3-Ma'ruza: Park-bog’ qurilishining qisqa tarixiy sharhi. Qadimgi sharq bog’ va parklari. Bog’ va park so’zlarining ma’nosi: Bog’


Park –bog’ qurilishining qisqacha tarixiy sharhi



Download 25,34 Kb.
bet2/4
Sana17.07.2022
Hajmi25,34 Kb.
#815299
1   2   3   4
Bog'liq
3-Ma\'ruza Park-bog’ qurilishining qisqa tarixiy sharhi. Qadimgi sharq bog’ va parklari

Park –bog’ qurilishining qisqacha tarixiy sharhi.

Bog’-park san’atining tarixiy rivojlanish manbalari hozirgi sarhisobimizga qadar ya’ni qadimiy davrga borib taqaladi.


Bog’-park qurilishining rivojlanishi ko’pgina omillar ta’sirida kechgan, ya’ni bularga jamiyatning tarixiy shakllanishi, uning madaniyat darajasi, davlatning iqtisodiy yuksalish darajasi va jamiyatning barpo etilishi kabidir.
Qadimgi dekorativbog’ ekinlari Nil qirg’og’idagi qadimgi Misrda malika Hatshepsut (1520 – 1500 era. av.) va Mentuhatepov (2160 – 2000 era. av.) ehrom majmualarida barpo etilgan. O’simliklarni balandlikda joylashgan ayvonlarga daryo bo’yidan keltirilgan hosildor tuproq aralashtirilgan yerga o’tkazishgan yoki ularni alohida idishlarda olib kelib oldindan tayyorlangan reja bo’cha joylashtirilgan. Odatda kompozittsiya markazida to’rtburchak hovuz bo’lgan.
Fivah shahri (qadimgi Misr poytaxti) ehromlar bog’dorchilik bilan birgalikda oq suyaklar dala hovlilarida geometrik to’g’ri rejalashtirilgan o’simlik bog’lari ham paydo bo’lgan.
Qadimgi Asisirii va Vavilondagi saroy, ehrom va oq suyaklar dala hovlilirida ko’rkam bog’lar tashkil etilgan, o’rmonlar esa istirohat va ovchilik parklari sifatida foydalanilgan. SHunday parklardan biri Dur – sharrukindagi (711 – 707 era. av.) Sargona II saroyi atrofida bo’lgan.
Eramizgacha bo’lgan VII – asrda Nineviyaning yangi poytaxti Saragon II ning o’g’li Siaxerib botanika bog’ining protatsipini barpo etdi, ya’ni katta saroy barpo etib uning atrofini sun’iy havzalari bilan o’rab u yerda shiyponlar o’rnatib , harbiy yurish davrida har xil joylardan olib kelingan gullar, turli xil daraxtlar o’tkazgan. bog’dagi sauna baliq, qush va jonzotlarning topilmas hillari bilan boyitilgan edi
Saroy hududidagi pog’onaviy zikurat piramida ayvonchalari shoxli o’simlik va gullar bilan ko’kalamzorlashtirishgan edi. Keyinchalik bu usul sun’iy tepaliklar va balandliklarda joylashgan ishkomlarda qo’llanilgan. Masalan, Vavilondagi Semiramidaning osma bog’larini barpo etishda qo’llanilgan (VII – VI asr. era. av. ).
Mesopotaniya davlatida bir nechta yirik ovchilik qo’riqxonalari va bog’lar tashkil etilgan. Ular ayvonchalarga bo’lingan, zina va panduslar bilan bo’g’lanishgan.
Bog’-hiyobonchilik san’ati - me’morchilik qo’llanishi, dekoratsion, bog’dorchilik san’ati va badiiy – g’oyaviy konseptsiyalarni sintez qilishdir. Bog’-hiyobonlarning yaratilishida arxitektora xajmiy rejalar printsip va usullarini aniqlab bersa, badiiy – g’oyaviy konseptsiya esa davr usulini aks ettiradi. Bog’-hiyobon san’ati rassomchilikdagi tasvirlashni dekoratsiya san’atidan keng ko’lamni barpo etish qonuniyatini, adabiyotdan – assotsional-emotsional yondashuvni, bog’dorchilikdan – “qurilish ashyosi” (o’simliklar)ni foydasi va ularni tabiat qo’ynida tasvirlashni oladi.
Bog’ va hiyobonlar turli san’at va tabiat sintezining ko’rinish holida tarixiy usullar bilan bog’liq bo’lgan va ularning yangi turlari umum iqtisodiy va madaniy – tarixiy shart – sharoitlar bilan moslashgan holda paydo bo’lgan.
Bog’- hiyobonchilik san’ati sifatida ko’kalamzorlarni barpo etish Mesopotamiyada insoniyatning hayoti timsolida paydo bo’ldi.
Insoniyat o’z talablarini qondirish maqsadida tabiat resurslarini o’zlashtirish bilan birgalikda, tabiatga nisbatan estetik yondashuvni rivojlantirdi, bu esa o’simliklarni kulьtivatsiya qilish sababini keltirib chiqardi. Bundan tashqari issiq va quruq iqlimda bog’lar soya va salqin joylarda tashkil etardi,shuning uchun o’sha davrlarda yoq ularni barpo etilishi ulug’ ish deb sanalardi va katta ahamiyatga ega bo’lardi. Bizning eramizgacha bo’lgan 3 -2 ming yillikda bog’dorchilik Nil daryosining yaylovlarida keng tarqalgan edi. U yerdagi bog’ va hiyobonlari suvni ko’tarib beruvchi qurilmalar, hovuzlar, shluzlar kanallar yordamida sun’iy ravishda barpo etilardi. Ular ikki hil uslubda bo’lgan – ehromli (“Ehrom” so’zi birlamchi “ulug’ yoki qutlug’ maydon”ni bildirar edi) va yuqori martabali va katta saroy va diniy inshootlarning keng miqyosdagi ko’lamini egallab turganlar. Ularning rejasi geometriya va aniqlikka rioya etadi. Ehromli bog’lardan ko’plari mashhur, masala, Fiv yaqinidagi Amon - Ra ehromida ayvonchalik bog’ (1500 yil bizning eramizgacha) bo’lgan u yefni bezatish uchun hurmoli palmalardan, anjir, uzum, sfinks me’morchiligidan foydalanilgan. Xar bir ehrom o’zining qutlug’ daraxtiga ega bo’lgan (sikomor, mojjevel’nik, tamarisk, akatsiya, platan). Bog’lar ehromlarni hushbo’y o’tlar, yog’ moy va o’tinlar bilan ta’minlashar edi. Yuqori martabaga ega bo’lgan bog’lar dekorativguldonlar, o’simliklar dunyosi va ularni ozoda tutish bo’yicha ajralib turar edi. U davrdagi ko’kalamzorlashtirish utilitar, sanitariya-gigiena va estetika funktsiyalarini organik uyg’unligi mos bo’lgan.
Bizning eramizgacha bo’lgan 1-chi ming yillikda bog’dorchilik Dvurech’e (Assiro - Vaviloniya)da, Forsda, Hindistonda o’zining rivojlanish tarixini davom ettirdi.
Ko’chalarning yuqorisida sun’iy platformalar ustida qurilgan uy – joylar va zinapoyali minoralar Dvurech’e me’morchiligining ahamiyatli jihatlaridan hisoblanadi. Bir nechta qalin qal’a devorlari bilan o’ralgan. Zich qurilgan inshootlar o’z ichiga yashil ko’kalamzorlarni kiritmagan edi. Ulardan istisno sifatida zikurat – diniy urf-odatli – ehromli minoralarning ayvonchalardan alohida ahamiyatga ega bo’lgan bog’lardir. SHaharlarni o’rab turuvchi, tepaliklarda joylashgan oliy tabaqali bog’lar o’zining boshqa davlatlardan keltirilgan boy o’simliklar dunyosi, shiypon va pavilionlari bilan ajralib turardi.
Bu davlatlarda ko’kalamzorlashtirishning rivojlanishi uchma-uch bo’lib joylashgan, platformalar uyidagi ayvonchali saroy bog’larini barpo etilishiga olib keldi. Bizning eramizgacha bo’lgan 605 – 562 yillarda Nabyxodonocap II tarafidan qayta tiklanib va kengaytirilgan “Semiramida osma bog’lari” mashhurlikka ega bo’lgan. qadimiy Greklar bu bog’ni dunyoning yetti mo’’jizasidan biri hisoblashardi. Har bir arkadasi 22 m.gacha bo’lgan to’rt va undan yuqori qavatli murakkab konstruktsiyaga ega bo’lib, ularning har birida butalar va daraxtlar o’sardi. Har bir qavat sug’orish uchun mo’ljallangan suvni yuqoriga chiqarib berish tizimi bilan, pandus va zinapoyalar tagidan oqib o’tuvchi suv bilan ta’minlangan. SHaharning ichki qismida joylashgan bu qurilma o’sha paytdagi zamondoshlar nazariga tushgandi va o’chmas iz qoldirgan. Bu turdagi yashil maysazorlarni yaratish tajribalaridan birinchisi bo’lib, u tom ustida joylashgan zamonaviy bog’larni barpo etishda asos qilib olindi. Bizning eramizgacha bo’lgan IV asrda Forsiyada bog’ – park san’ati rivojlangandi. Masalan, Lidiya poytaxtidagi shoh Kira I ning “ CHorbog’ ” (4 ta bog’) bo’lib u sharqona bog’larnig suv oqimi eksib o’tuvchi 4 qismli uslubiga mansubdir. U yerda kiparis, chinor, terak, olxo’ri, shaftoli, o’rik, bodom, tut daraxtlari ekilgan. Bog’lar devor bilan o’ralib uning kirish qismi quyma oltin o’ymakorlik bilan bezatilgan chiroyli (yoki ko’hna) pavilyonlardan iborat. Bog’larda bedana, kiyik va boshqa hayvonlarni ko’paytirar edilar.
O’zining maftunkor va jozibador ko’rinishi tufayli bu turdagi kichik bog’lar “paradiz” deb nom oldilar. Sun’iy yo’l bilan barpo etilgan yerlardagi hayvonot olamidan iborat bog’lar saroydagi ovlar uchun ishlatilar edi. Fors bog’dorchilik o’simlik olamining boyligi bilan ajralib turardi. Fors – atirggul, nastarin, liliya, lola, nargiz gullari vatani hisoblanadi. Bizning eramizgacha XX–II asrlarda qadimgi Yunonistonda ko’kalamzorlashtirishning o’ziga xos usuli paydo bo’ldi va takomillashdi. Mevali daraxtlar uzumzorlardan iborat utilitar bog’lar bilan birgalikda hududlarni ko’kalamzorlashtirishning yangi usullari paydo bo’ldi.
Maxsus rejali va markazida badiiy bezatilgan manba joylashgan. Eman , kedr yoki zaytunli dalalar - Nimfey deb nomlandi. U yerlar vaqt mobaynida me’morchilik bilan boyitilgan. Bu joylar nimfa, muz, ma’ budlarning makoni deya tahlil etilib, u yerda ularga qurbonliklar keltirishar edi. Suv havzasiga otilib chiqadigan G’arbiy Yevropa hiyobonlarining bezatilishiga asos bo’ldi.
Geroon - bu qahramonlarning dafn etilgan joyida o’rnatilgan memorial bog’ hisoblanadi. Bu bog’ qahramonlar xotirasiga bag’ishlab o’tkaziladigan musoboqalar, gimnastika o’yinlari , ippodrom uchun maxsus joylardan, yugurish yo’lkalaridan iborat edi. Vaqt o’tishi bilan geroonlar haykallar, kollonadalar bilan bezatila boshlandi, ular esa hiyobonning ajralmas qismiga aylandilar.
Ommobop hiyobonlar bizning eramizgacha bo’lgan V asrda paydi bo’lgan ularni shahar markazida favvora va ehromlar oldida tashkillashtirilgan. Faylasuflar bog’i ommabop bog’lardan ajralib turgan. Ayvonchalarda sport uchun mo’ljallangan keng alleyalar, haykallar, guldonlar, favvoralar joylashtirilgan. Bunday bog’larda buyuk faylasuflar Platon, Aristotel va boshqalar gimnaziya – maktabi mashg’ulotlarini o’tishgan. Masalan, Afina chegarasidagi (era. av. 460 yil) Ilisosda joylashgan Akademiya bog’idir.
Iskandar Zulqarnaynning Forsga qilgan g’alabali yuruhsidan so’ng (Era.av. 336 – 323 yillar). Fors bog’lari usulida barpo etilgan “dam olish bog’lari” paydo bo’ldi. Misol uchun, Aleksandriyada ular shaharning qismini egalllashgan.
Qamiy Rimdagi bog’ – park san’ati antik Yunonistonning odatlariga tayangan holda rivojlangan. Ko’kalamzorlashtirishning yangi elementi – perimetr bo’yicha kollonada va hovuzchali peristil – ichki hovlidir.
Eramizning V – IX asrlarida bog’ – park san’ati rivojlanishining keskin tushub ketishiga o’sha davrdagi feodalizm keltirib chiqargan o’zaro urushlar sabab bo’ldi. Faqatgina qasr ko’rinishidagi kichik bog’lar, monastir hududlari bundan mustasno edi. Feadol tuzumidagi bog’larning asosiy mohiyati kompozitsiya markaziga olib boruvchi chalkash yo’llardan iborat bog’ labirint hisoblanardi. Rejalashtirishning bu usuli XIX asrda bog’larni rejalashtirishda ishlatilgan.
VIII – XIV asrda Ispaniyani arablar (mavrlar) zabt etgandan so’ng, bog’larning maxsus ko’rinishi – patio vujudga keldi. Bu bog’larda antik odatlar va fors bog’lari uyg’unlashib ketgan. Hozirgi kundagi ispano – mavriton bog’larining qadimiy turi grenadegi patio saroy ansabli hisoblanadi. Bog’ ayvonchalarda joylashgan bo’lib, devorlar, saroylar, minoraviy ustunlari cheklangandir. Dam olish, izlanish – patio qo’llanish usulidir. SHuning uchun hovuzlar, favvoralar, rang – barang mozaiklar, mayazkalarning bo’lishi bog’ uchun harakteri jihatlaridan biridir.
XIV – XVI asrlar Yevropada madaniyatning yangi yuksalishi, tiklanishi davri boshlanib, u Italiyada namoyon bo’la boshladi. Bog’lar butun bir badiiy ko’rinishga ega bo’ldilar. SHu zamonning eng yaxshi bog’lari – bular Kapraroledagi Farneze villasining o’yinchoq bog’i (1547 yil, arx. Djakomo Barossi da Vin’ola), Banayadagi Lante villasining bog’i (1549 yil, arx. Pirro Ligorio) va boshqalar.
XV asrda Fransiyada italyan urf – odatlarini jamlagan holda bog’ – park san’ati rivojlandi: daraxt o’tkaziladigan keng parterlar, murakkab shaklli alleyalar paydo bo’ldi.

Download 25,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish