3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet9/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
3-maruza

Laylakjon
Yovuzlikdan bez mayli,

Bizdan ammo bezmagin.

Yakka-yu yolg’iz kelib,

Yuraklarni ezmagin.

Yurtimizni, laylakjon,

Yashnab, yayrab tut makon.

Erkni sevgan qushlarga

Bizlar doim mehribon.



Birovning dardi
Nortuyaning oyog’iga

Ketganida mix kirib:

-Voy-voy, og’riq azob berar,-

Dedi sho’rlik bo’kirib.

-Nafasingni o’chir, daroz,

Bir mixgami shuncha dod.

Mening har bir nag’alimda

To’rttadan mix bor, der ot.


Kenguruning bolasi

Ko’rsang g’ashing keltiradi

Kenguruning bolasi.

Haddan ziyod erkalatib

Yuboradi onasi.

Chatoq bo’lar chinqirtirib

O’stirmasa otasi.

Mehnat qilmay, pinjga kirib

Yashash katta xatosi.

O’tkazsa u bolaligin

Parvo qilmay xaltada,

Ayting nima kutib bo’lar

Bunday fahmi kaltadan?!
To’rt g’ildirak

G’ildiraydi

To’rt g’ildirak,

Pildiraydi

To’rt g’ildirak.

Bo’lsin deydi

Yo’limiz keng,

Yukni doim

Tortishar teng.1

MUHAMMAD ALI

O’zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad ali (taxallusi, haqiqiy ismi-familiyasi - Ahmedov Muhammad ali) serqirra qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Adib she’riyat va nasr, publitsistika va tarjima janrlarida ko’p asarlar yaratgan. Uning katta-katta asarlar yaratish baroborida kichkintoylarni ham unutmay she’r va afsonalar yozayotganligi quvonchli hodisadir.

Bolalar mavzusini yoritish, bolalar uchun ijod qilish ijodkordan katta mas’uliyat talab qiladi. Adib o’zining tarixiy mavzuga bag’ishlangan “Boqiy dunyo” (she’riy roman), “Ulug’ saltanat”, “Sarbadorlar”, “Abadiy sog’inchlar” nomli romanlarida bolalarning yorqin obrazlarini chizib berdi. Ayniqsa, bu “Ulug’ saltanat” tarixiy dilogiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Biz unda Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Mirzo Ulug’bek singari shaxzodalarning bolalik davrlari tasvirlangan sahifalarni ko’ramiz. “Boqiy dunyo” she’riy romanida esa asar qahramonlaridan biri Farhodning bolaligi tasvirlari, ayniqsa uning ismi ma’nosining yangicha talqinda berilishi juda qiziqarli va ibratlidir.

Shoirning bolalarga bag’ishlangan she’r va afsonalarida ham mavzular rang-barangligi bilan ajralib turadi. Adib bolalar uchun asar yozganda bolalar xarakterining o’ziga xosligini unutmaydi. Bolalar har narsaga hayrat bilan boqadilar, hamma narsa ularga qiziq tuyuladi. Ular har bir narsani ilk bor ko’radi, har bir narsaga qarab dunyoni o’zicha ilk bor kashf eta boradi, bundan beqiyos quvonadi. Shoir ana shu kashfiyotni tasvirlashga harakat qiladi.

“Bo’taloq” she’rida bo’talog’iga boqib quvongan, atrofida parvona bo’lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga ayniqsa, bo’taloqning lo’k-lo’k etib chopishi, unga “cho’k-cho’k!” deyish juda yoqadi, uning o’zi ham birga chopishga tayyor:
Bo’talog’im yayraydi,

Yantoq bersam chaynaydi.

Yam-yashil o’tloqlarda

Lo’k-lo’k chopib o’ynaydi.

Bo’talog’im lo’k-lo’k,

Lo’killama cho’k-cho’k!

Bo’talog’im to’ysin deb,

Barra o’tlar tutaman.

Agarda qasd qilsam-chi,

Undan o’zib ketaman!

Bo’talog’im lo’k-lo’k,

Lo’killama cho’k-cho’k!

Shoir o’z she’rlariga ko’p hollarda tabiat manzaralarini, hayvonat olamini, o’t-o’lanlarni mavzu qilib oladi. Bu esa shoir she’rlariga tabiiylik baxsh etadi.

Tabiatda juda ko’p maysalar,o’t-o’lanlar, gullar quyoshga boqib, quyoshdan nur olib, quyoshga talpinib umr kechiradi. Quyoshning yo’nalishi bo’yicha u qaysi tomonga qarab yursa unga qarab intilib, undan kuch-quvvat olib nish uradigan, o’sib,toblanib pishadigan o’simliklardan biri kungaboqardir. Shu ma’noda shoirning “Kunga- boqar” she’ri alohida ajralib turadi.

Quyosh – oftob bor joyda mehnat-u odob, ahilligu do’stlik, vatanparvarligu muhabbat, sadoqat bo’ladi. Kungaboqarning yashnashiga, yashashiga havasi kelmaydigan bolaning o’zi yo’q. Bolaning quvonchiga-quvonch qo’shgan kungaboqar uni eng avvalo mehnatkash, odobli bo’lishidan tashqari nafsini tiyishga, hiyonat qilmaslikka o’rgatadi:


...Bahor kelib ilisa kun,

Bo’ylarini cho’zib mamnun,

Yuz-boshini o’rab butun

Gulchalardan tanga taqar.

Qora-qura tishlari bor,

Cho’ng boshiga kiyib dastor,

Sho’xlik qilmay, jim, beozor

Qarashlari menga yoqar.

Dalalarda yurar bo’lsang,

Bog’-rog’larga borar bo’lsang,

Turishadi, qarar bo’lsang,

Marzalarda turna qator.

Bo’yim kichik-etay desam,

Qo’lim kalta-tutay desam,

Pistasidan totay desam,

Hamma kulib menga boqar.
Bolalarning odobiga odob, mehnatsevarliklariga mehnatsevar-lik, ona-tabiatga nisbatan mehrlariga mehr qo’shadigan asarlaridan biri “Shudring”dir.

Kichkintoylar ona tabiat qo’ynida yayrab-yashnab kamol topadilar. Ona tabiatdagi har bir xolat ular uchun bir yangilik, kashfiyot bo’lib qolaveradi. Bolalardagi bunday xolatni yaxshi bilgan Muhammad Ali o’zining “Shudring” she’rida shu haqda so’z yuritadi.

Shudring kuz, kuz faslining boshlanishi bilan bog’liq. Yerga shudring tushishi bilan meva-chevalar, poliz ekinlari pishadi. Yurtda to’kin-sochinlik boshlanadi. Shu ma’noda she’r qahramonining zo’r quvonchu qo’li ochiqlik bilan aytgan mana gaplari juda hayotiy chiqqan:
Bog’imizga bir qarang,

Gul ochildi rang-barang.

Tongda shudring tushibdi,

Gulga chiroy qo’shibdi.

Bog’dan nari poliz bor,

Unda qovun-tarvuz bor.

Qovunlar katta-katta,

Mehmon bo’ling, albatta!
Onalarni ulug’lagan “Onamlarning bayrami” degan she’rni bayram munosabati bilan xonadonda yuz bergan quvonchli kayfiyat nurlantirib turadi. Bolaning nazarida butun tabiat aziz onajonini qutlug’ ayyom bilan qutlashga shaylangan. Qushlar hovlini to’ldirib uchib yurishibdi, ariqlarning labida ham o’t-o’lanlar ko’karib chiqibdi, oppoq bodam esa, gullarga ko’milgan shoxini ko’z-ko’zlab, darchadan onajonisining xonasiga “qo’l” cho’zib turibdi… Bayramga bolaning ham sovg’asi bor: u o’nta “5” olib qo’ygan!

Muhammad Alining xalq afsonalari asosida “Ninachi haqida ertak”, ”Uch oltin g’isht”, “Sirli qushlar” nomli asarlar yaratganligi ham diqqatga sazovordir. “Ninachi haqida ertak” (1977) xalqimiz orasida qadimdan mashhur bo’lgan «Kim zo’r» degan afsonaga asoslangan. Asar qahramoni, - nomidan ko’rinib turibdi, - Ninachi. Qish kirib qolganini sezmagan, yozni tarala-bedod qilib o’yin-kulgi bilan o’tkazgan, uysiz-joysiz Ninachi qayga borishini bilmay “xazon cho’pni hassa qilgancha” yo’lda boradi. Muz ustidan o’tayotib oyog’i toyib ketadi va quyrug’ini sindirib qo’yadi. U bu falokatdan qattiq ozor chekadi va Muzga, sen zo’r ekansan, deydi. Muz esa, men zo’r emasman, agar zo’r bo’lsam, Quyosh eritib yuborarmidi, Quyosh zo’r, deydi. Ninachi so’ng Quyoshga, uni berkitib olgan Bulutga, uni bag’rini teshib o’tgan Yomg’irga, keyin yomg’ir ipiga osilib yerga tushib, uni shimib olgan Erga, yerni teshib chiqqan Maysaga, uni bosib keta olgan Otga va nihoyat uni minib olgan Odamga keladi... Shoir adolat qidirib yurgan Ninachi sarguzashtini juda jonli va qiziqarli tasvirlaydi, o’qiganda tabiat manzaralari o’quvchi ko’z o’ngidan bir-bir o’tadi.

“Uch oltin Qisht” afsonasini shoir o’z otasidan eshitgan. Voqea juda qiziq va ibratli. Uch aka-uka – To’ng’ich, O’rtancha, Kenja-uzoq safarga chiqishib uchta oltin g’isht topib oladilar. Har biriga bittadan g’isht to’g’ri keladi. Biroq nafs tuzog’iga tushgan To’ng’ich bilan O’rtancha fitna uyushtirishib, Kenjani o’ldirmoqchi bo’ladilar va uni ovqat olib kelishga yuboradilar. Kenja ovqat olib kelib dasturxonga qo’yayotganda uning boshiga g’isht bilan urib o’ldiradilar. Keyin xursand bo’lishib, ovqat yeyishga tutinadilar. Va shu zahotiyoq til tortmay o’ladilar. Chunki Kenja ham uchta g’ishtning hammasini o’ziga olmoqchi bo’lib, akalar ovqatiga pinhona zahar qo’shgan edi... Shoir bu afsonasida inoqlik, hamjihatlikni ulug’laydi, ochko’zlik, nafsga berilishni qoralaydi. Asarni o’qigan o’quvchi sadoqatu ixlos yo’lini tutish, halol bo’lish kerakligini, ezgu ishlarda birlashish lozimligini, yomonlik qilish asli insonning ishi emasligini anglaydi, yaxshilikning umri uzun, yomonlikning esa davri qisqa, degan haqiqatning boqiyligini tushunib etadi.

“Sirli qushlar” shoirning hind xalq afsonalaridan ilhomlanib yozgan asaridir. Unda halollik, fidoyilik, chin insoniylik motivlari ulug’lanadi.

Muhammad Ali ijodida Amir Temur mavzusi alohida o’rinni egallaydi. U 1967-yildayoq jasorat ko’rgazib, sohibqironning bunyodkorligini ulug’lagan va Mustaqillik yillarida maktab darsliklariga kiritilgan “Gumbazdagi nur” dostonini yozgan edi. “Sarbadorlar” tarixiy dilogiyasida (1989) o’zbek prozasida birinchi marta 24-30 yoshli Amir Temurning obrazi chizib berildi.

2007 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan “Ulug’ saltanat” tarixiy roman-dilogisi (“Jahongir Mirzo” – 1999, “Umarshayx Mirzo” - 2004)da adib Amir Temur hayoti va uning suronli davri, o’zbek xalqining milodiy o’n to’rtinchi asrdagi turmush-hayoti, ijtimoiy hayotda va tafakkurlarda ro’y bergan o’zgarishlar haqida qiziqarli va ishonarli hikoya qiladi.

2008-yilda yozuvchi “Ulug’ saltanat” tetrilogiyasini yaratish ustida izlanishlarini davom etdirib, uchinchi kitob-“Mironshoh Mirzo” romanini yozib tugatdi.

Romandagi voqealar milodiy 1392-1399-yillarda Turon, Xuroson, Fors, Movarouqofqoz mamlakatlarida yuz beradi. Chingizxon imperiyasini tiklashga katta umidlar bog’lagan, aslida Amir Temur qo’llovi bilan Oltin O’rdani egallagan “tutingan o’g’il” To’xtamishxon goh-goh Turon yurtiga bosqinlar uyushtiradi, Xulaguxon mulkiga ko’z tikib, Shirvon, Sultoniya, Tabriz va boshqa shaharlarni qo’lga kiritish niyatida qilich yalang’ochlaydi. Uning maqsadi Oltin O’rda davlatini kuchaytirish, Buyuk Ipak yo’lini qo’lga kiritish edi. Amir Temurday qudratli hukmdorga qarshi kurashishga yuraklari dov bermay, Misr sultoni, Iroq hukmdori, Oltin O’rda xoni barchasi birlashib katta kuchga aylanishni dilga tugadilar.

Amir Temur o’zining idroki, zukko va donishmandligi bilan xalqaro vaziyatni teran kuzatib, bilib turar edi. U saltanatning jahondagi mavqeini yuksaklarga ko’taradigan, ayni paytda davlat xazinasini boyitib turadigan Buyuk Ipak yo’lini albatta, dushmanlarga berib qo’ymas edi. Uning ustiga, o’n to’rtinchi asrning oxirgi o’n yilida Eronda hukm surgan muzaffariylar, Iroqda jaloyiriylar, qoraqo’yunlilar qabilasi o’zaro urushlarga tortilgan, hatto, hajga borguvchilar yo’li tahlikali tus olgan, o’sha mamlakatlar notinchligidan qaroqchilar tomonidan talanardi. Adolatpesha Sohibqironning ra’yi bularning barini jimgina kuzatib tura olmasdi. Tarixda “Besh yillik yurish” deb nom olgan safar sabablari ana shunday edi. Muallif romanda Amir Temur tilidan: “Turon tursa bo’ron bo’ladi” degan muxtasar jumlani o’rinli ishlatadi. Bu so’zlar Sohibqironning o’ziga bo’lgan katta ishonchini, bemisl kuch-qudratini yorqin ifodalab turar edi.

Yozuvchi yuqorida nomlari zikr etilgan asarlarda ham, yangi romanida ham Amir Temur obrazini yaratishga kirishar ekan, Amir Temurni dastavval inson sifatida ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

“Ulug’ saltanat”da buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va ulug’ sarkarda, adolatparvar Amir Temur o’quvchi ko’z oldida donishmand ota, suyukli yor, mard va sheryurak zot, ahli ayoliga mehribon, kechirimli, o’z nafsini jilovlay olishga qodir, teran aql sohibi, komil insonlarning komili sifatida namayon bo’ladi. Sohibqironning farzandlariga mehri alohida tahsinlarga sazovor, adib uning buyuk inson sifatida ko’rsatishga erishadi, mehr bilan Sohibqironning insoniy fazilatlarini qalamga oladi.

Suyuqli o’g’il Umarshayx Mirzoning bevaqt halok bo’lganini eshitganda, Sohibqiron ko’zlariga to’lgan yoshdan bir tomchisini ham yerga tushirmaslikka o’zida kuch topa oladi: “Qo’limdagi qarchig’ayimni ovga solmoqqa shaylang’on erdim. Qarchig’ayimning o’zini merganlarning mergani ovlab ketdi, burgutga bergisiz qarchig’aymni!...” – deydi bosiqlik bilan.

Turon qo’shini Jazira viloyatining Mordin qal’asini (hozirgi Turkiya hududida) zabt qilib turganda, Sultoniya shahridan Shohruh Mirzo xonadonida o’g’il tug’ilganligi (Ulug’bek Mirzo edi) xabari etadi. “Olloh taolo bizga nabira ato etdi!-dedi sohibqiron Mordin tarafga ko’z qirini tashlab. – Haq o’z bandalariga ravo ko’rgan yaxshi odatlardan biri, shukur aylamakdur. Alhamdilulloh, shukur qilamen, shukronasiga Mordin elining joni-molidan kechamen! Ulug’bek Mirzo sharofatidan Mordin ahlining gunohlaridan o’tdum! Qatli om to’xtatilsun, barchaga omonlik berilsun!”. Bu so’zlarda Sohibqironning insoniyligi ayon ko’rinib turibdi.

Romanda xotin-qizlar obrazlari mehr bilan chizilgan. Mahdi ulyo Saroymulkxonim, Xonzoda xonim, Tuman oqa, Cho’lponmulk oqa, Oqqiz begimlar jonli odamlarday harakat qiladilar. Ayniqsa, muallifning yutuqlaridan deb hisoblash mumkin bo’lgan shaddod qizlarimizning vakilasi, Amir Temurning bo’lajak nabira kelini, Jahonshoh ibn Jokuning qizi Sog’inch bika obrazi yaqqol o’quvchining esida qoladi. Sog’inch bikaning pokiza sevgi yo’lidagi shijoati yoshlarimizga yaxshi ibrat vazifasini o’taydi.

Asarning tili juda ravon, o’qilishi engil, unda Amir Temur davri ruhi ufurib turadi. Bu juda muhim. Muallif ko’p tarixiy faktlardan asar g’oyasiga xizmat qiladiganlarini tanlab olib to’g’ri yo’l tutgan. Atoqli adibimizning ko’p o’qigani, sabr-toqat bilan izlangani, o’sha davr tarixini chuqur o’rgangani, yaxshi bilishi, bilibgina qolmay, tasavvur eta olishi, ko’ra olishi e’tiborga loyiq.

Mustaqilligimiz-bizga olamga keng boqish, o’z-o’zimizni anglab etish imkoniyatini yaratdi, xalqimiz erishgan buyuk Qalaba sifatida tarix zarvaraqlariga yozildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 18-oktabrda Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan otashin nutqida shunday degan edi: “Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak!”

Mustaqilligimiz, Prezidentimizning zukko rahbarligi, uzoqni ko’rib olib borayotgan siyosati, bemisl shijoati Amir Temur bobomizni xalqimizga qaytarib berdi. Bu chinakkamiga ma’naviy jasoratning yorqin namunasidir. 1993-yilning aprelidayoq davlatimiz rahbari bir guruh yozuvchilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda: “Amir Temur davrini boshqatdan o’rganishimiz lozim!” degan, ijod ahli oldiga bu borada katta vazifalar qo’ygandi. Butun kuchini, ilhomini ana shu da’vatga labbay deb javob berishga qaratgan, adabiyotimizda Amir Temur obrazini yaratish ustida ter to’kib kelayotgan atoqli adib Muhammad Ali o’z ijodiy niyatlariga sodiq holda ilhom bilan qalam tebratib kelmoqda.


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish