3-maruza. Plug nazariyasi asoslari. Plugning ishchi sirti. Lemexli – ag'dargichli sirtlarini loyixalashda nazariya asoslari. Qatlam



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana25.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#872616
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-maruza. Plug nazariyasi asoslari. Plugning ishchi sirti. Lemex

 


 
15-rasm. Plug korpuslari ish sirtlarining turi: 
a-silindrik; b-madaniy; v-yarimvintsimon; g-vintsimon 
Silindrik ag'dargich
palaxsani deyarli ag'darmasdan uni jadal 
maydalaydi va u asosan sochiluvchan tuproqli erda va plantajda 
ishlatiladi. 
Madaniy (gorizontal tsilindrsimon) ag'dargich
(16-rasm, a) 
tuproqni yaxshi maydalaydi va qoniqarli (128° ga) burib ag'daradi. 
Madaniy korpuslar chimqirqarlar bilan birga ishlatiladi.
Yarimvintsimon (tsilindrsimon) sirtli ag'dargich
(16-rasm, b) 
palaxsani ko'proq burib ag'daradi, lekin sust uvalaydi. Bunday 
ag'dargichli korpuslar buta-to'qay pluglarida ishlatiladi. Palaxsani to'liq 
yotqizish uchun ag'dargichning qanot qismiga taxtacha (pero) 4 
biriktiriladi.
 
 
16-rasm. Lemex-ag'dargichli korpuslar turi: 
a-madaniy; b-yarimvintsimon; s-vintsimon; g-ag'dargichsiz; b-kesik; e-
surilma iskanali korpus; j-chimqirqar; z-okuchnik; 1-lemex; 2-


ag'dargich; 3-korpus stoykasi; 4-pero; 5-dala taxtasi; 6-dala taxtasining 
tovoni; 7-disksimon pichoq; 8-kengaytirgich; 9-to'siq; 10-iskana; 11-
paski lemex; 12-yuqorigi lemex; 13-kesik ag'dargich; 14-naralnik; 15-
okuchnik lemexi; 16-okuchnik ag'dargichi; 17-okuchnik qanoti. 
Vintsimon sirtli korpus
(16-rasm, v) palaxsalarni deyarli 
uvalamagan holda to'liq burib ag'daradi. Vintsimon korpuslar o'tloqlarni 
shudgorlashda ishlatiladi. 
Ardargichsiz korpus
(16-rasm, g). Lemex 1 yordamida qirqilgan va 
qisman uvalangan tuproq palaxsasi kengaytirgich 8 sirtidan yuqori 
ko'tarilib, egat tubiga tushadi va zarbdan qo'shimcha maydalanadi. 
Korpus stoykasi 3 ning eyilmasligi uchun u po'lat plastina (to'siq) 9 bilan 
berkitiladi.
 
K e s i k korpus
(16-rasm, d) erni ikki qatlamli qilib chuqur (40 ... 
50 sm) haydaydi. Kesilgan tuproq qatlamining ostki qismi 
ko'tarilmasdan va ag'darilmasdan lemexlar 11 va 12 orasidan o'tib 
uvalanadi, ustki xosildor qatlam esa ag'dargich 13 ning sirti bo'ylab 
ko'tarilib, buralib, quyi qatlam ustiga ag'dariladi. Surilma iskanali korpus 
(16- rasm, e) toshli qattiq erlarni haydashda ishlatiladi. Iskana 10 ning 
o'tkir uchi lemexdan 20 ... 30 mm oldinga chiqib tumshuq vazifasini 
bajaradi. Iskana eyilganda oldinga surib qo'yiladi. 
Chimqirqar
(16- rasm, j) tuproqning ustki o'simlik ildizlari 
taralgan 8 ... 12 sm li qatlamini qirqib, aylantirib egat tubiga tashlash 
uchun mo'ljallangan. Chimqirqar bilan qirqilgan tuproq qatlamining egat 
tubiga joylashishi uchun uning qamrash kengligi asosiy korpus qamrash 
kengligining 2/3 qismini tashkil etadi. Chimqirqar tuzilishi jixatidan 
asosiy korpusga o'xshaydi va trapetsiyasimon lemex 1, madaniy 
(silindrsimon) tipdagi ag'dargich 2 va stoyka 3 dan iborat. Toshli erlarda 
chimqirqar o'rniga burchak keskichlar o'rnatiladi. 
Okuchnik
(16-rasm, z) ekin qatorlari orasiga ishlov berish uchun 
mo'ljallangan. Begona o'tlarni tuproq bilan ko'madi va ildizini qirqadi. 
Okuchnikning asosiy qismlari: naralnik 14 va ajralmas ikki yoqli 
(qo'shaloq) korpusdan iborat. Korpus o'ng va chap tomonlama qirqib 
ag'daradigan lemexlar 15 hamda ag'dargichlar 16, qanotlar 17, 
shuningdek stoyka 3 dan tuzilgan. Naralnik eyilganda almashtiriladi. 
Qanotlarni siljitib, marza balandligini o'simlik bo'yiga qarab rostlash 
mumkin. Ishlash chuqurligi 16 sm bo'lganda marza balandligi 25 sm ga 
boradi. 



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish