sallollohu alayhissalomning Hadisi Shariflarida ilm inson kamolotining negizi,
ezgulik va poklik insonlarni turli ofatlardan saqlovchi vosita sifatida izohlanadi.
Ilm—ulug‘ hikmat, ilm—iymon, e’tiqod. Demak,
din asosini, «Qur’on»i
Karimning mazmuni va mohiyatini bilish, anglash uchun ham ilmli bo‘lish, uni
mukammal egallash kerak. «Bir soat ilm o‘rganish
kechasi bilan ibodat kilib
chiqqandan afzaldir»
4
5
.
Muhammad alayhissalom kishilarni: «Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham
borib o‘rganinglar»
1
deb davat qiladilar. Keng qalbli har bir ilm ahli insonlar
hurmatiga sazovor va u qilgan savobli ishlardan barcha kattayu kichik bahramand
bo‘ladi. Shu bois Muhammad alayhissalom quyidagilarni ko‘p marta ta’kidlagan
edilar: «Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa,
hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so‘rab istig‘for aytadi» . Rasululloh tolibi
ilmlarga murojaat etib: «Olim bo‘l (ilm beruvchi bo‘l) yoki o‘rganuvchi bo‘l, yoki
tinglovchi bo‘l, yoki ilmga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma,
halok bo‘lasan» deganlar.
Inson o‘z irodali ega bo‘lishni va g‘azab kelganda
uni boshqara bilishni
qahramonlik belgisi, «G‘azab» kelganda uni bosa oladigan kishi eng kuchli
odamdir» jamiyatda axloqiy taraqqiyotni ko‘zlagan har bir kishi o‘z
irodasini
o‘ziga bo‘ysundirmog‘i lozim yekanligi ko‘rsatilgan. Umuman, islom ta’limoti
musulmon olami tarixi, ma’naviyati va ilm-madaniyati, axloqiy rivojida juda katta
o‘rin tutgan ta’limot.
Muhammad s.a.v hadislarida «Kishi o‘z bolasiga odobdan ko‘ra afzalroq
narsa ato etolmaydi» halol mehnat haqida hadislarida dehqonchilikni ulug‘lanadi
«Dehqonchilik bilan shug‘ullaninglar. Dehqonchilik muborak kasbdir » deydilar va
musulmon ahlini ekin ekishga, mevali daraxtlar o‘tqazishga davat etiladi va «Qaysi
bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tqazsa, so‘ng
uning mevasidan qush
yoki hayvon yesa, uning ekkanidan eyilgan narsaning
har biridan unga sadaqa
savobi
yoziladi»
degan
hadis
islom
ta’limotining
naqadar
insonparvarligidandalolatdir.
«Ishni puxta va yaxshilab qilgan kishini Alloh yaxshi ko‘radi» deb, insonni
sidqidildan mehnat qilishga chorlaydilar. «Kimki halol rizq istab mehnat qilib,
charchab uxlasa, shu kechani mag‘rifat qilingan holda o‘tkazibdi» deyiladi. Zero,
dehqonchilikning ulug‘ nemati, insonlar rizq-ro‘zi bo‘lgan nonni e’zozlashga davat
qilib: «Kimki dasturxondan tushgan ushoqlarni terib yesa, mag‘firat qilinadi» deb
ezgulikka chaqiriladi .
«Qur’on»i Karimda ilmga katta e’tibor berilgan va «ilm» so‘zi 765 o‘rinda
tilga olib o‘tiladi. Ilm o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan
murod
mansab emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng
xalq va Vatan
oldidagi burchni ado etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: