3-Mavzu: Numizmatika fani, shakllanishi va taraqqiyoti. G‟arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/40
Sana03.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#315134
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
3-mavzu ma'ruza matni

Xorazmshohlar  tangalari. 

Xorazmda  Anushtaginiylar  sulolasi  vakillari 

Muxammad ibn Takash davrida muntazam ravishda tangalar zarb qilingan. Sulton 

nafaqat Xorazmda balki Samarqand, Buxoro, O‗zgan, Marv shaharlarida, ham mis, 

kumush, va oltin tangalar zarb qildirgan. Xorazmshoh Muhammad ibn Takash zarb 

ettirgan tangalar Markaziy Osiyoning barcha hududlaridan topilgan. 



Mo‟g‟ullar  tomonidan  zarb  qilingan  tangalar.

Markaziy  Osiyo  XIII 

mo‗g‗ullar tomonidan istilo qilindi. Mo‗g‗ullar Markaziy Osiyoni zabt etgach, ular 

savdo muomalasida oldingi sulolalar davrida zarb qilingan tangalardan foydalandi. 

Ammo  tez  orada  Chingizxon  hamda  halifa  Nosirning  ismi  yozilgan  tangalar 

Samarqand  va  Buxoroda  zarb  qilina  boshlandi.  Har  ikkala  shaharda  ham  kumush 

dirhamlar,  Samarqandda  vaqti-vaqti  bilan  dinorlar  zarb  qilingan.  Agar  dinorlar 

keng muomala uchun zarb qilingan bo‗lsa, dirhamlar esa o‗sha tanga chiqarilgan 




viloyat  aholisi  uchun  mo‗ljallangan  edi.  Bu  hol  o‗sha  tangalarga  bitilgan 

yozuvlardan  ayon  bo‗ladi.  XIII  asr  oxirlarida  Chig‗atoy  ulusida  yuqori  sifatli 

kumush tangalar  muntazam  chiqarila  boshlandi, bu  bilan  kumush  inqiroziga  chek 

qo‗yildi.



 

XIV  asr  boshlarida  Chig‗atoy  tanga  turkumi  shakllanib,  u  mo‗g‗ullar  zarb 

etgan  tangalardan  tubdan  farq  qilgan.  Tanganing  old  tomoniga  islomiy  e‘tiqod 

ramzi  va  halifalar  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Ali  ismlari  keltirilgan.  Tanganing 

reversida  podsho,  zarbxona  nomi  va  sanasi  tushirilgan.  XIII-XIV  asrdagi  tanga 

yozuvlarida  avvalgidek  arab  tili  hukmronlik  qilgan,  ba‘zan  uyg‗ur  yozuvdagi 

mo‗g‗ul matnlari berilgan. Samarqandning XIII asr dirhamlarida, forsiy va ba‘zida 

turki  matnlar  arab  yozuvida  berilgan.  XIII  asr  Buxoro  tangalarining  noyob 

nusxalarida  xatto  xitoy  ierogliflari  uchraydi,  bu  vaqtda  Buxoro  noibi  xitoylik 

bo‗lgan. 

Xulagular davlatida XIII asr oxirida pul islohoti o‗tkazilib, unga ko‗ra oltin va 

kumush  tanga  zarb  etish  va  muomalada  yuritish  man  qilingan.  Uning  o‗rniga 

―ChAO‖  –  qog‗oz  pul  chiqarilgan.  Xitoyda  qog‗oz  pul  bir  necha  asr  ya‘ni  VII 

asrdan buyon mavjud edi. Xulagularda savdo-sotiq to‗xtab qoldi, xo‗jalik faoliyati 

izdan  chiqdi,  natijada  hukumat  tez  orada  tanga  zarb  etishga  majbur  bo‗ldi. 

O‗ylamay o‗tkazilgan islohot inqirozga yuz tutdi.     

1225  yili  Samarqandda  zarb  qilingan  dirhamlar  diqqatga  sazovordir. 

Mo‗g‗ullar istilosidan keyin dirhamlarda diniy mafkura ko‗rsatilmagan, gorizontal 

yozuvlar, hoshiyalar yo‗q edi. Tangalarning aversida ―Samarqand‖ so‗zi bitilgan, 

yozuvlar to‗g‗ri to‗rtburchak ichiga joylashtirilgan. Tanga zarb qilingan vaqti uch 

marta  qayta  yozilgan.  Tanganing  aversida  va  ikki  tanga  reversida  zarb  qilingan 

sana  ko‗rsatilgan.  Ammo  yozuvlardan  biri  ajablanarlidir.  Unda  ―



Bu  tanga 

Samarqand  va  uning  viloyatlarida  o‗tadi

‖  deb  yozilgan.  Aholi  kumush  suvi 

yuritilgan  mis  dirhamlarni  olishdan  bosh  tortar  edilar.  Shuning  uchun  ham 

Samarqandda tezlikda haqiqiy kumush tangalar zarb qilindi. Buxoroda ham ahvol 

shu 

tarzda 


edi. 

Movarounnahrning 

boshqa 

viloyatlarida 

mo‗g‗ullar 

hukmronligining  birinchi  o‗n  yilligida  umuman  tangalar  zarb  qilinmadi.  Bunday 

ahvol  uzoqqa  cho‗zilishi  mumkin  emas  edi.  Savdo-sotiq  ishlari  mo‗g‗ullar  bosib 

olgan vaqtdagi darajaga еtmasada, muomala vositalariga muhtoj edi. 

1252  yil  Munkaxonning  O‗rta  Osiyodagi  hukmronligi  davrida  xorazmlik 

savdogar  Mahmud  Yalovochning  o‗g‗li  Ma‘sudbek  Markaziy  Osiyo  hududida 

savdoni  rivojlantirib,    doimiy  ravishda  dinorlar  zarb  qilishni  boshlab  yubordi.  Bu 

davrda  dinorlar  Buxoro,  Samarqand,  Xo‗jand,  O‗tror,  Damashq  zarbxonalarida 

chiqarila  boshlandi.  Zarb  qilingan  dinorlarning  60  %  ni  sof  oltin  tashkil  etardi. 

Ammo  dinorlar  turli  kattaliklarda  bo‗lgani  uchun  savdo  vaqtida  ularni  kichik-

kichik  bo‗laklarga  bo‗lishga  to‗g‗ri  kelardi.  Ma‘sudbek  o‗tkazgan  pul  islohoti 



o‗zini  oqladi.  Bu  davrda  oltin  dinorlar  bilan  birga  kumush  dirham  (kumush  suvi 

yuritilgan mis dirham)larni zarb qilish ham yo‗lga qo‗yildi. Ularni Samarqand va 

Buxorodan tashqari Xo‗jand va O‗tror zarbxonalarida zarb etila boshlandi.  Xalq 

Ma‘sudbekning  islohotiga  ishonchsizlik  bildirgan  bir  vaqtda,  xalq  manfaati  va 

erkinligi  uchun  Ma‘sudbek  davlat  muhosiblari  va  zarbxona  ustalariga  xalqni 

aldamaslik, ularni ishonchini oqlash, aks holda o‗lim jazosiga tortishni uqtirgan.  

1282-1283 yillarda Buxoroda ham kumush tangalar zarb qilindi. Bir xil sifat 

va  og‗irlikka  (2  grammga  yaqin)  ega  bo‗lgan  dirhamlar  va  ular  qaerda  zarb 

qilinganligidan  qat‘iy  nazar  butun  mamlakat  hududida  muomalada  bo‗ldi. 

Zarbxonalar  ishga  tushirilib,  ular  soni  16  taga  еtdi;  Bular  Buxoro,  Andijon, 

Qog‗qar, Marg‗ilon, Taroz, Toshkent va h.k.  

1317-1318  yili  Chig‗atoy  ulusida  pul  islohoti  o‗tkazildi.  1321  yili  mo‗g‗ul 

xoni  Kebekxon  o‗tkazgan  pul  islohoti  savdoni  rivojlantirish  uchun  yanada  qulay 

imkoniyat  yaratdi.  Kebekxon  davrida  kumush  suvi  yuritilgan  avvvalgi  mis 

dirhamlarni ishlatish man qilinib, shu davrdan e‘tiboran yagona namuna bo‗yicha, 

og‗irligi  1,4  grammga  yaqin  bo‗gan  kumush  dinorlar  chiqarila  boshlandi.  Kebek 

nomi  bilan  zarb  qilingan  yangi  katta  dirhamlar  Buxoro  va  Samarqandda  zarb 

qilinib, uning qiymati 6 ta (bir kumush tanga 6 ta dirhamga to‗g‗ri kelardi) kichik 

dirhamga teng edi. Xulagular davlatidan Oltin O‗rdagacha bo‗lgan hudud yagona 

pul birligiga o‗tkazilib, og‗irligi 8 gr bo‗lgan katta kumush dirhamlar zarb etildi.     

Mo‗g‗ullar  davrida  O‗rta  Osiyoda  zarb  qilingan  tangalarda  hokimning  ismi 

ko‗rsatilmagan bo‗lsada, Kebek va uning ukasi Tarmashirin davrida zarb qilingan 

tangalarda  ―

Ulug‗larning  ulug‗i  adolatparvar  xoqon

 

(yoki  sulton)‖

  deb 

yoziladigan  bo‗ldi.  Mo‗g‗ullar  istilosidan  to  Amir  Temurning  taxtga  o‗tirishiga 



qadar  o‗tgan  yuz  ellik  yil  davomida  Markaziy  Osiyoda  zarb  qilingan  tangalarda 

umumiy yagona belgi mo‗g‗ullarning tamg‗asi bosildi.                    




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish