3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet7/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3-maruza

Poyga zavqin surgani,

Taqalatdim burgani

Ko’nikmagan siyog’i,

Biroz oqsar oyog’i.

Oq qand berib ovutdim,

Terini sovutdim.

Yaxshi boqdim tinmadim,

Behudaga minmadim.

Unga o’tgan shanbadan,

Arpa solib damba-dam,

Parvarishni do’ndirdim.

Yo’rg’alashga ko’ndirdim.
Bu yerda shoir qahramonni faqat lofchigina qilib ko’rsatmaydi. Chigirtka yoki burga parvarishi borasidagi gaplar lof bo’lsa-da, ular Latifboyning hayotni bilishi, otni uloqqa tayyorlash jarayonidan yaxshi xabardorligini ko’rsatadi. She’rlarning umumiy ruhi lofdan iborat bo’lgani holda ularda qo’llanilgan har bir tafsil g’oyat hayotiy va realdir.

Bolalar olamni ko’z orqali o’rganishga moyil. Buni yaxshi bilgani uchun Tursunboy Adashboyev aytishdan ko’rsatishni afzal sanaydi. Bola tabiatidagi taqlidga o’chlikni bilgan shoir “Nabiralarimga” she’rida she’rxonlarga o’zini tanishtirar ekan, shaxsi haqida axborot beribgina qolmay, bolalarni tarbiyalaydi ham: “Lanju ezma-churuklarni Toqatim yo’q ko’rgani. Bitta aybim-to’g’ri so’zman, Dangalchiman bo’lgani”. Garchi, she’rda dangalchilik va to’g’ri so’zlik “ayb” deyilayotgan bo’lsa-da, u bolalarga fazilat sifatida ta’sir qiladi. Nabiralari bilan dillasharkan, shoir yozadi: “Nomardlarning izin o’pib, Yaltoqlanib bo’zlama. Vijdoningni garov qo’yib, Aslo yolg’on so’zlama”.

Tursunboy Adashboyev ijodining o’ziga xos yana bir qirrasi uning o’zbek she’riyati uchun g’oyat kamyob bo’lgan parodiya ustasi ekanidir. Afsuski, milliy adabiyotimizda parodiyachilik hamon havaskorlik darajasida qolib kelayotir. Holbuki, bizniki kabi qadimiy tarixga ega adabiyotda parodiya yuksak darajada rivojlangan bo’lishi kerak. O’zbek adabiyotida faqat Tursunboy Adashboyev bilan Abdurazzoq Obro’gina bu janr bilan muntazam shug’ullanib kelmoqda.

Tursunboy Adashboyev biror she’rga parodiya yozganda she’rni ham, shoirni ham masharalab, yerga urishni maqsad qilmaydi. Parodiyalarida shoirning ham, she’rxonning ham ko’zi-qulog’i o’rganib, e’tibor bermay qo’ygan badiiy nuqsonni yaqqol ko’rsatishga e’tibor qiladi. Biror she’rga parodiya yozish uchun yo uning ifoda usuli yoxud unda aks etgan voqelikda kulguga loyiq illatni topadi. U o’z parodiyalarida ayrim she’rlardagi ana shunday nuqsonlarni “sopini o’zidan chiqargan»holda kulgiga oladi.

T. Adashboyev bir shoirning “O’n oltida yoshginam” she’ridagi: “Bolaligim qoldi ortimda, O’n oltida yoshginam hozir…”, “Go’zal xotira” she’ridagi: “O’n yettimni sevardim juda, Lekin undan ayrilib qoldim” misralari asosida yozgan parodiyasida har bir she’r shoirning ichki dardi va aytadigan salmoqli gapi o’laroq yuzaga kelishi kerak, aks holda u badiiy qimmatga ega bo’lmaydi, degan fikrni ilgari suradi:

O’zimni juda ham yaxshi ko’raman,

Erkin parvoz qilar ko’ngil qushlarim.

O’zgadan farqim shu-har bir yoshimga,

Behuda yurmasdan she’r bag’ishladim.

O’n oltiga chiqqan kezimni,

O’ylab bir-oz entikib oldim.

O’n yettiga havasim kelib,

Atang”, deya lab tishlab qoldim…



Oy-ku etak bilan yopilmas,

Nahot, qumdan iborat bo’lsa.

Ma’zur tuting yozgan she’rlarim,

Qaytariqdan iborat bo’lsa...
Agar yuqoridagi parodiyada ifodadagi nuqson tanqid qilingan bo’lsa, shoir ba’zi parodiyalarda qalamga olingan mavzuning she’rbop emasligidan kuladi. Chunonchi, T.Adashboyev “It va muhabbat” parodiyasida bir yosh shoirning “O’sha kunlarni eslab” she’ridagi:
Itni yaxshi ko’rasiz, men esa sizni,

Bilmadim, bu balki taqdir jazosi.

It bilan mashg’ulot siz uchun suyukli,

Men sizga etolmay bag’rim kuyukli.

Itsiz keling kutmoqdaman, yor, zoriqib,

Men sizni sevaman, Siz esa kimni?

satrlardagi sun’iy iztirob, zo’raki dramatizmni kulkiga oladi. Buning uchun shoir asos matndagi ojiz jihatlarni yanada kuchaytirib, sun’iy tragizmni mantiqsizlik darajasiga yetkazadi:

...Shoira qiz yurak-bag’ri o’rtanar,

Eh, qayindi u tushunsa-unasa.

Qiz qalbini emiradi iztirob,

“Itbozmikin, yo, nahotki, xunasa?!”
Ko’rinadiki, Tursunboy y ijodi nafaqat bolalar, balki kattalar adabiyoti rivojida ham muhim o’rin tutadi. Ana shunday e’zozli shoir Tursunboy Adashboyev 1939-yilda Qirg’iztonning O’sh viloyatiga qarashli Olabuqqa tumanining Safed Bilol qishlog’ida tavallud topgan. U Toshkent Davlat dorulfununini hamda Moskvadagi Jahon adabiyot institutini bitirgan. Uning «Kamolning olmasi» nomlangan birinchi kitobi 1967-yilda talabalik chog’idayoq nashr etilgan.Shundan keyin Toshkent, Bishkek shaharlarida «Biz sayohatchilar”, “Ola-tovlik bo’laman”, “Arslanbob sharsharasi”, “Surnay”, “Nur daryo”, “Guldasta”, “Olatog’-Lolatog’”, “Oqbo’ra to’lqinlari”, “Sovg’a”, “Arslanbob afsonasi”, “Sichqonning orzusi”, “Uch bo’taloq sirli qovoq”, “Tanlangan asarlar” kabi yigirmadan ziyod kitoblari chop etilgan. Asarlari rus,qozoq, tojik, turkman, ukrain tillariga tarjima qilingan.


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish