3-Mavzu: Numizmatika fani, shakllanishi va taraqqiyoti. G‟arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja


Amir Temur va temuriylar davri tangalari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana03.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#315134
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
3-mavzu ma'ruza matni

Amir Temur va temuriylar davri tangalari. 

XIV-XV asrlarning ikkinchi yarmida jahonning tarixiy maydonida siyosat va 

sarkardalik dahosi Sohibqiron Amir Temur tomonidan davlat tuzildi.  

Amir  Temur  yirik  bek  va  amirlarning  mamlakat  parokandaligiga  qarshi 

kurashib,  Markaziy  Osiyoni  yagona  davlatga  birlashtirdi.  Shuningdek, 

Afg‗oniston,  Eron,  Iroq,  Hindiston,  Kavkaz  orti,  Anatoliya  va  Suriya  xalqlarini 

yagona  saltanatga  birlashtirib,  uni  35  yil  davomida,  ya‘ni  1360  yildan  1405 

yilgacha boshqardi.  

Amir  Temur  pul  tizimining  boshlanishi  Chingizxonning  birinchi  avlodlariga 

to‗g‗ri keladi, qachonki tangalarda - pul, tanga, 



sommolar

 kabi pul - qiymati birligi 

nomlari  paydo  bo‗la  boshladi.  Bu  nomlar  hozirgi  davrgacha  saqlanib  qolgan  va 

Markaziy  Osiyodagi  bir  qator  yangidan  tashkil  bo‗lgan  davlatlarning  milliy  pul 

birligini belgilamoqda.  



Amir  Temur  tomonidan  yagona  va  hamma  uchun  majburiy  pul  siyosati 

o‗tkazilib u doimo o‗zining shaxsiy nazorati ostida bo‗lgan. Ma‘lumki, 1393 yilda 

Jaloyir G‗iyosiddin Ahmaddan (1382-1410) kelgan elchilarni qabul qilishda, Amir 

Temur o‗z qaramog‗ida bo‗lgan hududda o‗zi uchun ―xutba‖ namozini joriy etishni 

va uning nomi bilan tangalar zarb etishni qat‘iy talab qilgan.  

Yagona  pul  siyosatini  o‗tkazishda  Amir  Temur  to‗rt  muhim  tamoyilga  amal 

qildi:  

1. Pul siyosatiga, uning tomonidan davlatning iqtisodiy asosini muhim belgisi 

sifatida qaralgan. Yagona pul siyosati ichki savdoni rivojlantirib, yaxlit ichki bozor 

tashkil qildiki, u Amir Temur saltanatini bir butunligini ta‘minladi.  

2.  Amir  Temur  pulni  saltanat  birligining  muhim  siyosiy  vositasi  sifatida 

ishlatgan.  Misol  uchun,  Shemoxa  va  Hamadondagi  Sulton  Mahmud  nomi  bilan 

bitilgan  yangi  tanga  turlarini  joriy  etishda,  ularning  namunasi  sifatida  bozorda 

mavjud  bo‗lgan,  ammo  Amir  Temurga  bir  necha  marotaba  xiyonat  qilgan  Jaloir 

Ahmad  tangalari  emas,  balki  1381  yilda  vafot  etgan  va  Amir  Temurga  sodiq 

bo‗lgan  uning  akasi  Jaloliddin  Husayn  tangalari  olingan.  Bu  esa  o‗z  navbatida 

hamma  joyda  shuni  bildirishi  kerak  ediki,  Amir  Temur  Movarounnahrga 

qaytganidan so‗ng uning hukmdori va o‗rinbosari bo‗lib, bu еrda taxt vorisi qoladi. 

3.  Pulga,  asosiy  to‗lov  vositasi  sifatida,  Amir  Temur  tomonidan  tashqi 

savdoni  rivojlantirishdagi  asosiy  omil  sifatida  qaralgan  shuning  bilan  birga 

Sohibqiron  ko‗pgina  hunar  turlarini  rivojlantirishda  va  ularning  ishlab  chiqarish 

hajmlarini  oshirishda  aynan  pul  birligiga  katta  e‘tibor  bergan.  Ushbu  hol  o‗z 

navbatida  Amir  Temur  davlatining  iqtisodiy  qudratini  oshirishga  ta‘sir  etgan. 

Vizantiya,  Venesiya,  Genuya,  Ispaniya  va  Fransiya  kabi  Yevropa  davlatlari  bilan 

iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Amir Temurning 

harakatlari  uning  pul  muomalasi  masalasida  ko‗pni  ko‗ra  oladigan  hukmdor 

sifatida  ko‗rsatadi.  Amir  Temur  davlatining  ijtimoiy  rivojlanishida  saltanatning 

yirik  shaharlari  bo‗lgan  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Qashg‗ar,  Dehli,  Hirot, 

Isfaxon,  Tabriz,  Boku,  Tiflis,  Bag‗dod,  Basra,  Anqara,  Konstantinopol  va 

Damashqdan o‗tgan ―Buyuk ipak yo‗li‖ qanday muhim o‗rin tutgan.  

4.  Pul  zarb  etishda  turlicha  o‗zboshimchaliklarni  kamaytirish  zarurligi, 

―pullarning buzilishi‖ni istisno qilish, qaysiki haqiqiy bo‗lgan (zarb etilgan) pullar 

bilan  muomala  qilishdan  chetlashtiradi.  Amir  Temur  pul  siyosatini  o‗tkazishdan 

oldin  savdogarlar  o‗zining  mahsulotini  sotish  o‗rniga,  tilla  va  kumush  tangalarini 

olib-sotish  bilan  shug‗ullanar  edi.  Ular  tangalari  yuqori  sifatda  bo‗lgan 

viloyatlardan  tangalarni  sotib  olib,  tangalari  yomon  sifatda  bo‗lgan  viloyatlarda 

sotishar  edi.  Bu  esa  o‗z  navbatida  davlat  xo‗jaligini  rivojlanishiga  salbiy  ta‘sir 

ko‗rsatar edi. 




Davlatlar  va  xalqlar  birligini  bildiruvchi  Amir  Temur  saltanati  o‗zida  ko‗p 

sonli  mis,  kumush  va  oltin  tangalarni  bosib  chiqaruvchi  pul  zarb  xonalarining 

mavjud bo‗lishiga sharoit yaratib berdi. Kumush tangalarning o‗zini 40 dan oshiq 

tanga  chiqaradigan  zarbxonalar  bo‗lgan.  Ular  qatoriga  Astrobot,  Astara,  Boku, 

Bag‗dod,  Bashiyan,  Hirot,  Darband,  Yazd,  Isfaxon,  Kushon,  Kirmon,  Qum, 

Mordin,  Mahmudobod,  Mashhad,  Save,  Samarqand,  Sultoniya,  Tabriz,  Xorazm, 

Shabanqora,  Sheroz,  Shumoq,  Shayx  Abu  Ishoq  kabi  yirik  shaharlardagi  pul 

zarbxonalari kiradi. 




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish