3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet13/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
3-maruza

Desam Qo’y,

Javob berdi

Surib o’y:

Kamchilik yo’q

Oziqdan.

Bezor bo’ldim

Qoziqdan

Yoki “Kumush uy” degan she’rni o’qib ko’raylik:


Ipak qurti

Uy qurdi.

Sof kumishdan

o’isht urdi.

Qurib bo’lib

Qarasa
Yo’qmish

Eshik-deraza,

Bolalar adabiyotining taniqli munaqqidi Rahmatulla Barakayev “Jonajonim, she’riyat” kitobida (T.-Cho’lpon nashriyoti, 1997) bu ikki she’rga munosabat bildirib, shunday yozadi: “Aslida “Kumush uy” ning o’zi ham Vatan ramzi. Zero, ipak qurti qurgan eshigi-derazasi yo’q kumish uy aslida xalqimizni etmish yil tentiratgan kelajagi qorong’u, xayoliy sotsialistik tuzum timsoli, “Yaylovni sog’ingan qo’y” esa istibdod zanjirlari ostida ezilgan, qorni to’q bo’lsa-da, qari yo’q, boshi egiklar timsoli”.

Ha, agarda yurting birovlarning oyog’i ostida tepalanib turgan bo’lsa, hatto, to’qchilik ham tatimydi. Qanday holatda bo’lmasin, o’z-o’zingning erkin mamlakating bo’lganiga nima etsin?! Anvar Obidjon bu falsafani “Vatan” she’rida shunday sharhlaydi:
- Senga bitta savol bor,

Menga quloq sol, hoy, qush.

Vayronada yashaysan,

Noming esa naq Boyqush.

Ayt-chi, nahot sen boysan?

- Asl boylik neligin

Tushunmaysan, chamasi.

Bu-vayrona bo’lsa ham,

O’zimniki hammasi.

Shuning uchun men boyman!
Anvar Obidjonning o’zbek bolalar adabiyotida faol ijod qila boshlaganiga chorak asardan oshdi. Bu orada bolalar uchun yozuvchi adiblarning ko’plab yangi avlodi paydo bo’ldi. Ammo bir narsani xolisona aytib o’tish o’rinliki, bu davrda bolalar adabiyotiga Anvar Obidjonchalik shov-shuv bilan kirib kelib, tezdayoq tilga tushganlarni eslash qiyin. Ba’zi adiblarni uzoq yillar barakali mehnat qilgani yoki ko’plab shogirdlar etishtirgani uchun ham, xalqimizga xos bag’ri kenglik bilan ularni maktab yaratgan ustoz deb ataymiz. Biroq Anvar Obidjonga kelsak, u o’zining o’xshashi yo’q ovozi, yangicha uslubi bilan chindan ham o’ziga xos maktab yaratdi. Bu maktab izdoshlarining safi kengayib, o’zbek bolalr adabiyotini tobora yuqori pog’onaga ko’tarishga ular munosib hissa qo’shib kelishmoqda.

Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor: nazmda, nasrda, dramaturgiyada birdek ijod qiladi. Publitsistika va adabiyotshunoslikda ham o’z o’rniga ega. Kattalar uchun ham turli janrlarda asarlar yaratgan. Ayniqsa, Gulmat Shoshiy tilidan yozgan g’azallari, oddiy kishilarning tiliga yaqinligi bilan ajralib turuvchi o’ta quvnoq va tagdor hajviyalari, “Oltiariq hangomalari” turkumi tilga tushgan. Munaqqidlarimiz hajvchilikda uni Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Said Ahmad an’analarining davomchisi sifatida baholashadi. Shundan kelib chiqib aytilsa, munaqqidlar Anvar Obidjon ijodi haqida talay maqolalar yozganiga qaramay, uning asarlari har bir janr bo’yicha yanada chuqur tadqiqotlarini kutmoqda.

Bolalarning sevimli yozuvchisi, asarlari jahondagi o’nlab xalqlar tiliga tarjima qilingan dovruqli adib Xudoyberdi To’xtaboyevning so’zlari Anvar Obidjon har tomonlama keng o’rganilishga arziydigan ijodkor ekanini tasdiqlaydi. “Polosonlik Anvar Obidjon” nomli maqolada (“Xalq so’zi”, 20-may, 2006) X.To’xtaboyev yozadi: “Mark Tven, aka-uka Grimmlar, Sharl Perro, Janni Rodari singari jahonshumul yozuvchilarni o’qiganda... ularning o’zga xosligi, adabiyotga hech kim aytolmagan gaplarini aytib kirib kelganligini o’ylab, e, Xudo, bizga ham ana shunday yozuvchilardan bersang edi, deb ich-ichimdan orzu qilgan paytlarim ham ko’p bo’lgan. Ana shunday ijodkorni Alloh bizga polosonlik Anvar Obidjon qiyofasida berganga o’xshaydi”.

Etuk ustozlarning mehrini qozongan Anvar Obidjon yurtimiz mustaqillikka erishgach, nihoyat o’zining munosib bahosini oldi. U 1987-yilda hukumatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi, 1988-yilda O’zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo’ldi.

Anvar Obidjon 1947-yilning 8-yanvarida Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlag’ida tug’ildi. O’rta maktabdan so’ng Samarqand moliya texnikumini bitirib, harbiy xizmatda bo’ldi. Harbiydan 1969-yilda qaytib, koxozda tabelchi, klub mudiri bo’lib ishladi. Keyinroq tuman gazetasiga o’tib, Toshkent milliy universitetining jurnalistika fakul’tetini sirtdan tamomladi. 1981- yilda Toshkentga ko’chib kelib, “Yosh gvardiya” (hozirgi “Kamalak”), Cho’lpon nomidagi nashriyotlarda, “YOsh kuch”, “Mushtum” jurnallarida, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat ko’rsatdi.

O’ozirgacha Anvar Obidjonning “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1980), “Ey, yorug’ dunyo” (1983), “Olovjon va uning do’stlari” (1983), “Alamazon i ego pexota” (1984), “Ketmagil” (1985), “Bezgakshamol” (1985), “Masxaraboz bola” (1986), “Akang qarag’ay Gulmat” (1987), “Juda qiziq voqea” (1987), “Oltin yurakli Avtobola” (1988), “Dahshatli meshpolvon” (1989), “Erliklar” (1990), “Grozney Meshpalvan” (1991), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Ajoyibxona” (1993), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Alisher ila Husayn yoki uch dona va o’g’ri” (1996), “Alamazon va Gulmat” (1998), “Oltiariq hangomalari” (1999), “Bulbulning cho’pchaklari” (2001), “Odobli bo’lish osonmi” (2001), “Bezgakshamol-2” (2003), “O’q o’tmas bolakay” (2005), “O’g’irlangan pahlavon” (2006), “Tanlangan she’rlar” (2006), “Bahromning hikoyasi” (2007), “Soliq nima?” (2008), “Meshpolvon” (2009)kabi kitoblari nashr etilgan.

Shuningdek, Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qo’ng’iroqli yolg’onchi” nomli birinchi p’esasi 1983 yilda respublika yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan. Keyinchalik mazkur teatrda va Farg’ona, Guliston, Qarshi, Qo’qon teatrlarida uning “Pahlavonning o’g’irlanishi”, “Topsang, hay-hay”, “To’tiqul”, “Samozvanets”, “Korinbotir”, “Alamazon”, “Navro’z va Boychechak” kabi p’esalari namoyish etildi. “O’zbekfilm” kinostudiyasida uning stsenariylari asosida “Tilsimoy-Qaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” kinolari suratga olingan.


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish