavqei oʻsib va yanada chuqurlashib bordi. Kapitalizmning rivojlanishi xalqlarning xoʻjalik yuritishdagi yaqinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotining paydo boʻlishiga sharoitlar yaratdi. Jahon hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti I.m.t. ning hozirgi davrdagi eng takomillashgan va barcha mamlakatlarni qamraydigan shaklidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiya I.m.t. asosida vujudga kelib, iqtisodiy qoloklikni va xoʻjalik taraqqiyotidagi biryoqlamalikni bartaraf etish va farovonlikni koʻtarishga xizmat qiladi qarang Mehnat taqsimoti I.m.t. iqtisodiy qonun boʻlib, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangilari vujudga kelib, ixtisoslashuv yuz beradi va uning unumdorligi ortib boradi. Mehnat taqsimoti va uning asosida ixtisoslashuv natijasida mahsulot ayirboshlash yuz beradi, uning rivojlanishi esa bozor munosabatlarining shakllanib, rivojlanishiga olib keladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma`lum buyum va mahsulotlari shlab chiqarish hajmining o`sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning kontsentratsiyala­shuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to`g`risida so`z borganda, shuni aytish kerakki, u tufayli xo`jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari ko`payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham va faqat mahsulot ishlab chiqarishnigina emas, hatto mahsulotni iste`mol qilishga tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog`iga aylantirishdan iborat.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro`y beradi. Xalq xo`jaligining yirik sohalari, ya`ni sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir.


Download 46,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish