3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


 Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana21.11.2022
Hajmi3,11 Mb.
#869942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

 
3.2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri 
 
Jahon xо‘jaligi zamonaviy globallashuvining asosiy xususiyatlaridan biri kapital, tovar 
va xizmatlar, ishchi kuchining erkin harakatida inson intelektual qobiliyatidan unumli 
foydalanish imkoniyatlarining ortishida namoyon bо‘ladi.
Ushbu omil ta’sirida 
rivojlanayotgan mamlakatlarning globallashuv afzalliklaridan foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot sur’atlarini oshirish imkoniyatlari paydo bо‘lib, shu bilan birga iqtisodiy siyosat 
yuritganda, uning e’tiborga olinmasligi salbiy oqibatlarga olib keluvchi natijalarni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Xalqaro kapital migratsiyasi. Sо‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar 
taraqqiyoti natijasida bevosita investitsiyalar, portfel investitsiyalar va bank ssudalaridan 
iborat kapitallar xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga sazovor 
xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. 
Moliyaviy resurslar xalqaro oqimining о‘sish 
sur’atlari xalqaro savdo hajmining о‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda.
Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining jadallashib borayotgani diqqatga 
sazovordir. 
Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy 
investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali 
ga 
erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini qо‘lga kiritadilar. Odatda investitsiya 
qabul qiluvchi davlatlarda 
yuqori bо‘lib, bu investorlarning о‘z 
kapitallarini yuqoriroq foyda miqdorini ta’minlovchi hududlarga yо‘naltirishiga turtki bо‘ladi. 


“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
44 
44 
Malumki, о‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida milliy xо‘jalik tizimini 
takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuviga 
erishish maqsadida mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj baland. 
Bir vaqtning о‘zida, mazkur guruhga kiruvchi aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga 
erishishda ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq о‘xshash muammolarga 
duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahon kapital bozoriga chuqur integratsiyalashuv ushbu 
mamlakatlar uchun iqtisodiyotni isloh qilish va о‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy 
tizimni barqarorlashtirish hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi 
masalalarni hal qilishda investitsiyalarni keng jalb qilish orqali jahon moliya bozorlari 
afzalliklaridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. 
Investitsiya jalb qilish natijasida iqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirish kapitalning qaysi 
shaklda kirib kelishiga kо‘p jihatdan bog‘liqdir
. Masalaga shu nuqtai nazardan 
yondoshilganda, odatda bevosita xorijiy investitsiyalarning yuqori darajadagi afzalliklarga ega 
ekanligi e’tirof etiladi. Bevosita xorijiy investitsiyalar kо‘rinishidagi xalqaro kapital 
harakatida ishtirok etish ustuvorligini belgilovchi omillardan biri - bu transmilliy 
kompaniyalarning intellektual mulki bо‘lmish ilg‘or texnologiyalarning jahon bozorida 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sotilmasligi bо‘lib, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bunday imkoniyatga 
faqatgina bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqaligina ega bо‘lishlari mumkin. Bu 
jihatdan bevosita xorijiy investitsiyalarning о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun afzal 
xususiyatlari:

hamkor transmilliy kompaniyalarning mavqei,

ularning xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqasi,

tayyor mahsulot sotuv kanallari,

jahon bozori doirasida marketing tadqiqotlari,

boshqaruv malakasi va ishlab chiqarish sirlari,

kadrlar tayyorlash dasturlaridan iborat. 
Bu va boshqa omillardan oqilona foydalanish milliy iqtisodiyot samaradorligi va 
raqobatbardoshligi darajasining oshishiga olib kelmoqda. 
Mamlakatda xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishi erkin raqobat muhitini yaratish orqali:

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish