2. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish maqsadi va tamoyillari
Tadbirkorlikning istalgan boshqa sohasida bo’lgani kabi ko’chmas mulkni boshqarishda ham o’ziga xos aniq shakllantirilgan maqsadlar mavjud bo’lib, ular:
istalgan boshqaruv harakatining boshlang’ich nuqtasi;
tadbirkorlik faoliyati natijalarini baholash mezonini yaratishning asosi;
muammolar – ko’zlangan va erishilgan holatning mos kelmasligi – va yangi yechimlarni ishlab chiqishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy ko’rinishda maqsad – bu kelajakdagi ko’zlangan holat yoki inson tomonidan yo’naltirilgan harakatlar jarayonida yoki tugallanishi bilan erishilgan natijalar yig’indisidir. Maqsad motivlar asosida paydo bo’ladi va mehnat orqali qondirilishga yo’naltirilgan ehtiyojlar shaklida namoyon bo’ladi.
Motiv – bu ichki psixik holat bo’lib, u insonni turli xil ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan faoliyatga undaydi. Istalgan motivning tarkibi uning strukturasini namoyon qiladi va u o’z ichiga quyidagilarni oladi:
inson qondirishni hohlaydigan ehtiyojlar;
tegishli ravishda ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan boylik (ne’mat);
boylik (ne’mat) orttirish uchun zarur bo’lgan mehnat faoliyati;
mehnat faoliyati bo’yicha moddiy xarajatlar va ma’naviy sarflar.
Maqsad quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
tashabbuslar – harakat qilishga intilishni yaratuvchi, mavjud va ko’zlangan holatlarning taqqoslanishi;
boshqaruv vositasi – rahbarlik talabi, harakatlar xo’jayini;
qaror qabul qilish mezoni – ma’lumotlarni baholash va alternativalarni tanlash;
muvofiqlashtirish – qo’yilgan maqsadlarga muvofiq ravishda qaror qabul qiluvchi barcha shaxslar o’rtasida nizolarsiz munosabatlarni amalga oshirish;
nazorat – oxirgi natijalar bo’yicha boshqarish tizimida ob’ektiv teskari aloqani ta’minlash.
SHaxsiy yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko’chmas mulk ob’ektlari mulk sifatida sotib olinadi.
Ko’chmas mulkni boshqarish, maqsadlariga ko’ra ikki turga bo’linadi: moliyaviy-iqtisodiy va qiymatsiz (jamoat, xayriya va h.k.).
Boshqaruv maqsadlari quyidagi holatlarda o’zgarishi mumkin:
1. Maqsadlarni ular butunlay oqlanganda yoki erishilgan natija keraksiz bo’lib chiqqanda avvalgi vaqtda amalga oshirish;
2. Tashqi muhitning o’zgarishi – siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va bozor shartlari. Qonunchilik va boshqa omillar.
3. Mulkdor qiziqishlari va istaklari, ko’chmas mulk ob’ekti hayot sikli va boshqalarning o’zgarishi.
Ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish bo’yicha to’g’ri qo’yilgan maqsadlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
o’lchovlilik – maqsadlarga erishish darajasining miqdoriy va sifitiy baholanishi (qiymat va noqiymat o’lchov birliklari);
reallilik – imkoniyatlar va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich maqsadga erishish;
aniqlik – tarkib, hajm va vaqtning aniq ifoda etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |