3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O  45  45



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana21.11.2022
Hajmi3,11 Mb.
#869942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
45 
45 
 
 
ga olib kelishi 
mumkin.
Tovar va xizmatlar erkin savdosi globallashuvning muhim jihatidir. Ma’lumki, milliy 
iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlarda 
bо‘lib hisoblanadi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining yaxshilanishi 
orqali iqtisodiy о‘sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam 
bо‘lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitini 
vujudga 
keltirib, 
tovar 
tannarxining 
pasayishini 
ta’minlaydi. 
Globallashuv 
jarayonlari ta’sirida: raqobat kuchayib, mehnat resurslarining ma’lumoti va malakasi, ishlab 
chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda sifatli 
infratuzilmaga talab oshadi. Faqatgina ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab 
chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish 
hamda iqtisodiy strategiyalarni о‘z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud ustuvorliklarni asrab 
qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy о‘sishiga erishish 
mumkin. 
Globallashuv narx-navo va iste’mol tovarlari sifati unifikatsiyasini tezlashtiradi, global 
raqobat esa ularning doimiy takomillashuvini talab qiladi. Iqtisodiy yopiqlik, proteksionizm, 
qolaversa jahon bozorlari global raqobatining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etmasligi 
resurslarning optimal taqsimlanishi va foydalanilishiga tо‘sqinlik qilib, iqtisodiy о‘sish 
sur’atlarini pasaytiradi. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
46 
46 
. Internet va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xо‘jalik subyektlarining faoliyat doirasini 
kengaytirmoqda. Xо‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga 
zarur axborotlarga ega bо‘lmoqdalar. Shuningdek, ular boshqaruv jarayonida yangi sifat 
darajalariga erishish, xо‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif о‘zgarishlariga xos 
qarorlarni о‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatga ega bо‘lmoqdalar. 
Bundan tashqari, 
Globallashuv sharoitida bu kabi jarayonlarning sodir bо‘lishi shubhasiz, о‘tish 
iqtisodiyoti mamlakatlariga tegishli iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo etmoqda. Bu 
vaziyatda milliy iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon xо‘jaligi jarayonlarida ishtirok 
etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu holatda kelib chiqishi mumkin 
3
Фишер Г. Глобализация мирохозяйственных связей: сущность, направления, перспективы. Автореферат
4
Игорь Пугач «Экономическое Обозрение» декабрь, 1998 год.


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
47 
47 
bо‘lgan xavfni ham minimallashtirishdan iboratdir. 
Albatta, aksariyat rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonida munosib siyosat 
yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirishning 
turli chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqdalar.
Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning 
milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishdagi о‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
О‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi 
iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini 
pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bо‘lib hisoblanadi. 
Barqaror iqtisodiy muhitda xususiy mulkchilik iste’molchilar talabiga munosib javob 
beradi, raqobatbardoshlik ustuvorliklariga faol ta’sir о‘tkazadi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan 
qayta qurishga sababchi bо‘ladi, iqtisodiy о‘sish sur’atlariga hamohang faoliyat olib boradi 
hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtiradi. Xususiy korxona rahbari har qanday sharoitda 
faoliyat bilan bog‘liq mas’uliyatni tо‘laqonli ravishda о‘z zimmasiga oladi. Korxonaning 
yuqori daromadli faoliyat yuritishidan birinchi о‘rinda manfaatdor hisoblangan rahbar ichki 
imkoniyatlarni tо‘g‘ri baholash, strategiyani aniq belgilash, kutilishi mumkin bо‘lgan xavfni 
puxta anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda taraqqiyot yо‘nalishi korxona 
salohiyatini tо‘liq anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘lmagan yuqori tashkilotlar tomonidan 
emas, balki bevosita mutasaddi rahbar tomonidan belgilanadi. 
Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng 
samarali va tejamkor holda foydalanilishi xususiy mulkchilikka xos xususiyatlardandir. 
Globallashuvning zamonaviy bosqichida monetar siyosat mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim о‘rin egallaydi. Oqilona monetar siyosat makroiqtisodiy 
barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va 
mustahkamlanishini, qulay investitsiyaviy muhit vujudga kelishini va mamlakatga xorijiy 
investitsiyalarning keng qamrovli kirib kelishini ta’minlaydi. Shubhasiz, bu chora-tadbirlar 
majmuasi iqtisodiy qayta qurish jarayonlarini tezlashtirib, milliy xо‘jalik tizimining raqobat-
bardoshlik darajasini oshiradi va pirovard natijada mamlakatning globallashuv jarayonlarida 
faol ishtirok etishi evaziga yutuqqa erishishini ta’minlaydi. 
Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida barqaror pul bozorining shakllanishi muhim 
ahamiyatga ega bо‘lib, u Markaziy bankning maqbul hamda har tomonlama ishonchli va 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
48 
48 
samarali pul-kredit siyosatini olib borishni ta’minlaydi
1
. Banklar tomonidan belgilangan foiz 
stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosati kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab 
beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining 
kamayishi va uning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi. 
Valyuta kursini boshqarish natijasida monetar siyosatda qattiq shartlarning vujudga kelishi 
ichki aktivlar narxlarining bir xil holatini ta’minlasa, shu vaqtning о‘zida 
kelajakda valyuta 
kursining pasayishi milliy iqtisodiyot uchun xavfli hisoblangan tashqi qarzning oshishiga 
sabab bо‘ladi

Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy 
tizim globallashuv sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xо‘jalik 
raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi, 
jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi. 
Mamlakat moliyaviy tizimining erkinlashtirilishi natijasida belgilangan maqsadlarga 
erishish bir qator shartlarga bog‘liq bо‘lib, ular sirasiga makroiqtisodiy va institusional islohot 
о‘tkazish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash kiradi. Shu bilan birga iqtisodiyotning 
boshqa tarmoqlarida ham islohot о‘tkazmay turib, moliyaviy tizimni erkinlashtirib bо‘lmaydi. 
Aks holda maqsadga muvofiq bо‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi 
hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga tushib qolishiga olib 
keluvchi jarayonlar avj olishi mumkin. 
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan 
moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini har qancha ishga 
solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini kо‘rsatadi. Bunday 
vaziyatda tashqi va ichki о‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul sanaladi. 
Globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga sezilarli ta’sir kо‘rsatishga qodir 
mamlakat va mintaqalardagi moliyaviy vaziyatni doimiy tarzda о‘rganib turish mamlakat 
moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Moliyaviy tizimni 
erkinlashtirish jarayonlari tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy 
о‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyotda huquqiy va raqobatbardosh muhit 
yaratish hamda mazkur masalalar yechimini ta’minlovchi boshqaruv va nazorat tizimini joriy 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
49 
49 
etish bilan birgalikda olib borilishi iqtisodiy islohotlarning kо‘zlangan maqsadlarga erishishini 
kafolatlaydi. 
Valyuta kursini unifikatsiyalashtirish tashqi savdo siyosatida muhim 
ahamiyatga ega, chunki milliy 
valyutaning devalvatsiyasi
(Devalvatsiya eto snijeniye 
kursa valyuti po otnosheniyu k tverdim valyutam) eksport hajmini sun’iy ravishda oshiradi, 
shuningdek, import imkoniyatlarini cheklaydi. Aksincha, milliy valyuta ayirboshlash 
kursining oshib ketishi eksport mahsulotlarining raqobatbardoshlik kо‘rsatkichlariga salbiy 
ta’sir etadi va eksport hajmining qisqarishiga olib keladi. О‘z navbatida bu о‘zgarishlar 
mamlakat tashqi savdo aylanmasining salbiy balansiga olib keladi. 
Globallashuv sharoitida yuqori soliq tо‘lovlari nafaqat milliy ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, daromadlarning 
yashirilishi va noqonuniy iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladi, ishlab chiqarish va 
eksport tarkibi diversifikatsiyalashuvi jarayonini susaytiradi, balki kapital va malakali ishchi 
kuchining keng miqyosda chetga chiqib ketishiga ham olib keladi. Ushbu muammolarning 
ijobiy hal qilinishi fiskal siyosat olib borishning qay darajada maqbul ekanligiga ham 
bog‘liqdir. Ma’lumki, soliq tizimi tо‘lov va imtiyozlar yordamida siyosat olib borish yо‘li 
bilan iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylanishi mumkin.
Erkin raqobat muhiti va huquqiy asoslangan xо‘jalik tizimini yaratish uchun soliq yuki 
va undagi imtiyozlar turli tarmoq va sohalarga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishi 
lozim. Buning uchun sohalar orasida solishtirma tahlil olib borilib, ularning qay birida soliq 
tо‘lovi oshirilishi evaziga boshqa sohalarga imtiyoz berilishi samarali ekanligi aniqlanadi. 
Shu tarzda globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiyotiga о‘tkazayotgan ta’siri 
kuchayib borayotgan bir paytda soliq tizimi fiskal siyosat vazifasigina emas, balki 
rag‘batlantirg‘uvchi omil sifatida tо‘lovlarning pasaytirilishi va soliqqa tortish tizimining 
soddalashtirilishi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshlik darajasining oshib 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
50 
50 
borishiga xizmat qilishi kerak bо‘ladi. 
Globallashuv sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab 
chiqarish va eksportning diversifikatsiyasiga erishish orqali mamlakatning jahon xomashyo 
bozori nobarqaror konyunkturasiga bog‘liqlik darajasini pasaytirish va aholi daromadlari 
oshishini ta’minlashning muhim omillaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati hamda 
investorlar uchun qulay muhitni yaratish masalasi dolzarb hisoblanadi. 
Jamg‘arish va investitsiyaning maqbul meyori milliy iqtisodiyotning uzoq kelajakdagi 
raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omil bо‘lib borayotganligi sababli ularning о‘rni va 
ahamiyatini aniqlash о‘ta muhimdir. Qolaversa, investitsiya siyosati iqtisodiy siyosatning 
boshqa turlari qatorida eng murakkablaridan biri bо‘lib, uni amalga oshirish butunlay 
mamlakat ixtiyoridagi mavjud resurslar va ularning sifatiga bog‘liq. 
О‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiyalarga bо‘lgan talab yuqori bо‘lib, unga 
iqtisodiy taraqqiyotning mezoni sifatida qaraladi. Investitsiya siyosati asosan mamlakat 
qiyosiy afzalliklarga ega yoki ustuvorlikka erishishi mumkin bо‘lgan tarmoq va sohalarga 
resurslarning yetib borishini ta’minlashi, milliy iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga 
oshirishga yо‘naltirilishi zarur. Shuningdek, jamg‘armani rag‘batlantiruvchi qulay 
investitsiyaviy muhit yaratish hamda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini 
oshirishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerakki, bu о‘z navbatida 
iqtisodiyotning turli sohalarida – soliq-byudjet, pul-kredit va tashqi iqtisodiy faoliyatda 
majmuaviy dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Globallashuv jarayonlarining mamlakat tashqi savdosi shart-
sharoitlariga, rivojlanish istiqbollariga kо‘rsatadigan ijobiy ta’sirlarini maksimallashtirish va 
uning tahdidlarini minimallashtirishda milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham amalga 
oshiriladigan majmuaviy islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, valyuta bozorini 
erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalari rag‘batlantirilsa, erkin raqobat muhitida 
ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini 
oshirish mumkin. Mamlakatda oqilona sanoat siyosatining olib borilishi esa strategik muhim 
eksport tovarlarining jahon bozori konyukturasi о‘zgarishlariga bog‘liqlik darajasini bir qadar 
kamaytirishga olib kelishi mumkin. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish