3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


 Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana21.11.2022
Hajmi3,11 Mb.
#869942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

3.3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar 
 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
51 
51 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) ilk davlatlar bilan bir paytda obyektiv reallik 
sifatida paydo bо‘lgan keng kо‘lamdagi rang-barang aloqalar va munosabatlarning muhim 
tarkibiy qismini ifodalaydi. Uzoq tarixga nazar tashlar ekanmiz, qadimgi sivilizatsiyalar 
eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardayoq iqtisodiy sohada о‘zaro aloqalar olib 
borishganiga doir bir talay misollarga duch kelamiz, chunki ular hoh Qadimiy Misr yoki 
Shumer madaniyati bо‘lsin, xoh Ind vodiysi madaniyati yoki Shan-In davridagi Xitoy bо‘lsin, 
kelib chiqishining avtonomligi va jug‘rofiy jihatdan ajralganligiga qaramasdan, bir-birlari 
bilan xо‘jalik munosabatlarini о‘rnatishga va ularni keyin ham davom ettirishga intilishgan. 
Juda kо‘p manbalar shundan guvohlik beradiki, ahyon-ahyonda tartibsiz tabiatdagi 
natural tovar ayirboshlash kо‘rinishdagi munosabatlar о‘rniga asta-sekin antik davr (eramizdan 
avvalgi I minginchi yillar - eramizning I minginchi yillarining о‘rtalari)ga xos bо‘lgan tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi asosidagi doimiy xо‘jalik aloqalari vujudga keladi. 
О‘rta asrlarning boshlanishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilgarilanma harakatida 
iqtisodiyotning yalpi naturallashuvi, mulkning korporativ-tabaqalangan tuzilmasi va ijtimoiy 
munosabatlarning sakralizatsiyasiga (osvyasheniye, priobsheniye k miru religioznogo, 
svyashennogo) asoslangan orqaga chekinishni keltirib chiqardi. Biroq shaharlarning о‘sishi va 
savdo-sudxо‘rlik kapitalining rivojlanishi Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar ochilgan davrda 
mamlakatlar о‘rtasida iqtisodiy sohadagi aloqalarning misli kо‘rilmagan darajada 
kengayishiga va Yevropadagi yetakchi davlatlar: Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Fransiya 
va Britaniyaning kolonial imperiyalari tashkil topishiga poydevor yaratdi. 
Aynan ana shu omil, shuningdek, ishlab chiqarish, transport va aloqa vositalarida ulkan 
olg‘a siljishni ifodalagan XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi sanoat tо‘ntarishi 
(inqilobi) zamonaviy kо‘rinishdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi uchun 
zarur bо‘lgan muhit sifatida global iqtisodiy makrotizimni yuzaga kelish jarayoniga hal 
qiluvchi ta’sir kо‘rsatdi. Shunday qilib, insoniyatni XIX-XX asrlar bо‘sag‘asida 
taraqqiyotning industrial davriga о‘tishi an’anaviy kо‘rinishdagi hududiy xо‘jalik tizimlari 
evolyusiyasidan oldingi davrga yakun yasadi, jahon miqyosida Yevropa (tо‘g‘rirog‘i, ingliz-
amerika) bozor iqtisodiyoti modelining g‘alabasini ifodaladi. 
Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan Yevropa, Shimoliy Amerika va ma’lum 
darajada, Yaponiya milliy xо‘jaliklarini, ikkinchi tomondan keng kо‘lamdagi mustamlaka 
periferiyalarini о‘z ichiga olgan jahon iqtisodiy kompleksi (majmuasi)ning yuzaga kelishi 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining shunday kо‘rinishining yaralishiga olib keldiki, bu 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
52 
52 
kо‘rinish shu holatda ma’lum о‘zgarishlar bilan hozirgi kunda ham mavjud bо‘lib kelmoqda. 
Albatta, о‘tgan о‘n yillik davr xalqaro iqtisodiy munosabatlar tabiati va tuzilmasiga ma’lum 
о‘zgartirishlar kiritdi. Mustamlakachilik imperiyalarining tugatilishi va rivojlanayotgan 
mamlakatlar (180 dan ortiq) deb atalmish guruhlarning vujudga kelishi natijasida iqtisodiy 
aloqalar uch iqtisodiy markaz, ya’ni AQSH, Yevropa, Yaponiya bilan Osiyo, Afrika hamda 
Lotin Amerikasidagi yosh davlatlar о‘rtasidagi aloqalar kо‘rinishini oldi. SSSRning tarqalib 
ketishi va sobiq sotsialistik mamlakatlarning tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yо‘liga о‘tishi 
rejali-buyruqbozlik xо‘jaligining samarasiz ekanligi va rivojlanishning bozor modeliga keng 
kо‘lamda о‘tish muqarrar ekanligini namoyish qildi. Va, nihoyat, ixtisoslashuv va 
kooperatsiyaning 
chuqurlashuvi 
bilan 
birga 
kuzatiluvchi 
ishlab 
chiqarishning 
baynalmilallashuvi bir qator integratsion guruhlar, shuningdek, universal va ixtisoslashgan 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar paydo bо‘lishini rag‘batlantirdi. 
Davlatlarning yopiq tipdagi xо‘jalik tizimi (avtarkiya)
dan qutulishga intilishi haqida 
gapirganda, yetakchi mamlakatlar о‘z siyosatlarida global bozor makrotizimini qurishning 
asosiy sharti bо‘lgan barcha uchun barobar raqobat muhitini saqlash yoki yaratishni ilgari 
suruvchi «ochiq EShlar» va «teng imkoniyatlar» tamoyillarini amalda qо‘llaganliklarini qayd 
etib о‘tish kerak. 
Xalqaro mehnat taqsimotiga kelsak, iqtisodiy turmushning ushbu favqulodda hodisasi 
xо‘jalik taraqqiyotining ilmiy-texnikaviy tarkibiy qismi birinchi darajali ahamiyat kasb 
etganligi tufayli yangi sifatlarga ega bо‘ldi. Natijada, milliy iqtisodiyotlarning ixtisoslashuvi 
va kooperatsiyalashuvi jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan tabiiy-jug‘rofiy omil 
ikkinchi darajali bо‘lib qoldi. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
53 
53 
Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng, transmilliy korporatsiyalar (TMK) nomini olgan xalqaro 
monopolistik guruhlar davlat chegaralarini kesib о‘tish orqali sayyoramizning barcha 
mamlakatlari va hududlari bо‘ylab menejment va marketingning yangi uslublarini tarqatish 
yо‘nalishida globallashuv jarayonlariga ta’sir etmoqda. 
Xо‘jalik sohasida baynalmilal ayirboshlash mexanizmlari sezilarli darajada 
murakkablashdi - kо‘plab yangi huquqiy meyor va tartiblar paydo bо‘ldiki, ular xalqaro 
hamjamiyat tomonidan tan olindi hamda iqtisodiy masalalar bо‘yicha ikki va kо‘p tomonlama 
bitimlarda mustahkamlandi. 
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, 
kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob 
global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining 
paydo bо‘lishiga olib keldi. 
Global xо‘jalik makrotizimi tuzilmasini tabiiy ravishda murakkablashuvi bozor muhiti 
funksiyalarining tabaqalanishi bilan birga kuzatiladi. Bu funksiyalarning asosiylari qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
• indikativ – bozor agentlari, ya’ni ishlab chiqaruvchilar, vositachilar va iste’molchilarni 
tovar va xizmatlarga talab va taklif tamoyillari yо‘nalishi tо‘g‘risida axborotlardan 
xabardor qilish; 
• tartibga solish – jahon narxlari harakatiga ta’sir о‘tkazish; 
• kommunikativ – harakatdagi bozor agentlari о‘rtasida aloqalarni ta’minlash; 
• sanatsiyalash – raqobat kurashi jarayonida bozorning «о‘z-о‘zini davolashi» jarayoni, 
ya’ni iqtisodiy jihatdan samarasiz kompaniyalarni bartaraf etish va talabga ega bо‘lmagan 
mahsulotlar ishlab chiqarishni tо‘xtatish. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish