3-mavzu: ko’chmas mulkni boshqarish tushunchasi va asosiy maqsadlari


Ko’chmas mulkni boshqarish maqsadlari



Download 89,03 Kb.
bet6/7
Sana29.05.2022
Hajmi89,03 Kb.
#619327
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 (1)

3. Ko’chmas mulkni boshqarish maqsadlari

Ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish tizimini takomillashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak:



  • ko’chmas mulk ob’ektlarining daromadliligini imkon qadar oshirish;

  • respublika ko’chmas mulk ob’ektlaridan foydalanish jarayonida davlatning o’z ijtimoiy vazifalarini samaraliroq bajarish;

  • ko’chmas mulk ob’ektlaridan foydalanish hisobiga iqtisodiyotning real sektorini stimullash;

  • tadbirkorlarni ko’chmas mulk ob’ektlari haqidagi maksimal darajada oddiy va qulay ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish jarayonida korrupsiya uchun mavjud bo’lgan imkoniyatlarni yo’q qilish;

  • qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni xo’jalik aylanmasiga jalb qilish.

Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun:
a) qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni o’z ichiga oluvchi ko’chmas mulk ob’ektlarining miqdoriy, qiymatiy, texnik va huquqiy tavsiflarini qamrab oluvchi davlat ko’chmas mulkining to’liq reestrini shakllantirish;
b) ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash va muvofiqlashtirish;
v) Ob’ekt bir butunlikni tashkil qilgan holatida, uning bir qismini boshqasidan ayro holda tasarruf etish imkoniyatini cheklagan holda, boshqaruv ob’ektlarini shakllantirish;
g) qaysi holatlarda va qanday huquqiy asoslarda yer uchastkalarining berilishini belgilash. Tijorat tashkilotlariga yer uchastkalari egalikka yoki ijaraga berilishi kerak, bu yerdan foydalanish hisobiga byujet daromadlarini oshiradi va tashkilotlarni ular tomonidan egallangan yer uchastkalarining o’lchamlarini optimallashtirishga stimull beradi. Doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi asosidagi yer uchastkalari faqatgina byujetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga va fuqarolarga notijorat maqsadlarda foydalanishga beriladi;
d) ko’chmas mulkdan foydalanishda bozor mexanizmini qo’llashni ta’minlash, davlat ko’chmas mulkidan foydalanish uchun olinadigan ijara to’lovlari stavkasini bozorda shakllangan stavkalar asosida muvozanatlash;
e) respubdika mulkini tasarruf etishning turli usullaridan foydalanish imkonini beruvchi, zarur huquqiy bazani yaratish;
j) ko’chmas mulkni maksimal darajada fuqarolik oborotiga jalb qilish, jumladan, investorlarga maksimal imtiyozlar shartlari bilan qurilishi tugallanmagan ko’chmas mulk ob’ektlarini taqdim etish yo’li bilan iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;
z) davlat tomonidan ko’chmas mulk ob’ektlarini harid qilish masalalarini tartibga solish, shu jumladan, mazkur ob’ektlar qaysi maqsadga erishish uchun olinayotganligini aniqlash;
i) xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqidagi ko’chmas mulkdan foydalanishni qat’iy nazorat qilishni belgilash; unitar korxonalardan mulkni begonalashtirishning huquqiy imkoniyatlarini aniqlash (masalan, ko’chmas mulkni noto’g’ri tasarruf etgan holatda);
k) davlat muassalarining ortiqcha, foydalanilmaydigan yoki qo’llanish sohasi bo’yicha foydalanilmaydigan (undan faqatgina muassasa bajarishi kerak bo’lgan vazifalar doirasida foydalanish zarurligini hisobga olgan holda) mulkini aniqlash va olib qo’yish;
l) ko’chmas mulkni samarali boshqarish uchun ko’chmas mulkni boshqarishga (jumladan, inventarizatsiya va baholashga) fuqarolik-huquqiy mexanizmga analog bo’lgan, xarajatlar o’rnini qoplash mexanizmidan foydalanish; ko’chmas mulkni boshqarish bo’yicha organlarga keyinchalik ularni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga o’tkazish bilan vositalarni ajratish me’yorini aniqlash;
m) ko’chmas mulkni sotishning mavjud mexanizmini o’zgartirish, chunki u ob’ektlarni past narxlarda harid qilish imkoni beradi. Bu yo’l bilan ko’chmas mulkni harid qilish huquqi, xususiylashtirish haqidagi qonunchilikka muvofiq, cheklangan doiradagi odamlarga tegishlidir. Sotish narxi bozor bahosiga asoslanib aniqlanishi kerak.
n) kapital bozorininshg barcha sub’ektlari uchun respublika ko’chmas mulkidan (birinchi navbatda, ijaraga beriladigan ob’ektlarga nisbatan) foydalanish bo’yicha, qaror qabul qilishning operativligini ta’minlaydigan, qaror qabul qilishning yagona tartibini o’rnatish;
o) respublika ko’chmas mulkini boshqarishni amalga oshiradigan davlat organlari xodimlarini professional darajada tayyorlashni ta’minlaydi.



Download 89,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish