qilinglar va sadoqatlilar bilan bo‘linglar» («Tavba» surasi, 119-oyat) deb,
musulmon ahli sadoqatli bo‘lishga chaqirilgan.
Islom ta’limotida vafodorlik va sadoqat o‘zaro hamohang iboralar bo‘lib
hisoblanadi. Vafo — eng ulug‘ insoniy fazilat. Bu fazilatga ega bo‘lganlar
«Qur’on»i Karim”da: «Ular shunday kishilarki, omonatlariga va ahdlariga rioya
qiladilar» («Mo‘minun» surasi, 8-oyat) deb tariflanadi.
Vafo hayotda obro‘-e’tibor va muvaffaqiyatga sabab bo‘luvchi fazilatdir.
Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt-saodatni orzu qilgan har bir jamiyat, xalq,
oila, inson uchun zaruriy xislatdir. Uni avaylab saqlab va yanada barkamol etish
lozim. Bu esa xalqimizda milliy qadriyatlar, oila muqaddasligi islomdan
oziqlanishdan dalolat beradi.
“«Qur’on»i Karim”da aytiladiki: «Parvardigoringiz dillaringizdagi
sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (yani ota-
onalaringizning huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar), albatta, Alloh
bilmasdan qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur. Zero, u tavba qiluvchi-larni
mag‘firat etuvchi bo‘lgan zotdir» («Al-Isro» surasi, 25-oyat).
“«Qur’on»i Karim”dan keyin mo‘tabar sanalgan Muhammad sallollohu
alayhissalomning Hadisi Shariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy
jihatdan barkamolligi, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, o‘zaro ahil bo‘lish,
mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqat, poklik kabi insoniy
sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan.
Hadisi-sharifda «Topilgan molning eng tozasi (pokizasi) kishining peshona
teri bilan topilgan mol va beg‘irrom halol savdodan topilgan pulidir»2 . Har bir
odam, agarda ko‘ngli tinch, hayoti saodatli bo‘lishini istasa, u baxil bo‘lmasligi,
ko‘ngilsiz holatlarga uchramaslikka harakat kilishi kerak. Alayhissalom
aytadilarki, «Diling yumshab, hojating ravon bo‘lishini xohlaysanmiq Yetimga
rahm kil, boshini sila, ovqatingdan yedir, shunda diling yumshaydi va hojating
chiqadi»3 .
Muhammad alayhissalom kishilar-ni ogohlantirib: «Kishining olijanobligi
— dinidir. Muruvvati — aklidir. Uning nasabi esa xulqidir»deydilar va kishilarni
olijanob, muruvvatli va yaxshi xulkli bo‘lishga chaqiradilar. «Kimki o‘zini katta
olsa, yurishida o‘ziga bino qo‘ysa, oxiratda Allohning g‘azabiga uchraydi»deb
ogohlantiradilar.
Kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilatlardandir. Kamtarlik insonning
madaniyati, odamiyligi, mard-ligi kabi xislatlar bilan belgilanadi. Insonning
kamtarligi, avvalo uning mehnatida namoyon bo‘ladi. Kamtar kishida havoi-nafs,
g‘urur, manmanlik bo‘lmay-di. U odob-axloqli, mehr-shafqatli bo‘ladi. Ishida,
so‘zida qatiy turadi. Albatta bu insoniy fazilat, mazmun, mohiyati va uni uni
shakllantirish pedagogikaninng bugungi kundagi dolzarb muammosi. Lekin
tasavvuf ta’limotida, uning asosi «Qur’on» va hadislarda inson ma’naviy
go‘zalligini ifodasini o‘rganish pedagogika tarixi va din tarixining hamkorligiga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: