3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet6/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-maruza

Alifboga binoan,

O’qilar ro’yxatlar:

-Abdullayev, Abrorov,

Ko’zimdan olov chatnar.

Zich saflarning orasin,

Asta surib ochaman.

Menga navbat etguncha,

Uyga qarab qochaman.
Chin tuyg’ular tasvirlangan asarlargina kitobxon e’tiborini tortadi. T.Adashboyev mashaqqatli kechgan bolaligini samimiy tasvirlash bilan she’rxon e’tiborini o’ziga torta biladi. Bolalar tabiatini yaxshi bilgan shoir ular bilan papalashmay, jiddiy gaplashish lozim deb hisoblaydi. Bolalar y o’zlariga yarasha ruhiy-ma’naviy yuk ortish mumkin va kerak deb biladi. Bolalar chegara bilmas xayoloti nozik ishoralarni anglab etishga ishongani uchun ham she’rlarida badiiy effekt berishi mumkin bo’lgan murakkab ifodaviy tryuklardan bemalol foydalanadi. O’quvchi imkoniyatiga ishonch sabab kichkinagina «Sumalak» she’ri katta badiiy ta’sir kasb etadi: “Boychechaklar nish urib to turguncha o’rnidan, Bahor qishni tarnovga osib qo’ydi burnidan”. Shoir ezgulik bilan yovuzlikning munosabatini yorug’ ranglarda ko’rsatish uchun kutilmagan murakkab obrazlarni kuylaydi. Obrazlar aynan kutilmaganligi bois bolalarning esida qoladi. Chunonchi, sumalaklar boychechaklarning ko’karishiga halal bermasligi uchun bahor tomonidan tarnovga burnidan osib qo’yilgan qish tarzida tasvirlanishi bolalar yodida chuqur iz qoldiradi. Sinekdoxa qism orqali bunga xos xihat ko’rsatilishiga imkon bergan. Ko’klam bilan qish munosabatining harakatdagi bunday tasviri bolalar yodiga mustahkam o’rnashadi. Shoir bola fikrlash tarzidagi favquloddorlik, formal mantiqqa zidlik xususiyatlaridan o’rinli foydalangan.

Shunga o’xshash xolat “Kuz” she’rida ham ko’zga tashlanadi. Unda sabab oqibat sifatida berilishi bilan esda qoladi: “Ufq esa lolagun, Daraxtlardan rang olar. Xayrlashib kuz bugun Sochar oltin oq tangalar”. Aslida ufqning lolagunligidan og’ochlar qirmizi tusga kirdi deyilsa, mantiqqa muvofiq bo’lardi. Lekin shoir bolalar tafakkur tarziga binoan daraxtlarning olovrangi ufqni qizartirmaganini mantiqdan deb biladi va bunga o’quvchini ishontiradi. T.Adashboyevning she’rlari kichik kitobxonni fikrlash, munosabat bildirish va xulosa chiqarishga undaydi. “Beshta arra”, “Chumchuqlarga uyadir”, “Farqi bitta harfdadir” she’ridagi so’z o’yinlari yosh she’rxonni mustaqil fikrlash va topqirlikka o’rgatadi. T.Adashboyevning she’riy jumboqlarini yechishga urinish o’quvchilarda ham original fikr, ham zukkolik, ham farosat shakllanishiga xizmat qiladi. “Beshta arra” she’rining so’ngi misrasini o’qimay turib, undagi “karra”, “zarra”, “marra”, “tarra”, “darra” so’zlaridan, shoir aytganiday birinchi harflar olib tashlansa, qaysi so’z paydo bo’lishi va u qanday ish quroli ekani haqida o’ylab ko’rish kichik o’quvchilarning o’qish darslarini qiziqarli qiladi. «Farqi bitta harfdadir» turkumida: “Ziyrak, zukko bolajonlar, O’ylab ko’ring-chi bir oz. Navbatdagi etti jumboq, Sizlar uchun qulay, mos” misralaridan so’ng “Qayiq”, “Qalqon”, “Hakka”, “Lola”, “To’ra”, “Anor”, “Ari”, “Chana” so’zlari keltirilib, “Bitta harfni almashtirib, O’zga bir so’z toping yana…” topshirig’i beriladi. Bu she’rlar bolalarda mustaqil fikr shakllantirishga mosligi bilan diqqatga loyiqdir.

“Ishonmasang» she’rida shoir o’quvchiga: «Ma’nosi bir so’z nima?”-deya savol beradi va uni so’zlarning ma’nodoshlarini topishga undaydi: “Qolgan so’zlarni yozib, mualliming qil rozi”. Boshlangich sinf o’quvchilari “O’qish” darslarida shoirning shunday she’rlaridan foydalanishsa, darsning samarasi kutilgandan ziyoda bo’lishi, sinfdagi o’quvchilarning har biri alohida va barchasi birga ishlab “interaktiv” usulni yuzaga keltirishi muqarrardir.

Shoirning “Latifboyning loflari” ruknidagi hazlga yo’g’rilgan she’rlarini o’qigan kishi ruhiyatiga yengillik bag’ishlab, yuzida tabassum paydo qiladi. Aqlga sig’maydigan, favqulodda voqea-hodisalar tasviriga bag’ishlangan bu she’rlar o’quvchi sezimlarini muvozanatdan chiqarib, xayoliga qanot bag’ishlaydi.

Ma’lumki, bola-xayol oshig’i. U ko’proq xayolu tasavvur olamida yashaydi.Uning o’ylari tizginsiz, bola tasavvurini jilovlashga urinish shaxsligini sindirishga olib keladi. Shoirning “Ovning gashti”, “Barchasi yodimda”, “Yugan solib, egar urib”, “Beshta sanoch”, “Shirmon kulcha”, “Poyga zavqi”. “Men o’sha Latifboyman”, “Ko’zin ochsa”, “Burga tepdi” va h.k. she’rlarida erkin tasavvurli bolaning chegara bilmas fantaziyasi, chuqur xayollari aks etgan.

Tursunboy Adashboyevning lof she’rlaridagi o’ziga xoslik shundaki, ular yolg’onning ifodasiga bag’ishlangan bo’lsa-da, tasvir chin hayotiy detallarga tayangan. Shu bois o’quvchining xotirasiga mahkam o’rnashib qoladi, unga malol kelmaydi. “Poyga zavqi” she’ridagi tafsillar tasvirining ingichkalashib, lofning aqlga sig’mas tus olishiga xizmat qiladi:



Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish