Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda,
ya’ni:
-
tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual (aqliy) mulk obyektlarining milliy, xalqaro
va jahon savdosi;
-
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va
texnologiyalar);
-
xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar kо‘lamining kengayishi (beg‘araz
moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlariga kredit va zayomlar,
qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari);
-
ishlab-chiqarish,
ilmiy-texnikaviy,
texnologiya
va
informatsion
hamkorlikning
chuqurlashuvi;
- о‘zaro tovar almashuvidan ishlab chiqarish baynalminallashuviga о‘tilishi ya’ni bir nechta
mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ma’lum bir tayyor mahsulot yaratishda turli shakl va
bosqichda ishtirok etishlari va pirovard natijada ishlab chiqarish baynalminallashuvining
institusional shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi;
- kapital baynalminallashuvi, ya’ni mamlakatlar о‘rtasida xalqaro kapital harakatining
jadallashuvi (bevosita xorijiy investitsiyalarning tashqi savdo va ishlab chiqarishga nisbatan
tez sur’atlar bilan oshib borayotganligi), fond bozori rivojlanish darajasining о‘sishi;
- xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya doirasida texnologik bilimlar, ilmiy-texnika va ishlab
chiqarish vositalari almashuvining kuchayishi;
- xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi global moddiy,
1
Постиндустриал дунё ва глобаллашув жараёни. Жахон Иктисодиёти ва халкаро муносабатлар М.2000 №3 - 91 бет.
2
Р.Кох Менежмент и финансы от А до Я - СПб «Питер» 1999 г. - С 65
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
41
41
informatsiyaviy, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish;
- xalqaro savdo tizimidagi an’anaviy odatlarni sifat va kо‘lam jihatdan о‘zgartirish va xalqaro
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida tovar almashuvining baynalminallashish
darajasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yо‘nalishi sifatida moddiy ishlab
chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan о‘sib borayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish;
- ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining atrof muhitga ta’sirining kuchayishi va mazkur
yо‘nalishda xalqaro hamkorlikning kengayishi;
- va nihoyat, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi kо‘lamining haddan ziyod kengayishi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda
past yoki umuman malaka talab etmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori
malaka talab etmaydigan, kam ish haqi tо‘lanadigan ish о‘rinlarini tо‘ldirish uchun xorijiy ish
kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab
turishga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya
jarayonlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda
. Masalan biron-bir Yevropa, Shimoliy
Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi
kompyuter mutaxassisiga ma’lum bir dastur yaratish yuzasidan о‘z joyidan turib topshiriq bera
olishi mumkin.
Globallashuv va integratsiyalashuv - bu murakkab jarayon bо‘lib, quyidagi darajalarda
kuzatilmoqda:
-
mintaqalar, mamlakatlar (makrodarajada);
-
tovar, kapital, mehnat va valyuta bozorlari (mezodarajada);
-
ma’lum kompaniya va korporatsiyalar (mikrodarajada).
Mamlakatlar va mintaqaviy integratsion birlashmalar savdoni erkinlashtirish, investitsion
va migratsion cheklovlarni olib tashlash hamda erkin savdo yoki umumiy bozor hududini
barpo etish hisobiga о‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishlari
globallashuvning
makroiqtisodiy darajasi
da kо‘zga tashlanmoqda.
Kompaniyalar о‘z faoliyatini kengaytirgan holda ichki bozordan tashqariga yо‘nalganligi
orqali globallashuv
mikroiqtisodiy darajada namoyon bо‘lmoqda
. Aksariyat yirik transmilliy
korporatsiyalar hozirgi davrda global sharoitda faoliyat yuritmoqdalar. Ular har qanday
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
42
42
chegara va milliylikdan qat’iy nazar, har doim iste’molchilarning talabini qondirishga
intiladilar. Shu tufayli ular iste’molchilar talabi yuqori bо‘lgan barcha bozorlarni egallab
olmoqdalar.
Globallashuv sharoitida kompaniyalar xalqaro darajadagi iste’molchilar, texnologiyalar,
xarajatlar, strategik raqobatlar haqida bosh qotiradilar. Ular о‘zlarining maqsad va rejalari
doirasida ishlab chiqarish va sotuv bо‘linmalarini turli mamlakatlarga joylashtirib, global
sharoitda vaziyatni о‘zlari uchun yengillashtirmoqchi bо‘ladilar. Transmilliy kompaniyalar va
firmalarni tashkil etish va rivojlantirish esa turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga imkoniyat yaratadi
(ya’ni, transfer narxlar, qayta ishlab chiqarishga qulay sharoit, milliy bozor muhitini yaxshi
о‘rganish, qо‘shimcha daromad va boshqalar hisobiga).
Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish,
global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlarni
yagona jahon iqtisodiy xо‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy,
huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat.
Bu vaziyatda, globallashuv jarayonining asosiy subyektlari sifatida transmilliy
korporatsiyalar ichki xо‘jalik faoliyatiga nisbatan о‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga
alohida e’tibor qaratib va globallashuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga
aylanib bormoqdalar.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda xо‘jalik muhitining xilma-xilligi globallashuv
jarayonlarining yanada avj olishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir.
Kapital aylanmasining intensivlashuvi va savdo tizimining umumiylashuvi yagona
iqtisodiy xо‘jalik muhitini vujudga keltiradi. Xalqaro iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi 200 dan
ortiq mamlakatlar milliy xо‘jaliklarining har biri о‘ziga xos xususiyatiga egaligi tufayli jahon
yalpi ichki mahsuloti rivojlanish kо‘rsatkichlari barqaror emas.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib
borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Rivojlangan
mamlakatlarda texnologiyalarining 4-5-avlodi qо‘llanilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2-
3-avlodi, qoloq yoki о‘tish davridagi mamlakatlarda esa sanoatlashuv davrining boshidagi
texnologiyalardan foydanilmoqda
. Asosan rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyalarga
egaligi sababli ilmtalab tovar va xizmatlarni past va о‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga
eksport qilib katta foyda olmoqdalar.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O
43
43
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi
integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir.
muallifi fikriga kо‘ra, ushbu jarayon bir tomondan siyosiy mustaqillik va о‘zini о‘zi
boshqarish, ikkinchi tomondan iqtisodiy uyushma va birlashmalar tashkil etilishiga olib
kelmoqda («Chem vishe uroven globalizatsii ekonomiki, tem silneye yeye melchayshiye
uchastniki». Paradoks Neysbita).
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jamiyat qanchalik boy va baquvvat bо‘lsa,
shunchalik uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi, qanchalik resurslar
oqilona va maqsadli ishlatilsa, shunchalik integratsion aloqalarning imkoniyatlaridan
foydalanish va global bozor sharoitiga moslashuv darajasi yuqori bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |