3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya”



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.11.2022
Hajmi3,11 Mb.
#869942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya”
bilan 
izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati 
jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega 
bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
38 
38 
“Integratsiya” (integratio) sо‘zi lotin tilidan olingan bо‘lib, ma’lum bir qismlarning 
umumlashishi, yagona bir shaklga kelishi va birlashishini anglatadi.
Iqtisodiy integratsiya 
jarayonlari ikki tomonlama, bir nechta mamlakatlar va hududlararo bо‘lishi mumkin. Hozirgi 
zamonda integratsion birlashmalarning asosiy masalalaridan biri ularning hududiy darajada 
rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu masalada odatda davlatlararo boshqaruv tizimi joriy 
etilib, yakka umumiy mintaqaviy xо‘jalik majmui tashkil etiladi. Hozirgi bosqichda xalqaro 
aloqalar tizimining barcha jabhalarida izchil о‘zgarishlar sodir bо‘lmoqda. Uning aksariyati 
globallashuv jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mintaqalar doirasida ayrim 
mamlakatlar 
iqtisodiyotlarining 
о‘zaro yaqinlashib, bir-birini tо‘ldirishi hamda 
baynalminallashuv jarayonida yagona bir ishlab chiqarish va boshqarish tizimida faoliyat 
yuritishi 
deb ataladi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya mehnat taqsimoti asosida ma’lum bir davlatlar 
xо‘jaliklarining birlashishi hamda о‘zaro aloqalarining samarali rivojlanishi oqibatida milliy 
iqtisodiyotlarga turli shakl va darajada ta’sir о‘tkazishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya 
xо‘jalik munosabatlari baynalminallashuvining yangi va shu bilan birga murakkab bosqichi 
bо‘lib, jahon iqtisodiyotining yuqori, samarali va kelajakka yо‘naltirilgan rivojlanish nuqtasi 
hisoblanadi. Bunda faqatgina milliy xо‘jaliklar birlashibgina qolmasdan, balki iqtisodiy 
muammolarning yechimi hamkorlikda hal etilishi ta’minlanadi. Shu о‘rinda aytish joizki, 
iqtisodiy integratsiya mamlakatlarni birgalikda faoliyat yuritishga yetaklovchi jarayon sifatida 
quyidagilarda namoyon bо‘ladi: 

turli mamlakatlarning milliy xо‘jaliklari о‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning tо‘liq yoki 
qisman umumiylashuvi; 

mamlakatlar о‘rtasida tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakatidagi tо‘siqlarning 
qisman yoki tо‘liq bartaraf etilishi; 

yagona bozor yaratish maqsadida ma’lum bir davlatlar bozorlarining bosqichma-bosqich 
birlashuvi; 

turli mamlakatlarga taalluqli bо‘lgan xо‘jalik subyektlari о‘rtasidagi farqlarning birin-ketin 
bartaraf etilishi; 

har bir hamkor davlatda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el subyektlarining 
kamsitilishiga yо‘l qо‘ymaslik.
Globallashuv bu faqatgina inson va tovarlar harakatining kuchayishigina emas, balki kо‘p 
jihatdan bilimlar va ma’lumotlar almashuviga asoslanadi. Globallashuvga atroflicha ta’rif 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
39 
39 
berilganda, aholining erkin migratsiyasi, tovar va xizmatlar, texnologiya va ma’lumotlarning 
milliy chegaralardan tо‘siqsiz erkin о‘tishi, xorijiy investitsiyalar hajmining kengayishi, 
hududiy va ixtisoslashgan bozorlarning о‘zaro integratsiyalashuvi, ekologik, demografik 
muammolarning umumbashariy masalaga aylanganligi tushuniladi. 
Aksariyat ekspertlar fikriga kо‘ra, hech bir jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy va boshqa soha yoki harakatlarni globallashuvdan tashqarida, atroflicha kо‘rib chiqib 
bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jamiyat hayoti 
hamda faoliyatidagi turli soha va jabhalarni bir-biriga ta’sir etishi hamda bog‘liq bо‘lib 
qolishining kuchayayotganini anglatadi. 
Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab 
bosqichi hisoblanadi. Globallashuv о‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror 
rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G‘arbiy davlatlardan boshqa 
barcha mamlakatlarga taalluqli bо‘lib kо‘rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat 
insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bо‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon 
tizimini barqarorlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning 
mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi. 
Globallashuv jahon xо‘jaligida barcha hudud va sohalarni о‘z ichiga qamrab olib, milliy 
xо‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal 
etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab 
mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat о‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, 
о‘rta, kichik) va rivojlanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki о‘tish davridagi) 
qat’iy nazar о‘zini-о‘zi tо‘liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta’kidlab bо‘lmaydi. Jahon 
xо‘jaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning hatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat о‘zining iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi. 
Globallashuv 
tushunchasi kо‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda uchraydi. Lekin hech birida ushbu terminga aniq 
va tо‘liq ta’rif berilmagan. Maxsus adabiyotlarda mualliflar ushbu tushunchani turlicha talqin 
qiladilar. Masalan, AQShdagi Kaliforniya universiteti sotsiologi, professor M.Kastels 
globallashuvni 
deb ta’riflab, uning quyidagi asosiy 
kо‘rinishlariga e’tibor qaratgan: informatsiya (ma’lumot), bilim va informatsion texnologiya 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
40 
40 
ishlab chiqarish darajasi hamda raqobat о‘sishining asosiy manbai sifatida
1

Ayrim tadqiqotchilar globallashuvni oddiy jarayon kо‘rinishida, tor ma’noda tasavvur 
qilishmoqda: dunyo bо‘yicha iste’molchilar hohishlari yaqinlashganligi va taklif etilayotgan 
mahsulot turlarini umumiylashganligi sababli jahon mahsulotlari milliy mahsulotlarni 
bozordan siqib chiqarmoqda
2

Mazkur kurs doirasida biz, 
jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, 
mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining 
kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish 
kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish