4. Ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish mexanizmi
Ko’chmas mulk ob’ektlarini boshqarish maqsadlariga ushbu ob’ektlarni tasarruf etish funksiyalarini bitta vedomostga jamlangan holda amalaga oshirish bilan erishish mumkin. Yer uchastkasi (yoki uning ulushlari) va u bilan bog’liq bo’lgan barcha bino va inshootlar (yoki ularning qismlari) dan tashkil topgan kompleks ob’ekt boshqarishning asosiy ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Ko’chmas mulk ob’ektlarini yoppasiga inventarizatsiyalash qo’yilgan maqsadlarga erishishning birinchi qadami bo’lishi kerak. Olingan ma’lumotlar real ko’chmas mulk ob’ektlarining bozor qiymatli tavsiflari haqidagi ma’lumotlarni statistik qayta ishlash usullaridan foydalanish va ularning asosiy tavsiflarini hisoblash asosida ko’chmas mulk ob’ektlarining bozor qiymatida baholashni operativ tarzda o’tkazish imkonini beradi. Davlat mulki reestrlarining ma’lumotlari asosida davlat inventarizatsiya qilingan va baholangan ob’ektlarga bo’lgan o’zining huquqlarini ro’yxatdan o’tkazishi kerak.
Ko’chmas mulk ob’ektlarini tasarruf etish bo’yicha yagona qoidalar va qaror qabul qilish tadbirlarini ishlab chiqish qo’yilgan maqsadlarga erishishning ikkinchi qadami bo’lishi kerak. Ular quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
foydalanishning to’lovli turining so’zsiz ustunligi; ko’chmas mulk ob’ektlarini to’lovsiz berishning holatning aniqlanishi;
yuqori daromadli ko’chmas mulk ob’ektlaridan tijorat maqsadlari foydalanish;
regionda shakllangan bozor narxlari darajasi stavkalaridan past stavkalarda ko’chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berishni ta’qiqlash;
ko’chmas mulk ob’ektlaridan foydalanishdagi imtiyozlarini qisqartirish;
ko’chmas mulk ob’ektlarini foydalanishga topshirish harakatlarining oshkoraligi, bunda barcha qiziquvchi shaxslar uchun ob’ektlar ro’yxati majburiy chop etiladi. Ikkita va undan ortiq da’vogarlar bo’lganda savdolashish talab etiladi;
ko’chmas mulk ob’ektlaridan foydalanish huquqlarini rasmiylashtirish tadbirini engillashtirish va muddatlarini qisqartirish. Ob’ektdan foydalanish uchun bozor bahosida ijara haqini to’lovchi va shartnomaning barcha shartlarini bajaruvchi ijarachilarga belgilangan tartibda subijara berishga ruxsat etiladi;
bozor bahosidan kelib chiqqan holda investitsion shartlar asosida qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni sotish. Bozor bahosi bo’lmagan ob’ektlar davlat manfaatlaridagi investitsion loyihalariga mos keluvchi investorlarga to’lovsiz foydalanishga berilisho’i mumkin;
Quyidagi ko’rsatkichlar boshqarish maqsadlariga erishganlik haqida guvohlik beradi: birinchidan, davlat ko’chmas mulkidan foydalanish evaziga byudjet daromadlarining ko’payishi; ikkinchidan, davlat mulki ijara stavkalarining ijara to’lovi bozor stavkalariga yaqinlashishi. Bu ko’rsatkichlar doimiy nazorat ostida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, huquqiy bazaning o’z vaqtida ishlab chiqilishi va tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, shuningdek, ko’chmas mulk ob’ektlari reestrining to’liqligini ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |