3-maruza. Plug nazariyasi asoslari. Plugning ishchi sirti. Lemexli –
ag'dargichli sirtlarini loyixalashda nazariya asoslari. Qatlam
o'lchamlari orasidagi bog'liklar. Qirqishning solishtirma ishi.
Plug erni shudgorlash uchun mo’ljallangan qishloq xo'jalik quroli.
Traktor bilan ishlatiladigan pluglar lemexli va diskli bo'ladi. Lemexli
pluglar vazifasiga ko'ra umumiy ishlarni bajaruvchi va maxsus pluglarga
ajratiladi. Umumiy ishlarga mo'ljallangan pluglar dalachilikda erni 25 ...
35
sm chuqur, haydaydi, maxsus pluglar esa to'qay, butazor, plantaj,
bog', o'rmon, tokzor, toshloq va quriq erlarni xaydashda ishlatiladi.
Traktorga qo’shish
usuliga qarab pluglar tirkalma, o'rnatma va
yarim o'rnatma bo'ladi. Yer haydash turiga qarab: oddiy, tezkor, plantaj,
tekis xaydash, rombik xaydash pluglari, yumshatkich-pluglar bo'ladi.
Oddiy, qavatli, plantaj pluglar ishlaganda shudgorda egat — marza hosil
qiladi. Bu pluglar korpusi tuproqni faqat o'ng tomonga ag'daradi,
birinchi yo'liga yonma-yon qaytganda esa, tuproqni avvalgi o'tishdagiga
nisbatan chap tomonga ag'daradi. Natijada avvalgi yo'lining
qaysi
tomonidan qaytishiga qarab,
shudgorda yo ochiq egatlar, yoki tuproq
uyumlangan marzalar yasaladi.
Tekis haydash pluglari (9-rasm) aylanma (a), klavishli (v),
balansirsimon (g) va mokisimon harakatlanuvchi (b) pluglarga ajraladi.
Aylanma plugda o'ng va chapga ag'daruvchi korpuslar bo'ladi.
9-rasm. Tekis xaydash pluglarining sxemasi:
a — aylanma; b — mokisimon harakatlanuvchi; v — klavishli; g — balansirsimon;
1 - o'ng tomonga ag'daruvchi korpuslar; 2 — chap tomonga ag'daruvchi
korpuslar
Birinchi o'tishda o'ng 1, qaytishda esa chapga ag'daruvchi
korpuslar
ishlatiladi, tuproq doim bir tomonga ag'darilib, shudgor tekis
chiqadi.
Tirkalma pluglar (10-rasm) rama 11, bikrlik balkasi 12, korpuslar
10, chimqirkar 9 va disksimon pichoq 13 dan tuzilgan. Egat g'ildiragi 3
egatdan, dala g'ildiragi 5 esa, haydalmagan daladan yuradi. Traktorchi
avtomat 16 ning richagi 7 ni arqon bilan tortganda
plug salt yoki ish
holatiga o'tadi. Haydash chuqurligi vintli mexanizm 6 yordamida
rostlanadi. Plug ramasi og'dirish mexanizmining chambaragi 8 ni burab,
gorizontal holatga keltiriladi. Dala g'ildiragining mexanizmi tortqi 14
vositasida ketingi g'ildirak 15 mexanizmiga birlashtirilgan. Bu g'ildirak
oxirgi korpus ochgan egatdan yuradi. Plug
ish holatiga tushirilganda
amortizatsion prujinalar 4 cho'zilib, uning qisman og'irligini o'ziga oladi
va korpuslarning erga urilishini so'ndiradi; plugni salt holatga
ko'tarishda prujinalar avtomat yoki gidrotsilindrlar ishini engillashtiradi.
Tirkama 1 ning ilgagi traktorga bir nuqtada birlashtiriladi. Tirkama
plugning tortish chizig'i bo'ylab yo'naltirilishi kerak.
Buning uchun
tirkamaning
ko'ndalang
plankasi
plug
ramasining
old
qismi
(pasaytirgichi) dagi mos teshiklarga birlashtiriladi.
Silindrsimon korpuslar ramada bir-birining izini = 25 ... 30 mm
qoplaydigan qilib o'rnatiladi, vintsimon korpuslar orasida esa, aksincha
∆b ga teng oraliq qoldiriladi.
Tirkalma plugning salt holatdagi yo'l tirqishi h
t
= 200 . . . 250 mm.
Egat va dala g'ildiraklarining diametri (650 . . . 800 mm):
D
b
=
D
p
=
2a
max
+
d
k
+
2m
0
,
bunda a
max
—
eng katta ishlash chuqurligi; d
k
— o'q
kronshteynining diametri; t
0
= 50 ... 70 mm — o’q kronshteynining dala
betidan balandligi.