3-Mavzu. Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi. Reja


Abraxam Maslou (1908 yil, 1 апрел)



Download 1,42 Mb.
bet11/17
Sana01.11.2022
Hajmi1,42 Mb.
#859135
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
3 mavzu

Abraxam Maslou (1908 yil, 1 апрел)
Hozirgi zamon menejmenti Maslou tomonidan yuqorida ko`rsatilgan talablarga berilgan baho va shu bilan birga taklif qilgan talablarni qondirishni qurol sifatida ishlovchilarning unumli faoliyat sharti deb o`z qo`liga oldi. Uning fikricha taraqqiy topgan davlatlarda jismoniy talablar va birinchi, ikkinchi, uchinchi saviyalar kafolatli qondirilgan.

Shunday ekan, menejmentning vazifasi – insonning ishini shunday tashkil qilish kerakki, unda yuqoriroq saviyalardagi talablari ham to`laligicha qondirilsin. Muammo izlanuvchilari bu kabi ish tashkil qilinishida mehnat unumdorligi 5%dan 40%gacha olishlari mumkin.



Inson resurslari nuqtai-nazarining yorqin vakillari qatoriga amerikalik olim Duglas MakGregor (1906-1964) kiradi. Duglas MakGregor «inson munosabatlari» maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o`z mehnatiga ikki xil munosabatda


bo`lishi mumkinligini inobatga olib, ikki jildlik «X» va «U» nazariyasini yaratadi.
«X» nazariyasi muallifning fikri bo`yicha boshqaruvga an`anaviy yondashuvni – ma`muriy buyruqbozlik jarayonini aks ettiradi.

Bu nazariyaga ko`ra, namunaviy yollanma xodim – tabiatan yalqov bo`lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo`yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas`uliyat sezish, fahm-farosat yetishmaydi.


Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo`rqitib turish zarur.
Duglas MakGregorning fikricha bu kabi boshqaruv nazariyasiga qarama-qarshi bo`lib, «U» nazariyasi turishi kerak. Yollanma ishchi tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o`z zimmasiga mas`uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o`z maqsad va manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo`lgan.


Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.


Albatta har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko`rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o`zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san`at ekanligi ana shu ikki jihatni uyg’unlashtiradi. Agar kengroq fikr yuritadigan bo`lsak, unda MakGregorning «U» nazariyasini inson resurslari boshqaruvining nuqtai-nazarini, hamda inson axloqiy ta`lim umumiy nazariy qoidalarining aks etishi deb tushunish mumkin. Bu masalaning oxirgi natijasi sifatida 60-yillarda sotsiolog Donal’d Neytingeylning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: menejerlar iqtisodiy masalalarning ustivorligi to`g’risida g’amxo`rlik qilishlari shunday moddiy farovonlik andozalarini bunyod etdiki, ulardan biz hozirgi kunda foydalanmoqdamiz. Bularning hammasiga juda katta boyliklar evaziga erishilgan. Axloqiy fanlar ta`limiga 50-60 yillarda uyg’ongan qiziqish shunchalik ulug’ ediki, u o`sha davr boshqaruv tizimining deyarli hamma sohasini qamrab olgan edi. Shundan keyin boshqaruv ta`limida yangi yo`nalishlar davri keldi. Mana 20-25 yil o`tsa ham bu ta`lim g’oyasi, inson munosabatlari ta`limi kabi yana zamonaviy jamiyat ishlab chiqarishning taraqqiyoti, yangi davrda ustivorlik holatini egalladi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish