3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet19/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-maruza

Yetti qalam, yetti rang,

Yetti ohang – kamalak.

Qayerlarda yuribsan,

Quyosh – sochi jamalak.

Qalamlaring topildi

Bulut – qog’oz ham tayyor.

San’atingdan bahramand

Bo’laylik bizlar bir bor.

Qalamdonni qo’yatur

Kel, quyoshjon, tezroq kel.

Rasm chizib ber bizga,

O’chirg’iching bo’lar el.

... Million yilki, ahvol shu

Erliklar kutib-tolar

Qalamlar bor paytda

Quyosh «yo’qolib qolar.
Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi, ya’ni kattalar mutlaqo nazarga ilmaydigan, e’tibor bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko’ringan narsalar bola nazarida o’zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta qo’shaloq giloslarni ko’rib, ularning o’rtoq bo’lib olishganidan (“O’rtoqlar”) quvonadi. Yoki Sevinchoy issiq choydan ko’tarilayotgan bo’g’ni ko’rib “choyni uchib ketayapti” deb (“Sevinchoy haqida she’r”) hayratlanadi. Yulduzoy esa o’ziga yoqqan fasl haqida samimiyat bilan “Yozda yoz fasli, kuzda bo’lsa kuz” (“Eng to’g’ri javob”) deb ko’nglidagini aytadi. Darhaqiqat, ularning dunyosida yolg’on yo’q. Shoir bolalikning musaffo olami, har kuni quvonchlarga, kashfiyotlarga to’liq ekanini nozik did bilan kuzatadi va mahorat bilan badiiy obrazlarda gavdalantiradi.
Gilos qoqib bergandim

Zeboxonga erinmay.

Oldiga qo’shalog’i

Qarang, tushib qolibdi.

Qiqirlar Zebogina

Ularni qo’ldan qo’ymay:

- Dada, giloslarimiz

O’rtoq bo’lib olibdi! (“O’rtoqlar”).
Shoir ko’pgina she’rlarida hayotning “anglab bo’lmas murakkab” tomonlari haqida fikrlarni ilgari surishga intiladi. “Yolg’iz farzand”, “Umid haqida she’r”, “Iltimos”, “Chivin” kabi she’rlarida nafaqat tabiatni, bolalarni ham asrash, qadrlash kerakligi kuyunchaklik bilan uqtiriladi. Bu she’rlarga xos umumiy xususiyat shundaki, ularda kattalar adabiyoti mavzuiga doir insoniy dardlar aks etgan. Shoir yosh kitobxonga ishonadi, uning nimalarnidir tushunmay qolishidan cho’chimaydi.

Ha, so’zimizni muxtasar qilib aytadigan bo’lsak, Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she’r va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo’nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vositalarning puxtaligi, jahon bolalar she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini, shakllarini o’zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga katta yoshdagi adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini haam torta oladi. Yoshlarning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekanini his etib ulg’ayishlariga ko’mak beradi.



1 Adashboyev T. O’zbek bolalar adabiyoti antologiyasi, I jild, Sheriyat.- T.: O’qituvchi, B.196-198.

Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish