3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet11/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
3-maruza

Musichalar yuvoshu

Chumolilar tirishqoq,

Suvaraklar beboshu

Kuchukchalar urishqoq.

Xo’tiklar zo’r yallachi,

Qo’y, Sigirlar dalachi,

Sho’x Qo’chqorlar kallachi,

Takalar ham suzishqoq.
Shoir “Juda qiziq voqea” kitobidagi izohda, qat’iy bir ohangga rioya qilaman deb, so’zlarning bolalar uchun oson tushuniladigan tizimda ravon bo’lishiga putir etkazmaslik maqsadida aruz qoidalariga ataylab to’liq rioya qilmaganini ta’kidlasa-da, “G’azal shaklidagi” she’rlar bari-bir tekis va jarangdor chiqqan. Shoir bu bilan o’z zamonasi bolalarining aruzdan butunlay begonalashib ketmasligini ta’minlashdagi olijanob istagiga erishgan.

Anvar Obidjonning she’riy turkumlari haqida so’zlaganda, bir narsani qayd etib o’tish lozim bo’ladi. Ba’zi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she’rlarining mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar Obidjon esa, avval o’ziga xos mazmunga ega bo’lgan turkumni kashf etib, keyin shu yo’nalishda she’rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang undagi she’rlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin.

“Siz eshitmagan qo’shiqlar” turkumi ko’pchilik o’quvchilar uchun eng sevimlisi bo’lsa, ajab emas. Bolalar adabiyotining keyingi avlodi vakillaridan bir qanchasi shu turkumga taqlid qilib talay she’rlar yozgani bundan dalolatdir.

“Siz eshitmagan qo’shiqlar”da har bir jonivor, har bir buyum barchamizga tanish bo’lgan o’z ovozida kuylab, biz hali eshitmagan gaplarini aytishadi. Masalan, “Hakka qo’shig’i”ni tinglaylik:


Јornim ochsa bo’g’ilmayman,

Shaq-shaq-shaq.

U-bu narsa o’g’irlayman,

Shaq-shaq-shaq.

Nafsimni hech tiyolmayman,

Shaq-shaq-shaq.

Јo’lga tushsam, uyalmayman,

Shaq-shaq-shaq.
Hakka uchragan narsani olib qochib, iniga to’plab yuradigan o’g’ri qush ekanini yaxshi bilgan bolalar bu quvnoq she’rdagi so’zlarni rostdan ham Hakka aytayotganiga aslo shubha qilishmaydi. “Qo’lga tushsam, uyalmayman” jumlasi esa, hakka fe’lli yulg’ich odamlar shu darajada surbetki, ular hatto qo’lga tushgan taqdirda ham boshqalardan uyalish tuyg’usidan begonadir, degan xulosaga olib keladi kishini.

Hali maktab o’quvchisi bo’lgan Anvar Obidjonning dastlabki she’rlari “G’uncha” jurnalida bosilishiga sababchilik qilgan shoir Miraziz A’zam “Bolakaylarning minnatsiz xizmatkori” maqolasida (“Hurriyat”, 4-iyul, 2007) dunyo bolalar adabiyoti namoyondalaridan yuzga yaqinining asarlarini o’zbekchaga o’girgani, ularni Anvar Obidjon ijodi bilan chog’ishtirib, shunday xulosaga kelganini aytadi: “Qani, o’ylab ko’raylik, Anvar o’sha shoir yoki yozuvchilarning qaysi biridan kam? Rus klassik bolalar shoirlari Korney Chukovskiy va Samuil Marshak, italiyalik Karlo Kollodi va Janni Rodari, amerikalik Doktor Siyuz va Jon Chiardi, nemis bolalar adiblari Erix Kestner va Jeyms Kryustlardan Anvarning kamlik joyi bormi? Yo’q, albatta. Nemis shoiri Bertold Brext “Molingizni ko’rsating” deydi. Biz jahonga Anvarning “mollari”ni, ya’ni ijod namunalarini ko’rsata olmadik. Yo’qsa, uning nomi ham jahon bo’ylab jaranglagan bo’lardi”.

Anvar Obidjonning ijodi bilan batafsilroq, chuqurroq tanishgan kishi yuqorida aytilgan so’zlarda hech qanday mubolag’a yo’qligini tan olmasligining iloji yo’q. “Kulchalar” turkumidagi “Obbo, kalamush-ey!” degan she’rni o’qib ko’raylik:

Kalamushvoy,

Kalamush,

Savoding sal

Chalamish.

Yoz desalar

Temir” deb



Sen yozibsan

Kemir!” deb


Yoki “G’lati maktublar” turkumidagi “Osmachiroqning Oymomoga yozilgan xati”ga nazar tashlaylik:

To’lishibsiz, Oymomo,

Kirib olib darmonga.


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish